Harry Charles Frederick Cornick () (1995-yil 9-aprelda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Harry Cornick „Luton Town“ futbol klubida oʻng qanot hujumchisi va markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.

Harry Cornick oʻzining futbolchilik faoliyatini „Christchurch“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik 2013-yilda Harry Cornick „Bournemouth“ futbol klibi safiga qoʻshilgan. „Bournemouth“ futbol klubi tarkibida boʻlganida, Harry Cornick 2017-yilda nomaʼlum toʻlov evaziga „Luton Town“ futbol klubiga qoʻshilgan. Bundan tashqari Harry Cornick faoliyati davomida Milliy liga, Ikkinchi liga va Birinchi liga klublarida ham koʻp marotaba ijara asosida oʻynagan.

Faoliyati

Bournemouth Harry Cornick oʻz faoliyatini „Christchurch“ futbol klubida boshlagan. Harry Cornick bu klub tarkibida Wessex Ligasida 33 ta oʻyinda maydonga tushib,17 ta gol urgan. Harry Cornick muvaffaqiyatli sinovdan soʻng 2013-yil sentyabr oyida AFC „Bournemouth“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Harry Cornick 2014-yilning yanvar oyida Premer konferensiya vakili „Welling United“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. Harry Cornick „Welling“ klubi tarkibida besh marta maydonga tushgan. Harry Cornick mavsumni „Aldershot Town“ futbol klubida qisqa muddatli ijara bilan yakunlagan.

Harry Cornick 2015-yilning 3-yanvarida AFC „Bournemouth“ futbol klubidagi professional debyut oʻyinini Angliya kubogi doirasida „Rotherham United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazdi. 2015-yil fevral oyida Harry Cornick „Havant & Waterlooville“ futbol klubiga ijaraga berildi.

2015-yilning 7-avgustida Harry Cornick Ikkinchi liga vakili „Yeovil Town“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Ertasi kuni Harry Cornick klub safida „Exeter City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:2) debyut qildi.

2016-yilning 26-iyulida Harry Cornick olti oylik ijara asosida „Leyton Orient“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi.

2017-yilning 31-yanvarida Harry Cornick „Gillingham“ futbol klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida oʻtdi.

Luton Town 2017-yil 8-avgustda Harry Cornick Ikkinchi liga vakili „Luton Town“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Harry Cornickning shartnomasi 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „Luton“ klubining Birinchi ligaga koʻtarilishi natijasida (shartnomadgi koʻtarilish bandi ishga tushirilgandan soʻng) yana bir yilga uzaytirildi.

Harry Cornick 2019-yilning iyul oyida „Luton“ klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarAFC Bournemouth2013—2014Angliya chempionati000000—002014—2015Angliya chempionati001000—102015—2016Angliya Premer-ligasi00———002016—2017Angliya Premer-ligasi0000——00Jami001000—10Welling United (ijara)2013—2014Premer konferensiya51———51Aldershot Town (ijara)2013—2014Premer konferensiya20———20Havant & Waterlooville (ijara)2014—2015Premer konferensiya72——2092Yeovil Town (ijara)2015—2016Ikkinchi liga367101041428Leyton Orient (ijara)2016—2017Ikkinchi liga111—1010131Gillingham (ijara)2016—2017Birinchi liga60———60Luton Town2017—2018Ikkinchi liga3752000204152018—2019Birinchi liga3262210203782019—2020Angliya chempionati4591020—4892020—2021Angliya chempionati4011020—4312021—2022Angliya chempionati36112110003912Jami1903283604020835Jami257431038011128647

Yutuqlar Luton Town

EFL i kkinchi ligasi sovrindori: 2017—2018 EFL Birinchi ligasi: 2018—2019

Manbalar

Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar