Rhys Williams () (2001-yil 3-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Rhys Williams „Liverpool“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi Rhys Williams Lancashire shtatining Preston shahrida tugʻilgan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Dastlabki yillar Rhys Williams oʻn yoshida „Liverpool“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va 2019-yilda yoshlar jamoasi bilan Angliya yoshlar kubogini qoʻlga kiritdi. Rhys Williams 2019-yil avgust oyida „Kidderminster Harriers“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi.
2020-yil sentyabr oyida Rhys Williams „Liverpool“ futbol klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Rhys Williams 2020-yil 24-sentyabrda EFL kubogida klub uchun asosiy jamoadagi debyut oʻyinini, markaziy himoyada Virgil van Dijk bilan hamkorlikda „Lincoln City“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi. 2020-yil 21-oktyabrda Rhys Williams UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi „AFC Ajax“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Keyingi haftada Rhys Williams Chempionlar Ligasidagi ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi. 2020-yilning 4-noyabrida Rhys Williams Chempionlar ligasi doirasida „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda toʻliq toʻqson daqiqa oʻynadi. Bu oʻyinda jamoa 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yil 16-dekabrda Rhys Williams Premer-ligadagi debyut oʻyinini „Tottenham“ futbol klubi qarshi oʻyinda (2:1) boshladi.
Ijaralar 2021-yil 31-avgustda Rhys Williams „Liverpool“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi va „Swansea City“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi. Klub bilan imzolangan ijara shartnomasida ijara muddati dastlab 2022-yilning 30-iyuniga qadar davom etishi belgilangan edi, biroq „Liverpool“ futbol klubi Rhys Williamsni 2022-yilning 20-yanvarida oʻz safiga chaqirib oldi.
Rhys Williamsning navbatdagi ijarasi 2022-yilning 19-iyulida 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Blackpool“ futbol klubi tarkibiga ijaraga berilganida amalga oshirildi. Rhys Williams yangi klubdagi debyut oʻyinini 29-iyul kuni Bloomfield Road stadionida „Reading“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Rhys Williams 2019-yilning mart-may oylari orasida Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibida oʻynagan va 2019-yil oktyabr oyida Xalqaro Marbella kubogi uchun Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Liverpool 2019—2020 Angliya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 2020—2021Angliya Premyer-ligasi 9 0 2 0 2 0 6 0 — 19 0 Jami 9 0 2 0 2 0 6 0 0 0 19 0 Kidderminster Harriers (ijara) 2019—2020Milliy liga 26 1 — — — — 26 1 Swansea City (ijara) 2021—2022 Chempionat 5 0 1 0 1 0 — — 7 0Jami 36 1 2 0 2 0 6 0 0 0 46 1
Yutuqlar Liverpool
FA yoshlar kubogi: 2018—2019
Manbalar
Havolalar Rhys Williams Liverpool F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Kidderminster Harriers F.C. futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Blackpool F.C. futbolchilari Turkum:Aberdeen F.C. futbolchilari Turkum:Port Vale F.C. futbolchilari Turkum:Morecambe F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari