Artur Arturovich Dmitriyev (ruscha: Арту́р Арту́рович Дми́триев; 1992-yil 7-sentyabrda Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida ushish musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. 2011-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni. Rossiya sport ustasiPrikaz № 5-ng Ministerstva sporta Rossiyskoy Federatsii ot 9-iyulya 2012 goda., Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi.

2017-yil yanvar holatiga koʻra Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 63-oʻrinda turadi. Artur Dmitriyev — Moskva davlat jismoniy tarbiya akademiyasining talabasi.

Artur Dmitriyev 2018-yilda Gran-pri turnirining Rostelecom Cup musobaqasida tarixda birinchi marta 4,5 burilishli aksel sakrashga harakat qilgan.

Natijalari Artur 2014-yilgi Olimpiya mavsumidan soʻng kuzda Nice Cup turnirida qisqa dastur boʻyicha oʻz koʻrsatkichini yaxshiladi va umumiy hisobda ikkinchi oʻrinni egalladi. Noyabr oyi boshida, Latviya poytaxtida boʻlib oʻtgan Volvo kubogida qisqa dasturda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi, ammo erkin dasturda jiddiy xatolarsiz chiqish qilib, oltinchi oʻrindan uchinchi oʻringa koʻtarildi. Artur Rossiya chempionatida qisqa dasturdan soʻng 15-oʻrinni egalladi, ammo erkin dasturda jarohati tufayli turnirni tugatishga majbur boʻldi.

Faoliyati 2014-yil yangi mavsumning ilk startidayoq Artur Avstriyada boʻlib oʻtgan turnirda birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, u navbatdagi Tallinda oʻtkazilgan Volvo Cup turnirda birinchilardan boʻldi. Artur 2016-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati ishtirokchisi Petrovni ortda qoldirib, Sarayevo kubogini qoʻlga kiritdi. Keyin esa Rossiya kubogi finalida gʻalaba qozondi.

May oyining oxirida Artur murabbiyini almashtirib, Ilya Klimkin murabbiyligiga oʻtdi. Artur dekabr oyining boshida Olimpiya mavsumini boshlab, Zagrebning „Oltin konkisi“ 2017 (2017 Zlatna pirueta Zagreba) musobaqasida qatnashdi, musobaqada uning chiqishi muvaffaqiyatli boʻldi va bronza medalini qoʻlga kiritdi. Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Artur beshinchi oʻrinni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi. Shunday qilib, u Rossiya terma jamoasida zaxira oʻyinchisi sifatida kiritildi.

Manbalar

2018-yildan Musobaqalar 2017 — 2018 2018 — 2019 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 11 Nebelhorn Trophy 3 Zagrebning Oltin Konkisi 3 Rossiya chempionati 5 9 Rossiya kubogi finali 4 8 Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich 3 1 Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich 2

2018-yilgacha Musobaqa/Mavsum2009—20102010—20112011—20122012—20132013—20142014—20152015—20162016—2017Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup10Gran-pri bosqichlari: Trophée de France9Zagrebning Oltin Konkisi9Nebelhorn Trophy46Nice kubogi2 J.72Ice Challenge1Volvo Open Cup31Sarayevo kubogi1Qishki Universiada4Rossiya chempionati147599WD108Rossiya kubogi finali616Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati7814Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Italiya4Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha2Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya4Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya2Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati212 WD — musobaqani tark etgan. J = oʻsmirlar darajasi

Manbalar

Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:7-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar