Artur Valeryevich Dmitriyev (ruscha: Артур Валерьевич Дмитриев; 1968-yil 21-yanvar, Belaya Serkov, Kiyev viloyati) — SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1992), sovet va Rossiya figurali uchuvchisi. Dmitriyev ikki xil sherik bilan Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqqan birinchi erkak figurali uchuvchi boʻlgan.

Faoliyati Artur Norilskda ulgʻaygan, u yerda xokkey, dzudo bilan shugʻullangan, Fanis Shakirzyanov murabbiyligida yakka holda konkida uchuvchi sifatida figurali uchish bilan shugʻullangan va 1986-yildan boshlab Natalya Mishkutenok bilan juftlikda uch hatlab sakrashning besh turini mashq qilgan. 1988 — 1989-yillarda juftlik Jahon Universiada musobaqasida gʻolib chiqdi va SSSR chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Artur 1988-yilda Yevropa chempionatida debyut qildi, lekin Jahon chempionatida birinchi marta 1990-yilda qatnashdi.

Artur 1990 — 1991-yilgi mavsumda sahnalashtirilgan F. Liszt musiqasi ostidagi „Sevgi orzulari“ dasturini barcha musobaqalarda, jumladan Yevropa chempionatlarida, Jahon chempionatlarida va Olimpiya oʻyinlarida (1991 — 1992) namoyish qilib gʻalabalar keltirgan.

Juftlik professional konkida uchuvchilar sifatida 1992-yilda US Open turnirida gʻalaba qozonishdi, lekin ular professionallar oʻrtasidagi Jahon chempionatida va Chellenge of Champions turnirida uchinchi oʻrinni egallashdi.

Bu juftlik 1993 — 1994-yilgi mavsumda havaskor sifatida konkida uchishga qaytishdi. Artur Yevropa chempionatidagi qisqa dastur namoyishida xatoga yoʻl qoʻyadi va shundan soʻng figurali uchish tarixidagi eng kam uchraydigan voqea sodir boʻladi: Chexiyalik sudya xatolik bilan tizimga 5,4 / 5,7 oʻrniga 4,4 / 4,7 ballni kiritadi. Ushbu baho katta ekranda koʻrsatilganidan soʻng, hakam xatosini tuzatishi haqidagi barcha soʻrovlariga qaramay, ISU taqiq bilan javob beradi. Shunday qilib juftlik beshinchi oʻrinni egallaydi, ammo erkin dasturda — ikkinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritadi

1995-yildan boshlab Artur yangi sherik — Oksana Kazakova bilan mashq qila boshladi, juftlik 1996-yilgi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.

Shaxsiy hayoti Artur Dmitriyevning 1992-yildan 2006-yilgacha turmush oʻrtogʻi Tatyana Druchinina (badiiy gimnastika boʻyicha jahon va SSSR chempioni) edi.

Natijalari (O. Kazakova bilan) Musobaqa 1994 — 1995 1995 — 1996 1996 — 1997 1997 — 1998 Qishki Olimpiya oʻyinlari 1 Jahon chempionatlari 5 3 WD Yevropa chempionati 1 2 Rossiya chempionati 3 3 Gran-pri finali 2 3 Skate America 5 1 Skate Canada International 1 Bofrost kubogi 2 Trophee Lalique 2 1 Rossiya kubogi 3 NHK Trophy WD WD = tanlovni tark etgan

(N. Mishkutyonok bilan) Musobaqa 1987 — 1988 1988 — 1989 1989 — 1990 1990 — 1991 1991 — 1992 1992 — 1993 1993 — 1994 Qishki Olimpiya oʻyinlari 1 2 Jahon chempionatlari 3 1 1 Yevropa chempionati 4 3 3 1 1 3 Rossiya chempionati 2 SSSR chempionati 2 2 Skate America 1 1 Millatlar kubogi1 Trophee Lalique 1 1 NHK Trophy 3 Qishki Universiada 1

Manbalar

Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:21-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar