Sergey Ni (; 1975-yil 3-avgustda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchisi, hujumchisi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Hayoti Sergey professional futboldagi debyutini SSSR chempionatining soʻnggi mavsumida, ikkinchi quyi liga ishtirokchisi „Sohibkor“ (Xalqobod) klubida boshlagan.
SSSR parchalanganidan soʻng ikki mavsum davomida Oʻzbekiston oliy ligasi isht „Temiryoʻlchi“ (Qoʻqon) klubida oʻynadi. 1992-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi.
1994-yilgi mavsumda „Neftchi“ (Fargʻona) jamoasiga koʻchib oʻtgan va jamoa bilan birga bir necha bor mamlakat chempioni va chempionat sovrindori, Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan. 1994-yilgi Hamdoʻstlik kubogida neftchi jamoasi bilan turnir finaliga qdar yetib borgan. 1998-yilning birinchi yarmida yana „Temiryoʻlchi“ jamoasi safida oʻynagan. Ikkinchi davrdada „Neftchi“ jamoasiga qaytganidan soʻng u yanada samarali oʻynay boshlagan va 1999—2002-yillarda ketma-ket toʻrt marta bir mavsumning har birida 10 dan ortiq gol urgan. 2001-yilgi Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari ichida yettinchi (15 gol), 2002-yilgi mavsumda esa oltinchi (17 gol) boʻlgan. Sergey Fargʻona klubi safida jami 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 70 dan ortiq gol urgan.
2004-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasini tark etganidan soʻng oliy ligada „Mash’al“ (Muborak), „Samarqand-Dinamo“, „Lokomotiv“ (Toshkent) klublarida toʻp surgan. 2006-yili „Lokomotiv BFK“ safida toʻp surgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi final turnirida 6 ta gol bilan toʻpurar boʻlgan.
Oʻzbekiston oliy ligasida jami 87 ta gol urgan. Yuqori darajadagi oʻzi ishtirok etgan turnirlarda 108 ta gol bilan Gennadiy Krasnitskiy klubiga kiritilgan.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2001-yilning 17-yanvarida Isroilga qarshi yagona oʻyinida maydonga tushganIzrail – Uzbekistan – 2:0.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempioni: 1994, 1995, 2001 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994, 1996 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1992, 1997, 1998, 2001, 2002
Manbalar
Havolalar
Footballfacts.ru saytidagi profil
Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:3-avgustda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Lokomotiv BFK futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari