link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4c/Yahiko_Village_Office.JPG/220px-Yahiko_Village_Office.JPG|thumb| Yahiko qishloq zali Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, qishloqning taxminiy aholisi 7824 kishi, aholi zichligi esa 1 km² ga 311 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 25,17 kvadrat kilometrni tashkil etadi (9,72 mi²).
Geografiyasi Yahiko markaziy Niigata prefekturasining qirgʻoq mintaqasida joylashgan, ammo qirgʻoq hududida emas. Yahiko Yahiko togʻining janubiy tomonida oʻrnashgan. Bu togʻ va uning yaqinidagi Kakuda tog'i Yapon dengizi sohilida, Niigata shahridan unchalik uzoq boʻlmagan joyda qad roslagan. Yahiko Niigata prefekturasida Yamamotokan nomli eng qadimgi oilaviy mehmonxonalardan biriga ega.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Niigata prefekturasi Nagaoka, Niigata Tsubame, Niigata Niigata
Iqlimi Yahiko nam iqlimiga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Yahikoda oʻrtacha yillik harorat 13,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2081 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,1 °C, eng past harorat esa yanvarda, 1,3 °C atrofida boʻladiYahiko climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraYahiko population statistics, Yahiko aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Tarixi Hozirgi Yahiko hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlib, VIII asrda tashkil etilgan Shinto ziyoratgohi Yahiko-jinja atrofida aholi punkti sifatida rivojlangan. Zamonaviy qishloq 1889-yil 1-aprelda Niigata Nishikanbara tumanida munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. Hozirgi ziyoratgoh 1916-yilda qayta qurilgan. avvalgi ziyoratgoh binosi 1912-yilda qishloqda boshlangan yongʻin natijasida vayron boʻlganYahiko Village website, „Sightseeing Information--Yahiko Shrine“ ; retrieved 2012-10-24.. Bu 2006-yil 20-martda bir tumandagi ikkita shahar Tsubame shahriga birlashganidan keyin oʻz tumanida qolgan yagona qishloq hisoblanadi.
Taʼlim tizimi Yahikoda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi, lekin davlat oʻrta maktabi mavjud emas.
Transporti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0b/Yahiko_Station_zenkei.JPG/250px-Yahiko_Station_zenkei.JPG|thumb|250x250px| Yahiko stansiyasi
Temir yoʻl 20x20px JR Sharqiy yoʻli — Yahiko liniyasi
Yahiko — Yahagi
Arqon yoʻli
Yahikoyama arqon yoʻli
Magistral yoʻl
Yahiko hech qanday milliy tezyurar yoki magistral yoʻllar va yoʻnalishlarga ega emas
Diqqatga sazovor joylar
Joylar
Yahiko ziyoratgohi Yahiko Onsen (issiq buloq) Yahiko Velodromi Yahikoyama arqon yoʻli
Bayramlar
Xrizantema festivali har yili noyabr oyida boʻlib oʻtadi.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Niigata prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Yahiko, Niigata