Ayla 2017-yilda ekranlarga chiqarilgan dramatik filmdir. Dijital Sanatlar Production studiyasi tomonidan ishlangan, Warner Bros. tomonidan esa tarqatilgan. Film rejissorlari — Can Ulkay, ssenariy mualliflari — Yigit Güralp. Filmda bosh rollarni Çetin Tekindor, İsmail Hacıoğlu, Kim Seol, Ali Atay, Damla Sönmez va Murat Yıldırım ijro etgan.

Syujeti Shimoliy Koreya 1950-yilda Janubiy Koreyani bosib olganida BMT tomonidan qilingan yordam murojaati sababli Turkiya Janubiy Koreyaga brigada yuboradi. Brigada askarlaridan biri boʻlgan serjant Sulaymon jang maydonida onasi va otasi oʻldirilgan kichkina qizchani topib oladi. Uni oy nurida topgani uchun unga Ayla ismini beradi. Ikkalasi bir-birlarini tillariga tushunishmasligiga qaramay doʻst tutinadilar, lekin Sulaymon uyga qaytishga majbur boʻladi va ular ajralishadi.

Rollarda Çetin Tekindor — serjant Süleyman İsmail Hacıoğlu — serjant Süleymanning bolaligi Lee Kyung-jin — Ayla  — Aylaning bolaligi Ali Atay — Ali Damla Sönmez — Nuran Murat Yıldırım — leytenant Mesut Claudia Jessie — Marilyn Monroe Eric Roberts — Maj. Gen. Coulter

Manbalar

Havolalar

Turkum:2017-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Turkiya filmlari Turkum:Janubiy Koreya filmlari Turkum:Turk tilidagi filmlar Turkum:Koreys tilidagi filmlar Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar