Maximilien Robespierre (), toʻliq ismi Maximilien Marie Isidore de Robespierre () (1758-yil 6-may Arras—1794-yil 28-iyul Parij) — fransuz inqilobchisi, Buyuk fransuz inqilobining eng taniqli va nufuzli namoyandalaridan biri.

Bolaligi Maximilien Marie Isidore de Robespierre 1758-yil 6-may kuni Fransiya qirolligining Artua viloyati (provinsiyasi) markazi Arras shahrida dunyoga kelgan. Maximilienning ota tarafidan bobokaloni Rober Robespierre (1627—1707) Karven, Bali, Uani aholi punktlarida notariuslik qilgan, otasining bobosi Marten Robespierre (1664—1720) Karvenda prokuror boʻlgan, bobosi Maximilien Robespierre (1694—1762) esa Artuaning oliy majlisida advokatlik qilgan, otasi Maximilien Bartelemi Fransua de Robespierre (1732—1777) ham Artua oliy kengashida advokatlik qilgan. Robespierrening onasi Jaklin Margarita Karro (1735—1764) pivofurushning qizi boʻlgan.

Robespierrening ota-onasi bir-biri bilan 1757-yilda tanishgan, ular Robespierre tugʻilmasidan toʻrt oy oldin 1758-yil 2-yanvar kuni turmush qurgan. Oilada Maximiliendan tashqari yana toʻrt nafar farzand tugʻilgan: Sharlotta (1760—1834), Genriyetta-Ulali Fransuaza (1761-yil chaqaloqligida oʻlgan), Augustin (1763-y. 4-iyul—1794-y. 28-iyul). Bir haftadan soʻng Maximilien Robespierrening 29 yoshli onasi ham vafot etgan. Bu paytda Maximilien endigina 6 yoshga toʻlgandi. Oradan ikki yil oʻtib, Maximilienning otasi nomaʼlum sabablarga koʻra oilasini, Arrasni, soʻngra Fransiyani butunlay tashlab chiqib ketgan edi. Onasi oʻlgach, Maximilien va ukasi Augustinni ona tomonidan bobosi Jak Karro (1701—1778) oʻz qaramogʻiga oldi. Singlisini esa xolalari boqib oladi. 1765-yil bobosi Maximilienni Arras kollejiga oʻqishga berdi. Bu kollejni bir paytlar iyezuitlar tashkil qilgan boʻlib, ular Fransiyadan quvgʻin qilingach, kollej mahalliy yepiskop nazoratiga oʻtgan edi. Maximilienning singlisi Sharlotta eslashicha, u bolaligida yolgʻiz qolib, xayol surib oʻtirishni yaxshi koʻrgan. Tarixchilar Robespierrening bolaligi haqida biladigan yagona narsa uning chumchuq va kaptarlarni qoʻlga oʻrgata olgani haqidagi hikoyadir. Pivofurush bobo Jak Karro advokatlik ishi uning qiziga va oilasiga baxt keltirmaganini vaj qilib, nabirasini buxgalter yoki dehqonlarga urugʻlik tayyorlovchi turayer (solod tayyorlashda arpa urugʻlari unib chiqishini nazoirat qilivchi kasb egasi) boʻlishini moʻljallagan edi. Biroq kollej professorlari uning rejalarini buzib yuboradi. Ular iqtidorli oʻquvchilarini shaharning eʼtiborli shaxslariga tanishtiradi. Arrasda ancha obroʻli va oʻta xudojoʻy boʻlgan ikki xolasi Maximilien haqida mahalliy qonunchi Emega gapirib beradi.

Buyuk Lyudovik litseyida 1769-yilda qonunchi Eme homiyligida va uning Arras yepiskopi Lui Fransua Mark Ilerom Konziga bergan tavsiyanomasi natijasida Maximilien Robespierre Sen-Vaas abbatligi har yili toʻrt kishiga beradigan 450 livrli stipendiyalardan biriga erishdi va u Parijdagi Buyuk Lyudovik litseyiga oʻqishga yuborildi. Nima boʻlganda ham, yosh Robespierre juda muhtojlikda yashab oʻqiydi. U Parijdagi kollejda boʻlgʻusi inqilob sardorlari Kamil Demulen va Lui-Mari Freron bilan birga tahsil oladi. Robespierre juda yaxshi oʻqiydi, koʻplab mukofotlar va faxriy yorliqlarga ega boʻladi. U lotin tilidan kollejning ikkinchi mukofotini qoʻlga kiritadi.1776-yilda esa ritorikadan kollejning birinchi sovriniga erishadi. Robespierre kollejda Qadimgi Rim tarixi va adabiyotiga qiziqib qoladi. Kollej oʻqituvchisi abbat Erivo uni „rimlik“ deb chaqiradigan boʻladi. Keyinchalik litseyning sobiq prefekti abbat Proyyar Robespierre haqida „Maximilien butun eʼtiborini faqat ilmga qaratgan, shovqin qilmaydigan, yolgʻiz sayr qilishni xush koʻradigan noyob oʻquvchi edi“, deb eslaganWalter, Maximilien de Robespierre, pp. 15-17..

Robespierrening aʼlo oʻqishi va xulqini kollej oʻqituvchilari taqdirlab, unga 1775-yili Fransiyaning yangi qiroli Lyudovik XVI qarshisida tantanali qutlash sheʼrini oʻqib berish vazifasini topshirilgan edi. Kollej rahbariyati muhtoj boʻlgan Robespierrega yangi kiyim olishi uchun mablagʻ ajratadiWalter, Maximilien de Robespierre, p. 15-17, 629-630 y 668.. 1775-yili 12-iyunda Maksimilyen Robespierre qirol Lyudovik XVI va qirolicha Mariya Antuanetta qarshisida tantanali sheʼrini oʻqib berdi. Robespierrening kollejda oladigan stipendiyasi shu yerda qolib oʻqishini davom ettirishga yetar edi. Uning oldida oʻqishni tibbiyot, ilohiyotshunoslik va yurisprudensiya yoʻnalishlarida davom ettirish tanlovi turardi. Robespierre adliya yoʻnalishini tanladi va Parijning Sen-Krua-de-la-Bretonnri koʻchasidagi prokuror Okant huzurida tajriba orttirdi. Robespierre ota-bobolari yoʻlidan ketdi. Uning familiyasi oldiga ham „de“ qoʻshimchasini qoʻshib yoziladigan boʻladi. Otasi bilan bobosi ham zodagonlar nasabiga mansub boʻlmagan boʻlsa-da, xuddi zodagonlar kabi familiyasi oldiga „de“ qoʻshimchasini yozishni maʼqul koʻrgan. Robespierrelar sulolasida faqatgina Maksimilyenning bobosi akasi, Epinua soliqchisi Iv de Robespierregina 1696-yilda aslzodalik maqomini olganParis, La jeunesse de Robespierre […], pp. 8-16..

1780-yil 31-iyul kuni Maksimilyen Robespierre Sorbonna universitetining yuridik fakultetini bitirib, bakalavr darajasini oldi. Uning stipendiyasi endi ukasi Augustinega oʻtgandi. 1781-yil 15-mayda Robespierre litsenziya oladi va Parij parlamanti advokatlar reyestri roʻyxatiga kiritildi. Shu yilning 19-iyul kuni Robespierre oʻzi oʻqigan litseydan tejab yigʻilgan 600 livrlik stipendiyani ola boshladi. Bu esa uning Parijda yashab ishlash huquqini yoʻqqa chiqargan edi. Robespierre shahri Arrasga ketishga majbur boʻldiWalter, Maximilien de Robespierre, p. 15-17, 629-630 y 668..

1782-yil 8-noyabrda Robespierre Artua kengashining advokatlar kollegiyasiga ishga qabul qilinadi. U Fushe va Lazar Karno bilan birga „Rozatti“ adabiyot jamiyatiga ham aʼzo ediGérard_Walter_(1989). 29-31. Oʻsha paytda yoshlarni sheʼriyatga, gulga va vinoga boʻlgan muhabbat va albatta maʼrifatparvarlar Monteskyo, Russo, Volter va boshqalarning ilgʻor gʻoyalari birlashtirib turgan. Bu davrda Robespierre Arras ayollariga bagʻishlab, juda koʻp sheʼrlar yozgan. 1783-yili u Arras adabiyoti, fan va sanʼati akademiyasiga aʼzo boʻldi. Oʻz nutqlari bilan tezda akaqdemiyada shuhrat qozondi. 1786-yilda uning saʼy-harakatlari bilan arraslik naturachi ayol Mari Le Mason Le Golf va adiba Luiza de Karalyo ham akademiyaga aʼzo boʻlib kirdi. Robespierre ayollar huquqlari kurashuvchi shaxs sifatida ham tanildi. XVIII asr faylasuflari gʻoyalari bilan qiziqib qolgan Robespierre siyosat bilan ham shugʻullandi. Doʻstlari va oilasi yordami bilan u Artua provinsiyasidan Uchinchi tabaqa vakili sifatida General shtatlarga deputat boʻlib saylanish uchun kurashga kirishdi. Artua oʻlkasini isloh qilish masalasida tayyorlagan broshyura unga shuhrat olib keldi. Dastlab u Arrasdan saylanadigan yigirma toʻrt nomzod ichida gʻalabaga erishdi, soʻngra 1789-yil aprelida Arrasdan saylanadigan oʻn ikki deputat ichida General shtatlarga deputat boʻlib borish sharafiga ham musharraf boʻldi. Aynan unga Arras saylovchilari talablarini tuzish vazifasi ham topshirilgan ediParis, La jeunesse de Robespierre […], pp. 8-16..

General shtatlar Dastlab bu shimol lahjasida gapiruvchi, eskicha uslubda kiyingan, provinsial deputat hech kimning eʼtiborini tortmaydi. General shtatlar yigʻilishlarini yoritib borgan oʻsha davrdagi gazetalarda doimo uning familiyasi chalkashtirib yozilganini koʻrish mumkin: Robertpiyer, Robers yoki Rober-Pyer. Ammo u bahs-munozaralarda koʻp qatnashgani uchun tanila boshladi. U 1789-yilda u 69 marta, 1790-yilda 125 marta, 1791-yilda esa 328 marta minbarga chiqib, nutq soʻzladi. Aynan shu davrda Mirabo Robespierre xaqida "U uzoqqa boradi, chunki oʻz soʻzlariga ishonad, degan edi.

1789-yil 20-iyunda saroyning qarshiligi bois yigʻilish uchun binodan mosuvo boʻlgan deputatlar Versalning koptok oʻynaladigan zalida yigʻildi va yangi konstitutsiya ishlab chiqilmaguncha zalni tark etmaslikka qasamyod qildi. Oʻsha qasamyod matni mualliflaridan biri ham Robespierre edi.

1789-yil 14-iyul voqealaridan keyin Robespierre harbiy holat eʼlon qilinishiga qarshi ovoz berdi. Shuningdek, u qirolning veto huquqiga, fuqarolar faol va sust guruhlarga ajratilishiga, yahudiylar, gugenotlar va aktyorlar gildiyasi aʼzolarini jamoat amallarini egallashiga qarshi ovoz beradiVoir la présentation de la " Réponse de Maximilien de Robespierre, avocat au Parlement et directeur de l’Académie, au discours de Kéralio " par Florence Gauthier, dans les Œuvres de Maximilien Robespierre, tome XI: " Compléments (1784—1794) ", Société des études robespierristes, 2007..

1789-yil 14-iyul Russoning „Umumiy irodasi“ tasdiqlandi va shuning uchun Robespierre inqilobni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

1790-yil noyabridan 1791-yilning sentyabrigacha davom etgan bahs-munozaralarda (debat) Robespierre Milliy gvardiyaning tashkil topishida asosiy rol oʻynaydi. U1791-yilda Fuqarolar va inson huquqlari deklaratsiyasini, Fransiyaning ilk konstitutsiyasini yozishda va qabul qilishda faollik koʻrsatdi. Shuningdek, uning oʻlim jazosini va fransuz mustamlakalarida qullikni bekor qilish haqidagi qarashlari ham maʼlumHervé Leuwers, Robespierre, Paris, Fayard, 2014 ; Hervé Leuwers, " Robespierre, avocats des fermiers Pepin et d’Herlin. Un mémoire judiciaire retrouvé. 1787 ", Revue du Nord, 2013..

Aynan shu davrda deputatlar oʻrtasida dastlabki qarama-qarshiliklar kelib chiqdi, konservativ qarashli deputatlar va „royalist demokratlar“ keyinchalik „konstitutsiyachilar“ va „monarxistlar“ deb ataladigan boʻldi. Ular inqilob natijalaridan qanoatlangach, hukumat tuzishga kirishdi. Robespierrening Taʼsis majlisi aʼzolari Qonunchilik majlisiga saylana olmasligi xususidagi taklifi partiyalar oʻrtasidagi katta ixtiloflarning oldini olgan edi. Taʼsis majlisi monarxiya davridagi tabaqalanishni yoʻqqa chiqargan va jamiyatda ijtimoiy tenglik prinsiplarini eʼlon qilgan, lekin u hali yangi prinsiplarga mos keladigan hokimiyat turlarini aniqlab olmagan edi. Bu muammo yuz yilgacha, yaʼni to Uchinchi Respublika tuzilmaguncha yechilmay qolaverdi. 30-sentyabrda Taʼsis majlisi aʼzolari Qonunchilik majlisiga saylana olmasligini eʼlon qilib, tarqab ketadiVoir Gérard_Walter_(1989), Charlotte Robespierre, Mémoires, 1834, rééditées en 2006 par le Nouveau Monde Éditions, et Bernard_Nabonne_(1938) 96..link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2f/Naissance_Maximilien_de_Robespierre_1758.jpg/300px-Naissance_Maximilien_de_Robespierre_1758.jpg|right|thumb|300x300px| Maksimilyen Robespierning suvga choʻmish guvohnomasi, 1758-yil 6-mayda Arrasdagi Avliyo Maryam Magdalalik cherkovida. Pas-de-Kale departamenti arxivi.

Yakobinchilar klubi Inqilobning boshlanishi oʻsha davrda juda koʻp siyosiy klublar paydo boʻlishiga olib keldiVoir Charlotte Robespierre, Mémoires, chapitre III. La sœur de Maximilien affirme que l'épouse de Maurice Duplay désirait marier sa fille à l’Incorruptible, mais que cette espérance ne fut jamais concrétisée..