„Ti uznayesh yeyo“ (, yaʼni „Sen uni taniysan“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil singl oʻlaroq chiqilgan. Shuningdek, guruhning oʻsha yili eʼlon qilingan „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Ti uznayesh yeyo“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biridir. Tarona kuyini Igor Matviyenko, soʻzini esa Pavel Jangun yozgan. Qoʻshiq „Korni“ guruhiga katta shuhrat olib kelgan ilk taronalarning biri boʻlib, nafaqat Rossiyada, balki bir necha MDH davlatida xitga aylangan.

Qoʻshiq matni, xususan, „Va uning zumrad qoshlari oy belgisi ostida boshoq chiqaradi“ () misrasini koʻplab tinglovchi absurd deb topgan. Sheʼr muallifi undagi tushunarsiz oʻxshatishlarni „Ya vibirayu tebya“ () kitobida quyidagicha izohlagan:

Shuningdek, Jagun sheʼrni Osip Mandelshtam qalamiga mansub „Faqat bolalar kitoblarini oʻqing“ () sheʼridan ilhomlanib yozganini eʼtirof etgan.

„Na veka“ albomiga kiritilgan uch qoʻshiq, jumladan, „Ti uznayesh yeyo“ qoʻshigʻi uchun klip suratga olingan. Rejissyor O. Gusev olgan oq-qora klipda guruh aʼzolari aeroport boʻylab yurgani hamda jihozlangan xonada taronani ijro etayotgani tasvirlangan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Korni qoʻshiqlari Turkum:2003-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar