Ismoil Hakimovich Joʻrabekov (1931-yil 12-sentyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2025-yil 28-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – sovet va oʻzbek davlat hamda siyosat arbobi. 1995-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.

Biografiyasi 1931-yilda 12-senyabr Samarqand viloyatida ishchi oilasida tugʻilgan. KPSS aʼzosi boʻlgan. 1956-yildan boshlab xoʻjalik, jamoat va siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan.

1956—2010-yillarda Pastdargʻom tumani sugʻorish tizimlari boshqarmasining katta muhandisi va boshligʻi, qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hamda boshligʻi, „Samarqandsuvqurilish“ tresti boshqaruvchisi, respublika melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston SSR Davagroprom raisi, Oʻzbekiston fuqaro mudofaasi ishlari vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 9—11-chaqiriqlariga deputat etib saylangan. KPSS ning XXVII qurultoyiga delegat sifatida qatnashgan.

2025-yil 28-sentyabrda Toshkentda vafot etgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan .

Shaxsiy hayoti Farzandlari: Alisher, Furqat, Akmal.

Nevaralari: Oybek, Umid, Ulugʻbek, Shodiyor, Sarkorbek, Joʻrabek, Amirbek, Nozimaxon.

Manbalar

Havolalar Joʻrabekov Centrasia saytida GA RF R7523 105 152 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 26-avgustdan 27-avgustgacha qabul qilingan qarorlari va ularga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2075-VIII dan 2078-VIII gacha. 7-jild GA RF R7523 105 376 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973-yil 8-dekabrdan 10-dekabrgacha qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 45-sonli bayonnomaga / No 5141-VIII dan 5149-VIII gacha. 9-jild

Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar