Tutqunlik — Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Mehr operatsiyasi“ voqealari asosida rejissyor Rashid Malikov tomonidan 2021-yilda suratga olingan drama janriga oid badiiy film. Film epizodlarining barchasi pandemiya tufayli Oʻzbekistonda suratga olinishiga qaror qilingan, yaʼni Suriyadagi jang sahnalari ham mazkur mamlakat hududida suratga olingan. Tasvirga olish jarayonlarining asosiy qismi Buxoroda boʻlib oʻtgan.
Syujeti Kinokartinada asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urgʻu beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur boʻlgan va uni yoʻqotib qoʻygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli oʻspirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi. Qahramonlarning hech biri oʻz qidirgan narsasini topa olmaydi katta talofatlar koʻradi, shundan soʻng Oʻzbekiston tomonidan tashkil etilgan maxsus topshiriq yaʼni „Mehr operatsiyasi“ yordamizda Oʻzbekistonga qaytariladi.
Film premyerasi boʻlib oʻtgan vaqt va telekanallar Filmning Oʻzbekistonda premyerasi 2021-yil 30-sentabr kuni “Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtgan.
Quyidagi jadvalda film premyerasi boʻlib oʻtgan sana vaqt va telekanallar roʻyxati maxsus tartib asosida keltirilgan: Sana Vaqt Telekanal 16-oktyabr 21:30 Uzreport TV 17-oktyabr 14:15 Mening Yurtim 17-oktyabr 15:00 Renessans TV 17-oktyabr 20:30 Sevimli TV 17-oktyabr 22:20 Zoʻr TV 18-oktyabr 12:00 Renessans TV
Film haqida fikrlar Rejissyorning film haqida fikrlari
Tanqid Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova „Tafakkur“ jurnalida chop etilgan suhbatida bugungi oʻzbek kinosida mazmun qolib, „piar“ ketidan quvilayotganini tanqid qildi. Jumladan, „Tutqunlik“ filmi gʻoyasini yuzaki, voqealarini ishonarsiz deb atadi Mukofotlari 2021-yilning 8—12-noyabr kunlari Turkiyada „Korkut Ata“ turkiy tilli davlatlar xalqaro kinofestivalida Rashid Malikovning ushbu filmi hayʼat aʼzolarining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan ushbu film Rossiya Federatsiyasida boʻlib oʻtgan „Volokolamskiy rubej“ harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida „Gran-pri“ bosh sovrini bilan taqdirlangan. Havolalar Kino YouTubeda Rasmiy veb sayt
Manbalar
Turkum:2021-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:Rashid Malikov filmlari