Santigo Tréllez Vivero (; 1990-yil 17-yanvarda Kolumbiyada tugʻilgan) — Braziliyaning „Sport Recife“ klubi hujumchisi. Kolumbiyalik sobiq futbolchi Jon Jairo Trellesning oʻgʻli.

Biografiyasi Santigo Tréllez futbolchi oilasida tugʻilgan — otasi Jon Jairo Trelles oʻgʻli tugʻilganda Shveysariyada „Zürich“ futbol jamoasida faoliyat yuritar edi. Santigo Tréllez „Envigado“ futbol maktabida futbol oʻynashni boshlagan. 2006-yilda u „Independiente Medellin“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 2007-yilgi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida 17 yoshgacha boʻlgan Kolumbiya terma jamoasi safida muvaffaqiyatli oʻynaganidan soʻng hujumchini Braziliyaning „Flamengo“ klubi sotib olgan. Biroq, xujjatlarni rasmylashtirishdagi anglashilmovchiliklar sababli 3-4 oydan soʻng, Santigo Tréllez „Flamengo“ futbol klubini tark etishga qaror qilgan. Santigo Tréllez 2008—2010-yillarda Argentinaning „Vélez Sarsfild“ futbol akademiyasida tahsil olgan.

2017-yilning iyul oyida Santigo Tréllez faoliyatini Braziliya klublarida davom ettirishga qaror qilgan. U „Salvador“ futbol klubidan „Vitória“ jamoasi safiga oʻtgan. Braziliya chempionatining 23 oʻyinida 10 ta gol urgan kolumbiyalik hujumchi nomdor futbol klublarning eʼtiborini tortgan. Shundan soʻng, 2018-yilga kelib Santigo Tréllez „São Paulo“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. U 2018-yilning 8-fevralda Paulista ligasi doirasida „Bragantino“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2019-yilda u „Internacional“ futbol klubida ijara asosida oʻynagan. Turnir soʻngida uning jamoasi Braziliya kubogi finaliga chiqqan. Biroq Santigo Tréllez turnir davomida hech qaysi oʻyinda maydonga kiritilmagan. Santigo Tréllez 2021-yildan buyon ijara asosida „Sport Recife“ jamoasida oʻynamoqda.

Santigo Tréllez 1989-yilda „Atletiko Nacional“ bilan Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Santigo Tréllez „Boca Juniors“ futbol klubida ham toʻp surgan.

Santigo Tréllez Kolumbiya terma jamoasi safida ikki marta Amerika Kubogida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Santigo Tréllezning ikkita singlisi ham bor, ular ota-onalari bilan Turbo shahrida yashaydilar.

Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolIndependiente Medellín20113385300381120121633200195Jami491185005716San Luis2012—20132742200296Jami2742200296Monarcas Morelia2013907200162Jami907200162Atlético Nacional201423210182415Jami23210182415Libertad20151730061234Jami1730061234Arsenal de Sarandí201572002092Jami72002092La Equidad20162835100334Jami2835100334Deportivo Pasto20171790000179Jami1790000179Vitória2017231000002310201831000031Jami261100002611Sao Paulo FC20183253130386Jami3253130386SC Internacional20191300000130Jami1300000130Sao Paulo FC2020901031131Jami901030131Sport Recife20212710000271Jami2710000271Umumiy karyerasida284513712223343

Yutuqlari

Jamoaviy yutuqlari

Kolumbiya chempioni (1): Apertura-2014 Meksika kubogi gʻolibi (1): Apertura-2013 Braziliya kubogi finalchisi (1): 2019-yil Janubiy Amerika kubogi finalchisi (1): 2014-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar