Sandro Ramírez Castillo () — 1995-yil 9-iyulda Ispaniyaning Kanariya shtatida tugʻilgan. „Las-Palmas“ klubida markaziy hujumchi sifatida faoliyat yuritadi.
Jamoalardagi faoliyati Sandro Ramírez oʻz faoliyatini „Las-Palmas“ klubida boshlagan, soʻngra „Espanyol“ jamoasida qisqa vaqt oʻtkazgan va 2009-yilda „Barcelona“ jamoasiga oʻtgan. 2013—2014-yilgi mavsumda Sandro Ramírez klubning ikkinchi jamoasi „Barcelona B“ga oʻtdi va 7 ta gol urdi. Keyingi mavsumda u „Barcelona“ asosiy jamoasida debyut qildi. Bu 19-iyul kuni „Recreativo“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida sodir boʻldi. Yosh ispaniyalik futbolchi ikkinchi boʻlimda Adam Traore oʻrniga maydonga tushdi. 9-avgust kuni u jamoa uchun birinchi golini Finlandiya „HJKA“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. 18-avgust kuni u meksikaning „Leon“ jamoasiga qarshi Joan Gamper kubogi uchun oʻyinda oltinchi golini urdi. 31-avgust kuni Sandro Ramírez „Vilyarreal“ bilan oʻyinda (1:0) debyut qildi. Futbolchi uchrashuvning 70-daqiqasida Pedro Rodriges oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi va gʻalaba golini kiritdi. 17-sentabr kuni u Chempionlar ligasida ilk bor Kiprning „APOEL“ jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. U yevrokuboklardagi ilk golini Amsterdamning „Ajax“ klubiga qarshi uy uchrashuvida (3:1) kiritdi. U Ispaniya kubogidagi ilk golini 16-dekabr kuni „Huesca“ga qarshi oʻyinda (8:1) kiritdi.
2016-yil boshida Sandro Ramírezga „Betis“, Italiyaning „Fiorentina“ va Angliyaning „Newcastle United“ klublari qiziqish bildirgan edi. „Barcelona“ bilan u ikki marta Liga va Ispaniya Kubogini, shuningdek, Chempionlar Ligasi va Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro karyerasi 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Sandro Ramírez 2013-yilda Litvada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Portugaliya, Litva, Gollandiya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Portugal va gollandlarga qarshi janglarda Sandro Ramírez bittadan gol urdi.
2017-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Sandro Ramírez 2017-yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Makedoniya, Portugaliya, Italiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Portugaliyaliklarga qarshi kechgan duelda Sandro Ramírez gol urdi.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolF. C. Barcelona „B“2013-2014317——3172014-2015308——308Jami6115——6115F. C. Barcelona2014-20157221311242015-20161006340203Jami1728471327Málaga C. F.2016-2017301412—3116Jami301412—3116Everton F. C.2017-2018801061151Sevilla F. C.2017-20181302030180Jami1302030180Everton F. C.2018-20190010—10Jami802061161Real Sociedad2018-201924020—260Jami24020—260Real Valladolid C. F.2019-202024321—264Jami24321—264S. D. Huesca2020-202120500—205Jami20500—205Getafe C. F.2021-202229311—304Jami29311—304U. D. Las Palmas2022-20235100—51Jami5100—51Umumiy karyerasida2314318816226553
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari „Barcelona“
Ispaniya chempioni (2): 2014-2015, 2015-2016 Ispaniya kubogi sohibi (2): 2014-2015, 2015-2016 Chempionlar ligasi gʻolibi: 2014-2015 UEFA Superkubogi sohibi: 2015-yil Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi: 2015-yil
Ispaniya (U19)
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2013-yil
Ispaniya (U21)
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2017-yil
Manbalar
Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:9-iyulda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar