link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/68/Sirataka_Mogami_River_2009.jpg/270px-Sirataka_Mogami_River_2009.jpg|right|thumb|270x270px| Shiratakadan oqib oʻtuvchi Mogami daryosi Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 29-fevral holatiga koʻra, shaharchada 4730 ta xonadonda 13482 nafar aholi istiqomat qilganShirataka Town official statistics va aholi zichligi 1 km² ga 85 kishini tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni 737,55 kvadrat kilometr (285 mi²).

Geografiyasi Shirataka Yamagata prefekturasining janubida joylashgan boʻlib, shahar markazidan Mogami daryosi oqib oʻtadi. Asahi togʻlari shaharni sharq va gʻarb tomondan chegaralaydi.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Yamagata prefekturasi Nagai, Yamagata Nanʼyo, Yamagata Yamanobe, Yamagata Asahi, Yamagata

Iqlimi Shirataka nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, oʻta issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish bu hudud uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraShirataka population statistics, Shirataka aholisi soʻnggi 60 yil ichida kamayib ketgan.

Tarixi Hozirgi Shirataka hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Nishiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Shirataka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan tashkil etilgan. U 1954-yil 1-oktyabrda qoʻshni Arata shahri va Higashine, Ayukai, Juo va Koguva qishloqlari bilan qoʻshilishi natijasida shahar maqomiga koʻtarilgan.

Iqtisodiyoti Shirataka iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, asosiy ekini qulmoq hisoblanadi.

Taʼlim tizimi Shiratakada toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti

Temir yoʻl 16x16px Yamagata temir yo'l kompaniyasi — Nagai guli liniyasi

Koguva — Ayukai — Shikinosato — Arato

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 287 Milliy yoʻnalish 348

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Kannon-ji Kannon-do (muhim madaniy mulk)

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt

Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Shirataka