Franko Andrijašević ()(1991-yil 22-iyunda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Xitoy Superligasining „Zhejiang“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati "Hajduk Split " akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Franko professional debyutini 2010-yil 13-may kuni Xorvatiya chempionatida "Sesvete "ga qarshi liga oʻyinida, „Hajduk“ning 2009—10-yilgi mavsumdagi soʻnggi oʻyinida oʻtkazgan. 2011-yilning avgust oyida Franko ikkinchi divizion vakili Dugopolyega bir yil muddatga ijaraga berilgan. Hrvatski Dragovoljachga qarshi debyutida u uchinchi golni urgan va jamoasi 5:0 hisobida gʻalaba qozongan.
2014-yil 18-iyun kuni „Hajduk“ning ashaddiy raqibi Zagrebning „Dinamo“ klubi Franko bilan shartnoma imzolagan.
2016-yilning 26-iyulida Franko Zagrebning Dinamo klubiga oʻtishi doirasida Rijeka bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Atigi bir mavsumda u muxlislarning sevimlisiga aylangan va ligada 16 ta gol urgan. Rijekaga tarixda ilk bor chempionlikni qoʻlga kiritishiga yordam bergan. Shuningdek, u 2016—17-yilgi mavsumda liganing eng yaxshi futbolchisi uchun „Sportske novosti“ Sariq futbolkali mukofoti bilan taqdirlangan.
Franko 2017-yilning iyul oyida 4,25 million yevro evaziga KAA Gentga kelib qoʻshilgan.
U 2019-yilning yanvarida „Gent“dan „ Vaslend-Beveren“ jamosiga ijara asosida o‘tgan.
U 2019-yilning avgustida „Rijeka“ga ijara asosida qaytgan. 2020-yilning avgustida uning Rikeka bilan ijara shartnomasi yana bir mavsumga uzaytirilgan.
2021-yil 6-iyul kuni Xitoyning Birinchi Liga klubi Zhejiang Franko bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.
Shaxsiy hayoti Franko Styepan Andrijashevichning oʻgʻli va Pjero Andrijashevichning ukasi.
Xalqaro faoliyati 2013-yilning 22-yanvarida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Igor Shtimac Andrijashevichni 2013-yil 6-fevral kuni Londonda Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirgan. U oʻyinning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHajduk Split2009—101. HNL10--102010—11701110912011—12120--1202012—1324651303272013—142761120307Jami711273608415Dugopolje (Ijara)2011—122. HNL134--134Dinamo Zagreb2014—151. HNL1032030153Lokomotiva (Ijara)2014—151. HNL14620-1662015—16281232413515Jami421852415121Rijeka2016—171. HNL281642-3218Gent2017—18A20210102222018—191000020120Waasland-Beveren (Ijara)2018—19Belgiya Birinchi Divizioni A163--163Rijeka (Ijara)2019—201. HNL26530-2952020—21301330714014Jami84341027110137Zhejiang2021Xitoy Birinchi Ligasi24600-246Karyerada jami2908225723233891
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinGol Xorvatiya 2013l 1 0 2014 0 0 2015 0 0 2016 0 0 2017 2 1 2018 0 0 2019 0 0 Jami 3 1 +Franko Andrijašević tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 11-yanvar Guangxi sport markazi, Nanning, Xitoy 1-1 1-1 (1-4 p) Xitoy kubogi 2017
Yutuqlari Dugopolje
Druga HNL : 2011-12
Hajduk Split
Xorvatiya kubogi : 2012-13
Dinamo Zagreb
Prva HNL : 2014-15 Xorvatiya kubogi : 2014-15; Rijeka
Prva HNL : 2016-17 Xorvatiya kubogi : 2016-17, 2019-20
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar