Bolalar nikohi — UNICEF taʼrifiga koʻra, 18 yoshga toʻlmagan shaxs bilan rasmiy yoki norasmiy nikohdir. AQSh Sogʻliqni saqlash departamenti va baʼzi tadqiqotchilar bolalar nikohi voyaga yetmaganlarning va ularning sud qarori bilan oʻsmirlikdagi homiladorlik davridagi nikohini oʻz ichiga oladi deya taʼkidlaydi.
Shu bilan birga, turli madaniyat va dinlarda, turli xalqlar hamda turli davrlar orasida qanday turdagi nikohni juda erta deb hisoblash kerakligi va nima uchun bunday ekanligi haqida har xil fikrlarni topish mumkin. Koʻp asrlar davomida, zamonaviy gʻoyalarga koʻra, erta nikohlar juda keng tarqalgan boʻlib, din, qonunlar va urf-odatlar tomonidan ruxsat etilgan. Birinchidan, hozirda ayrim mamlakatlar va mintaqalarda nikoh uchun eng kam qonuniy yosh 18 yoshdan kam; ikkinchidan, boshqalarda 18 yoshga toʻlgunga qadar nikoh qurishga ota-onaning roziligi bilan, homiladorlik yoki boshqa alohida holatlarda ruxsat etiladi; uchinchidan, madaniy anʼanalar va diniy institutlar rasmiy huquqiy normalardan ustunroq va kuchliroq boʻlishi mumkin.
XX asr oxiri — XXI asr boshlarida eng koʻp miqdordagi bola nikohlari qashshoq mamlakatlarda va kam taʼminlangan oilalarda sodir boʻlgan. Eng soʻnggi mavjud maʼlumotlarga koʻra, bolalar nikohi Afrika, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Gʻarbiy Osiyo, Okeaniya va Lotin Amerikasi qismlarida keng tarqalgan. Aksariyat joylarda bolalar nikohi muttasil kamayib bormoqda, baʼzi hududlarda esa juda yuqoriligicha qolmoqda 60 % dan ortiq bu turdagi nikoh Niger, Chad, Mali, Bangladesh, Gvineya va Markaziy Afrika Respublikasida kuzatiladi. Eng erta nikohlar Niger, Chad, Bangladesh, Mali va Efiopiyada ommaviy ravishda belgilangan 20 % dan ortiq nikohlar 15 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatilgan (2003—2009-yillardagi tadqiqotlarga koʻra).
Yosh turmush qurishning sabablariga qashshoqlik, kelin bahosi va sarpo yigʻish odatlari, mahalliy madaniy anʼanalar, erta turmush qurishga ruxsat beruvchi qonunlar, diniy va ijtimoiy tazyiqlar, diniy qoidalar, katta yoshda turmushga chiqolmay/uylanolmay qolishlik qoʻrquvi, savodsizlik, ayollarni haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlay olmaslik kiradi.
Oʻgʻil bolalar ham, qizlar ham erta yoshda turmush quradilar, lekin ularning aksariyatini ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushib qolgan oilalardagi qizaloq kelinlar tashkil qiladi.
Tarixi
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fb/Presentation_of_the_portrait_of_Maria_Antonia_of_Austria_%28Marie_Antoinette%29_to_Louis_Auguste%2C_Dauphin_of_France_in_front_of_Louis_XV_and_the_court_at_Versailles.jpg/220px-thumbnail.jpg|thumb| Versaldagi Mariya Antuanetta. U 15 yoshida turmushga chiqqan.
Sanoat inqilobidan oldin, butun dunyo boʻylab ayollar koʻpincha erta yoshda, odatda balogʻatga yetganidan keyin turmushga chiqqanlar. Bu amaliyotlar XIX asrga qadar asosan qishloq aholisi boʻlgan jamiyatlarda keng tarqalgan. Er-xotin oʻz xoʻjaliklarini qurishlari kutilgan jamiyatlarda erkaklar kechroq oila qurishga moyil edilar. Bu erkaklarni yangi uy qurish va oʻsmir qizlarga uylanish uchun yetarli boylik toʻplamaguncha oila qurmaslikka undagan.
Zamonaviy sharoitda erta turmush qurish ilgari keng tarqalgan boʻlib, koʻp asrlar davomida va dunyodagi eng koʻp aholi punktlarida qabul qilingan. Antik davrda va oʻrta asrlarda qizlar koʻpincha balogʻat yoshida va hatto undan erta turmush qurishgan.
M. A. Friedman taʼkidlashicha, qadimgi Isroilda, qizning qachon va kimga turmushga chiqishi muhokamalarsiz faqat otasi tomonidan hal qilingan; bundan tashqari, koʻplab qizlar 15 yoshga toʻlmasdan, koʻpincha balogʻat yoshining boshida turmushga berilgan. Oʻrta asrlarda koʻpchilik yahudiy ayollar ham yoshligida turmush qurishgan. Ruth Lamdan, "XVI asrda „Responsa“ (tarjimasi: „Javob“) qarorlarida va boshqa manbalar, koʻplab havolalar hamda maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytda bolalar nikohi eng keng tarqalgan oddiygina holat boʻlgan va norma hisoblangan. Yaxudiy dinining „Halakha“ qonunida „voyaga yetmagan“ atamasi 12 yosh va bir kunlik qizga tegishli boʻlgan. Oʻn ikki yarim yoshida, qiz allaqachon har tomonlama balogʻatga yetgan deb hisoblangan" deb yozadi.
Gretsiyada ham erta nikoh va onalik ragʻbatlantirilgan, hatto oʻgʻil bolalar ham oʻsmirlik chogʻida uylanishi kutilardi. Oʻrtacha umr koʻrish 40 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan davrda erta turmush qurish va erta farzand koʻrish davrga nisbatan juda xos va asosli edi. Rim imperiyasida turmush qurishning eng kam yoshi qizlar uchun 12, oʻgʻil bolalar uchun 14 yosh qilib belgilangan edi.
Oʻrta asr Angliya qonunchiligi ham, asosan, Rim huquqiga asoslangan holda erta nikohga ruxsat bergan va nikohlar odatda 16 yoshdan oldin sodir boʻlgan. Xitoyda ham imperatorlik davri tarixida bola nikohi norma hisoblangan.
Zamonaviy davrgacha boʻlgan boshqa jamiyatlardan farqli oʻlaroq Shimoliy-Gʻarbiy Yevropada erkaklar va ayollar nisbatan kech nikohlanganlar. Bunda har ikkala jins vakillari odatda 20 yoki hatto 30 yoshning oʻrtalariga qadar nikohni kechiktirgan. Angliya tarixiga oid maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, bu holat XIV asrda sodir boʻlgan. Amaliyot Gʻarbiy Yevropada birinchi boʻlib zoʻrlash boʻyicha huquqiy qonunlar va nikohga rozilik yoshini oʻrnatgan ingliz umumiy qonunida aks ettirilgan. 1275-yilda 12 yoki 14 yoshgacha boʻlgan qizlar bilan jinsiy aloqa qilish (manbalarning talqiniga qarab) jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab boʻlgan. 1576-yilda 10 yoshgacha boʻlganlar bilan jinsiy aloqa qilish holatlar uchun yanada qattiqroq jazolarni nazarda tutilgan ikkinchi qonun qabul qilingan. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Britaniya mustamlaka maʼmuriyati Hindiston yarimorolida hindu va musulmon qizlar uchun nikoh yoshiga cheklovlar joriy qilgan.
XVIII asrda Suriyada yashovchi shotlandiyalik shifokorning aytishicha, mahalliy aholi oʻz farzandlari uchun yoshligida nikoh ahdini tuzmoqchi boʻlishgan, ammo qiz „voyaga yetgunga qadar“ nikoh tuzilmagan. XIX asrga aloqador Falastinga oid dalillar shuni koʻrsatadiki, erlar baʼzida xotinlari balogʻatga yetgunga qadar kutmasdan jinsiy aloqani boshlagan, ammo bu kamdan-kam uchraydigan hodisa boʻlib, ijtimoiy jihatdan va shariat sudlari tomonidan qoralangan.
1830-yillarda Edward William Lane 16 yoshga toʻlgunga qadar bir nechta misrlik qizlar turmush qurmaganligini, ammo ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, taʼlim islohoti va zamonaviylik sezilarli oʻzgarishlar keltirganini kuzatgan. 1920-yilga kelib, misrlik ayollarning 10% dan kamrogʻi 20 yoshgacha boʻlgan davrda turmushga chiqqan. 1923-yilda Misr parlamenti nikohning eng kichik yoshini ayollar uchun 16 yosh, erkaklar uchun esa 18 yosh qilib belgilagan.
Diniy normalar va davlat qonunlari
Tarixda maʼlum boʻlgan dinlarning aksariyati u yoki bu tarzda turmush qurish uchun minimal yoshni belgilab qoʻygan. Xristianlik dinining qonunlari qizning balogʻat yoshiga yetmasdan turmushga chiqishini taqiqlagan.
Yahudiy olimlari va ravvinlari balogʻatga yetgunga qadar turmush qurishni qatʼiyan man qilgan, lekin shu bilan birga istisno tariqasida 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan qizlar otalarining xohishiga binoan unashtirilishi yoki turmushga berilishi mumkin edi. Halachaga koʻra, qiz 12 yoshu olti oyligida „bogeret“ yoki yetuk ayolga aylanmaguncha turmushga chiqmasligi kerak. Garchi Muso Maymonid Talmud Mishne Tavrotida (milodiy 1170-1180-yillar orasida tuzilgan) alohida hollarda 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan qizlarni otalari turmushga berishlari mumkinligini eslatib oʻtgan boʻlsa-da (3:19 oyatida ham aniqlik kiritilgan) xuddi shu bobda „Ota oʻz qizini voyaga yetmaganida yoki qizligida hohlagan kishiga bagʻishlash ixtiyoriga ega boʻlsa-da, unga bu tarzda ish tutishi toʻgʻri kelmaydi“ deyilgan.
Hind Vedalarida, xususan, Rigveda va Atharvavedada Vediklar davrida qizlar balogʻatga yetganidan keyin turmushga chiqqanligi va yetuk yoshda boʻlganligini koʻrsatadigan oyatlar mavjud. Dastlabki Dharmashastrada, qizlar balogʻatga yetganidan keyin turmushga chiqarilishi kerakligi taʼkidlangan, baʼzi matnlarda esa nikoh yoshi balogʻatga yetgunga qadar uzaytirilgan. Qonun sifatida tatbiq etilmagan ManusmritidaDonald Davis (2010), The Spirit of Hindu Law, Cambridge University Press, , page 14 ota qizini balogʻatga yetmasdan turmushga bermasa va qiz balogʻatga yetganidan keyin uch yildan kamroq vaqt ichida turmushga chiqmasa, qiziga zulm qilgan deb hisoblanilishi aytilgan.
Ingliz cherkov qonuni qiz bolani balogʻat yoshiga yetmasdan turmushga berishni taqiqlaganRichard Burn, Robert Tyrwhitt and Robert Phillimore, The Ecclesiastical Law, Volume 4, Sweet Stevens & Norton (London), page 54..
Katolik cherkovi 1917-yildagi Kanon qonuni kodeksi qabul qilinishidan oldin unashtiruv uchun minimal yoshni 7 yosh deb belgilagan. Nikoh tuzish uchun eng kichik yosh yo haqiqiy balogʻatga yetgan yo nominal sifatida oʻgʻil bolalar uchun 14 va qizlar uchun 12 yosh boʻlgan. 1917-yilgi kodeksga binoan bu koʻrsatkich oʻgʻil bolalar uchun 16 ga, qizlar uchun esa 14 ga koʻtarildi; 1983-yilda Kanon qonuni kodeksida oʻgʻil bolalar uchun 16 yosh va qizlar uchun 14 yosh qabul qilingan.
Islomiy nikoh qoidalari baʼzi hollarda 10 yoshdan kichik qizlarni turmushga berishga ruxsat beradi, chunki shariat qisman „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“ hadis toʻplamlarida tasvirlangan Muhammad paygʻambarning soʻzlari va qilgan ishlariga asoslanadi. Ushbu manbalarga koʻra, Muhammad ayollarining uchinchisi boʻlgan olti yoki yetti yoshli Oyshaga uylangan va Oysha toʻqqiz yoki oʻn yoshlarida nikoh munosabatlariga kirgan. Baʼzi taniqli islom ulamolari tom maʼnoda bu xronologik yosh emasligini taʼkidlaydilar; musulmon dinida nikoh yoshi qiz uchun mas’ul boʻlgan shaxslar tomonidan uning balogʻatga yetganini anglaganlarida sodir boʻladi. Lekin bu balogʻat yoshining boshlanishining noprofessional va sub’ektiv taʼrifi boʻlib, koʻplab musulmonlar va baʼzi islom ulamolari oʻrtasida shariat qonunlari boʻyicha 13 yoshga toʻlmagan qizlarni turmushga berish joiz, degan qatʼiy eʼtiqodlar mavjud.
XXI asr boshlariga kelib, aksariyat mamlakatlar qonunlari nikoh uchun umumiy minimal yoshni 18 yosh deb belgilaganiga qaramay, koʻplab mamlakatlarda (nafaqat rivojlanayotgan yoki diniy mamlakatlarda) nikohga ruxsat beruvchi istisnolar mavjud boʻlib nikoh belgilangan yoshdan ertaroq ota-onalarning roziligi bilan va/yoki sud qarori bilan amalga oshiriladi.
Baʼzida dunyoviy davlat hokimiyati milliy qonunchilikka muvofiq turmush qurish yoshiga yetmaganlarga nikoh oʻqigan diniy ulamolarini jazolaydi. Masalan, Qirgʻizistonda 2016-yilda voyaga yetmagan shaxslarga nikoh oʻqishda ishtirok etgan ulamo vakillarini (shuningdek, yangi turmush qurganlarning ota-onalarini) jinoiy jazolash (3 yildan 6 yilgacha qamoq jazosi) toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Hindiston, Kanada va AQShda ham yangi turmush qurgan yoshlar bilan nodavlat, shu jumladan diniy nikoh marosimlarini oʻtkazish uchun jazolar mavjud.