2018-yilgi U-23 Osiyo chempionati finali 2018-yilning 27-yanvar kuni Xitoyning Chanchjou shahridagi Changzhou Olimpiya sport markazida 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionati gʻoliblarini aniqlash maqsadida boʻlib oʻtgan futbol uchrashuvi. Final oʻyinda yarim final gʻolibi boʻlgan Vyetnam va Oʻzbekiston terma jamoalari bahs olib borishgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Vyetnamni magʻlub etib, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tarixidagi eng qiziqarli va oʻziga xos final boʻlgan U-23 Osiyo Kubogidagi oʻzining ilk gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

Finalga yoʻl Vyetnamning finaldagi ishtiroki kutilmagan hodisa sifatida baholangan. Turnirdan oldin Vyetnam bir marta, yaʼni 2016-yilgi U-23 Osiyo chempionatida qatnashib, jami uchta magʻlubiyat bilan oxirgi oʻrinni egallagan edi. Kuchli jamoalardan biri hisoblangan Oʻzbekiston dastlabki ikki turnirda gʻalaba qozona olmadi, ikki turnirda ham guruh bosqichidan chiqa olmagan va har ikkala turnirda faqat bitta gʻalabaga erishgan.

Vyetnam terma jamoasi ushbu turnirda Janubiy Koreya, Avstraliya va Suriya bilan bir guruhda ishtirok etgan. Qiyin guruhda boʻlgan Vetnamning guruh bosqichini erta yakunlashi va turnirmi tark etishi kutilganj edi. Dastlabki turda Vyetnam Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlib ktilmalarni oqlagandek edi. Biroq, Vyetnam hayratlanarli darajada oʻyin uslubini oʻzgartirdi va Avstraliyani 1:0 hisobida magʻlub etgan, ikki yil oldingi magʻlubiyat uchun qasos olgan. Suriya bilan 0:0 hisobida durang oʻynagach, Vyetnam va Malayziya bilan birgalikda Janubiy-Sharqiy Osiyoning birinchi ikkita jamoasi boʻlib, pley-off bosqichiga yoʻl olgan. Vyetnam ikki trillerdan soʻng penaltilar seriyasida Iroq va Qatarni magʻlub etib, har bir bashoratni hayratda qoldirdi. Ikkala oʻyinda ham 120 daqiqadan soʻng 3:3 va 2:2 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, Vyetnam 1999-yildan beri AFC turniri finalida ishtirok etgan birinchi Janubi-Sharqiy Osiyo terma jamoasiga aylanib, tarix yozdi. Bu Vyetnam terma jamoasining futbol tarixidagi ilk AFC finali boʻlgan.

Oʻzbekiston mezbon Xitoy, Qatar va Ummon bilan A guruhidan joy olgan. Vyetnamdan farqli oʻlaroq, Oʻzbekiston koʻproq tajribaga ega edi va kamida yarim finalga qadar yetib borishi kutilgan edi. Biroq dastlab kutilgan umidlar Qatar jamoasiga 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng oqlamayotgandek edi. Lekin keyinchalik Xitoy va Ummonni 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. „Yosh oq boʻrilar“ chorak finalda Janubiy Koreya bilan oʻyinda 120 daqiqa vaqt sarflab 4–1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. YArim final oʻyinida Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrayotgan va Osiyo chempioni Yaponiya jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etib, finalga yoʻllanma olgan. Vyetnam Bosqich Oʻzbekiston Raqiblar Natija Guruh bosqichi Raqiblar Natija 1–2 1-oʻyin 0–1 1–0 2-oʻyin 1–0 0–0 3-oʻyin 1–0 D guruhi 2-oʻrinlari Yakuniy holat A guruhi ikkinchi oʻrinlari Raqiblar Natija Nokaut bosqichi Raqiblar Natija 3–3 (5–3) Chorak final 4–0 2–2 (4–3) Yarim final 4–1 )

Oʻyin

GK 1 Bùi Tiến Dũng I CB 11 Đỗ Duy Mạnh CB 21 Trần Đình Trọng CB 4 Bùi Tiến Dũng II RM 2 Phạm Xuân Mạnh CM 6 Lương Xuân Trường (c) CM 8 Phạm Đức Huy LM 17 Vũ Văn Thanh RF 19 Nguyễn Quang Hải CF 10 Nguyễn Công Phượng LF 14 Phan Văn Đức Zaxira: DF 20 Bùi Tiến Dụng MF 7 Nguyễn Phong Hồng Duy FW 13 Hà Đức Chinh Murabbiy: Park Hang-seo GK 1 Botirali Ergashev RB 5 Abbos Otaxonov CB 20 Dostonbek Tursunov CB 2 Rustamjon Ashurmatov LB 4 Akramjon Komilov CM 6 Aziz Gʻaniyev CM 7 Odiljon Hamrobekov RW 8 Jasurbek Yaxshiboyev AM 10 Javohir Siddiqov LW 17 Dostonbek Hamdamov CF 9 Zabihillo Oʻrinboyev (c)Zaxira: MF 16 Doniyor Narzullayev FW 22 Bobur Abduholiqov FW 11 Andrey Sidorov Murabbiy:Ravshan Haydarov

Uchrashuv qoidalari: 90 daqiqa. Agar kerak boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt. Agar hisoblar teng boʻlsa, penaltilar seriyasi. Maksimal uchta almashtirish. Bahslar

Hakamlar bilan bogʻliq muammolar Finaldan oldin AFC xitoylik hakam Ma Ningni finalga tayinlagan edi. Ammo oʻyinga bir necha soat qolganda Ma oʻrniga ummonlik referi Ahmad Al-Kaf keldi. AFC oʻz qarorining sabablarini tushuntirmadi, biroq bu mezbon rasmiylar va AFC oʻrtasidagi hakamlik borasidagi kelishmovchiliklar tufayli boʻlgani taxmin qilinmoqda. Al-Kafning oʻzi ham Osiyo Chempionlar Ligasining oldingi oʻyinlarida hakamlik qilgan.

Qorli sharoitlar Oʻyin kuchli qor ostida, −2 °C dan past haroratda oʻtdi, bu nisbatan juda sovuq edi va qor yogʻishi sababli oʻyinni kechiktirish taklif qilingan edi. Biroq AFC bu talabni rad etdi va oʻyinni davom ettirishni buyurdi. Birinchi boʻlim tugagandan soʻng AFC maydonni qordan tozalashni soʻradi va oʻyin davom ettirilishi uchun taxminan oʻttiz daqiqadan bir soatgacha vaqt ketdi. Bu oʻyindan keyin ham oʻzbekistonlik, ham vetnamlik muxlislar tomonidan tanqid qilindi, chunki har ikki jamoa ham bunday ogʻir ob-havo sharoitida oʻynashga oʻrganmagandi.

Oʻzbekiston terma jamoasi libosi Birinchi boʻlimda shahar boʻylab kuchli qor boʻroniga qaramay, oʻzbekistonliklarga AFC tomonidan oq libos kiyishga ruxsat berildi. SHu boisdan nafaqat vetnamliklar, balki oʻzbekistonlik futbolchilar ham maydonda oʻz futbolchilarini topish va koʻrish juda qiyin boʻldi. Muammoni hal qilish uchun oʻzbekistonliklar oʻyinning ikkinchi boʻlimidayoq koʻk libosga oʻtishgan edi.

Manbalar

Havolalar

Toʻliq vaqtli hisobot

Turkum:AFC U-23 Osiyo chempionati finallari Turkum:AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi oʻyinlari