Smail Prevljak () — bosniyalik futbolchi, Belgiyaning „Eupen“ klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasi hujumchisi.
Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0c/SV_Ried_RB_Salzburg_%28Februar_2016%29_16.JPG/190px-SV_Ried_RB_Salzburg_%28Februar_2016%29_16.JPG|thumb|338x338px| Prevlak „Red Bull Salzburg“ bilan Smail Prevljak „RasenBallsport Leipzig“ (Germaniya) klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilning 2-avgustida u Ikkinchi Bundesligada „Aalen“ga qarshi debyut qildi. Oʻsha yilning yozida Smail Prevljakl „Red Bull Arena Salzburg“ farm klubi — „Liefering“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 26-sentyabr kuni Avstriya „Lustenau“ qarshi oʻyinda Smail Prevljak Avstriya birinchi ligasida debyut qildi. 3-oktabr kuni „Wacker Innsbruck“ jamoasiga qarshi kechgan duelda u „Liefering“ uchun birinchi golini urdi. Noyabr oyida Smail Prevljak „Red Bull“ asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlar oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritdi. 9-noyabr kuni " „Axalta“ga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qildi. 2015-yil 23-avgust kuni Smail Prevljak „Red Bull“ safidagi ilk golini Avstriya „Wien“ jamoasiga qarshi kechgan duelda urdi . 2016-yilda Prevlyak Avstriya kubogi chempioni va gʻolibi boʻldi.
2017-yilning yozida Smail Prevljak „Mattersburg“ga ijaraga oʻtdi. 22-iyul kuni poytaxtning „Rapid Vienna“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qildi. O‘sha o‘yinda Smail Prevljak „Mattersburg“ safida ilk golini urdi. Mavsum yakunida u jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
2020-yilning yanvarida Smail Prevljak Belgiyaning „Eupen“ jamoasiga ijaraga oʻtdi.
Xalqaro karyerasi 2018-yil 23-mart kuni Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Smail Prevljak Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida debyut qildi. 2020-yilning yanvarida Prevlyak Belgiyaning “Eupen” jamoasiga olti oylik ijaraga yuborildi. U klubdagi debyutini 8 fevral kuni „Sent-Truiden“ga qarshi o'tkazdi va gol urishga muvaffaq bo'ldi. Avgust oyida „Eupen“ Prevlyak bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U jamoadagi ilk xet-trikini 2021-yilning 17-aprelida „Sharlerua“ ustidan qozonilgan g‘alabada amalga oshirdi.
Statistikasi KlubMamlakatlarYilRB Leipzig2014Red Bull Salzburgo2014-2020F. C. Liefering2014-2017S. V. Mattersburgo2017-2018K. A. S. Eupen2020K. A. S. Eupen2020
Yutuqlari
„Red Bull Salzburg“
Avstriya chempioni (2): 2015-2016, 2018-2019 Avstriya kubogi sohibi (2): 2015-2016, 2018-2019
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar