Seo Yung-Won (1970-yil 17-dekabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Chengdu Rongcheng jamoasini boshqaradi.
Futbolchilik faoliyati Yuqori tezlikga ega boʻlgan qanot hujumchisi Seo „Nalssaendori“ laqabini oldi, bu koreyscha chaqqon odam degan maʼnoni anglatadi. U 1992-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan va Shvetsiya darvozasiga gol urgan. Xabar qilinishicha, unga Olimpiadadagi oʻyinlaridan soʻng "Barselona" va boshqa Yevropa klublari bilan shartnoma taklif qilishgan, ammo u ikki yillik majburiy harbiy xizmatni oʻtash uchun Janubiy Koreyada qolgan. U 1994-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham Janubiy Koreya terma jamoasida oʻynagan va Ispaniyaga qarshi oʻyinda (2:2) gol muallifiga aylangan.
Sangmu FCda xizmat qilgandan soʻng, Seo Yevropada oʻynashni orzu qilgan va sinovlarda qatnashish uchun Germaniya hamda Gollandiyaga joʻnab ketgan. 1997-yilning yozida u Portugaliyaning „Benfica“ klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan va ular uchun mavsumoldi toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. Biroq, Koreya futbol assotsiatsiyasi uning 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqish uchun xorijda ishlashini maʼqullamagan.
1998-yilning yanvarida Seo Fransiyaning Strasburg klubiga qo‘shilgan va Liga 1da o‘ynagan birinchi Janubiy Koreyalik futbolchiga aylangan. U oʻzining birinchi mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazgan, ammo keyingi mavsumda murabbiy almashgach u zaxira oʻrindigʻidan joy olgan. Yozda Soe 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida qatnashgan.
1999-yil fevral oyida u Janubiy Koreyaga qaytib, Suwon Samsung Bluewings jamosiga qoʻshilgan. U Suwon bilan birga 12 ta sovrinni, shu jumladan olti yil davomida ikkita klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati kubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u Avstriyaning "Zalsburg " va Avstriyaning "SV Ried " klublarida oʻynagan. Avstriya Bundesligasida oʻynab, Soe Kurier va ikki nashri tomonidan Avstriya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Murabbiylik faoliyati 2007-yilning iyul oyida Janubiy Koreya bosh murabbiyi Pim Verbeek isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Seo terma jamoaning boʻsh boʻlgan boshqaruv lavozimi uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan. 2009-yildan 2010-yilgacha u sobiq terma jamoadoshi va yaqin doʻsti Xong Myung-bo bilan Janubiy Koreyaning 20 va 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari murabbiylar shtabida birga ishlagan. 2010-yilda Seo Cho Kvang Rae boshchiligidagi katta jamoaning murabbiylar shtabiga qoʻshilgan. 2012-yildan Suwon Samsung Bluewings murabbiylar shtabining aʼzosi, 2013-yilda klub boshqaruvchisiga aylangan. Uning davrida „Bluewinglar“ 2014 va 2015-yilgi mavsumlarni ikkinchi oʻrinda yakunlagan va 2016-yilda Koreya FA kubogini qoʻlga kiritgan. FA kubogi finali diqqatga sazovor boʻldi, unda K ligasidagi eng yirik raqiblardan biri boʻlgan Suwon Samsung Bluewings va FC Seoul oʻynagan. Uchrashuvning qo‘shimcha bo‘limida „Seoul“ gol urib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisobni 3:3ga tenglashtirgan. Final penaltilar seriyasiga koʻra hal boʻlgan va Suwon Samsung Bluewings 10:9 hisobida gʻalaba qozongan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAnyang LG Cheetahs1992K Liga163—51—2141993K Liga92—20—1121994K Liga41—00—411995K Liga40—00—401996K Liga2760000—2761997K Liga6144118—2113Jami661344189—8826Sangmu FC1994Semipro Ligasi—1995Semipro Ligasi—Jami—Strasbourg1997—98Liga 11241000001341998—99Liga 1401110—61Jami164211000195Suwon Samsung Bluewings1999K Liga15712427112000K Liga222322542001K Liga25118033112002K Liga235943292003K Liga431000——43102004K Liga15110100—261Jami1433610421018646Austria Salzburg2004—05Avstriya Bundesligasi12210——132SV Ried2005—06Avstriya Bundesligasi28710——2972006—07Avstriya Bundesligasi27210—62344Jami55920—626311Karyerada jami2926410561196236990
Xalqaro +Seo Yung-won tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 18.09.1990 Pusan, Janubiy Koreya 1-0 1-0Oʻrtoqlik 223.09.1990 Pekin, Xitoy 4-0 7-0 1990-yil Osiyo oʻyinlari 3 7-0 427.09.1990 Pekin, Xitoy 1-0 2-0 1990-yil Osiyo oʻyinlari 5 2-0 628.04.1993 Ulsan, Janubiy Koreya 2-1 2-2Oʻrtoqlik 7 1993 yil 15 may Bayrut, Livan 2-0 3-0 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 819.06.1993 Seul, Janubiy Koreya 1-2 1-2 1993-yil Koreya kubogi 924.09.1993 Seul, Janubiy Koreya 1-1 1-1Oʻrtoqlik 1017.06.1994 Dallas, Amerika Qoʻshma Shtatlari 2-2 2-2 1994-yil FIFA Jahon chempionati 1115.10.1994 Xirosima, Yaponiya 1-0 1-2 1994-yil Osiyo oʻyinlari 1225.09.1996 Seul, Janubiy Koreya 1-1 3-1Oʻrtoqlik 1322.02.1997 Gonkong 1-0 2-0 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 1414.06.1997 Suvon, Janubiy Koreya 1-0 3-0 1997-yil Koreya kubogi 1516.06.1997 Seul, Janubiy KoreyaYugoslaviya 1-0 1-1 1997-yil Koreya kubogi 1628.09.1997 Tokio, Yaponiya 1-1 2-1 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlari
Futbolchi sifatida Anyang LG Cheetahs
Koreya Ligasi kubogi sohibi: 1992
Sangmu FC
Koreya yarim professional ligasi (bahor) : 1994
Suwon Samsung Bluewings
K League 1: 1999, 2004Lee, Seung-soo; Schöggl, Hans; Trevena, Mark (13 May 2020). „South Korea — List of Champions“. RSSSF. Retrieved 2 September 2020. Koreya FA Kubogi: 2002Lee, Seung-soo; Trevena, Mark (8 April 2020). „South Korea — List of Cup Winners“. RSSSF. Retrieved 2 September 2020. Koreya Liga Cup: 1999+, 2000, 2001 Koreya Super Kubogi: 1999, 2000 Osiyo Chempionlari Ligasi: 2000-01, 2001-02 AFC Super Kubogi: 2001, 2002
SV Ried
UEFA Intertoto kubogi : 2006
Janubiy Koreya
Osiyo oʻyinlari bronza medali: 1990 Dynasty Kubogi : 1990
Shaxsiy yutuqlari
K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 1999, 2001, 2002 Osiyo Superkubogining eng qimmat futbolchisi: 2001 Koreya FA kubogining eng qimmat futbolchisi: 2002 K ligasining 30 yilligi uchun eng yaxshi oʻyinchi : 2013
Murabbiy sifatida Suwon Samsung Bluewings
Koreya FA kubogi : 2016Lee, Seung-soo; Trevena, Mark (8 April 2020). „South Korea — List of Cup Winners“. RSSSF. Retrieved 2 September 2020.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar