Payk Seng-ho () (1997-yil 17-martda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Jeonbuk Hyundai Motors va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2005-yil may oyidan futbol akademiyasida futbol oʻynashni boshlagan Payk 11 yoshida birinchi marta oʻsmirlar jamoasida MVP mukofotiga sazovor boʻlgan. U 13 yoshida „Barselona“ yoshlar jamoasida oʻynagan.

Yoshlik yillari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/94/2012_2013_-_Seungho-Paik_-_Flickr_-_Castroquini-FCB.jpg/170px-2012_2013_-_Seungho-Paik_-_Flickr_-_Castroquini-FCB.jpg|left|thumb| Payk 2012-yil 2009-yilda Seul Daedong boshlangʻich maktabi aʼzosi sifatida u Elementary Weekend Ligasida 18 ta oʻyin oʻtkazgan va 30 ta gol urgan. Oʻshandan beri u 22- Cha Bum-keun futbol bosh mukofotini qoʻlga kiritib, ajoyib istiqbol sifatida eʼtiborni tortgan. Dekabr oyida u Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi 1- Koreya-Kataloniya kubogida Janubiy Koreyaning 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari terma jamoasi safida ishtirok etdi va ajoyib o‘yin ko‘rsatgani uchun katalon jamoasi tomindan shartnoma taklif qilingan. Biroq, u Suwondagi Samsung Bluewings yoshlar jamoasi Maetan oʻrta maktabi tomonidan allaqachon egallangan edi.

Payk Seng-ho 2010-yilning aprel oyida FC Barselonaning 13 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasi Infantil Aga o‘tishdan oldin Suvon Samsung Bluewings jamoasining U-15 yoshlar jamoasi Maetan Middle Schoolda 2010-yil martigacha o‘ynagan. 2011-yilning iyul oyida Payk FC Barcelona yoshlar jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Biroq 2013-yil fevralida FIFA 6 nafar futbolchini, jumladan Paykni ham FIFA qoidalarining 19-moddasini buzgani uchun „Barselona“ning yoshlar jamoasidan chetlatgan, bu esa Paykni 2016-yil yanvarigacha „Barselona“ning rasmiy o‘yinlarida ishtirok etma olmasligini koʻrsatgan. 2016-yil yanvar oyida intizomiy jazo qoʻllanilganidan soʻng, u FC Barcelona Juvenile A jamoasida oʻynagan va 21-fevral kuni ikkinchi boʻlimning 45-daqiqasida Levante UD bilan Segunda División B oʻyinida zahiradan maydonga tushib professional debyut qilgan.

Klubdagi faoliyati

Girona U 7 yil davomida „Barselona“da yosh futbolchi sifatida oʻynagan, ammo kattalar jamoasiga koʻtarila olmagan. 2017-yilning 21-iyulida u „Girona“ga o‘tgan va Segunda B divizionida o‘sha paytdagi „Girona“ning o‘rinbosarlari bo‘lgan „ Peralada“ jamoasida o‘ynagan. U 2019-yilning 10-yanvarida Ispaniya Kubogida ilk jamoadagi debyutini o‘tkazganPaik Seung-ho Debuts in Spainʼs Top-Tier League.

Darmshtadt 98 2019-yil 31-avgustda Payk Bundesliga 2 jamoasi Darmshtadt 98 bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. U „Darmshtadt“da bir yarim yil oʻynagan.

Jeonbuk Hyundai Motors Payk 2021-yil mart oyida o‘zining vatani Janubiy Koreyaga qaytib, Jeonbuk Hyundai Motors jamoasiga qo‘shilgan.

Xalqaro faoliyati U Janubiy Koreya terma jamoasidagi debyutini 2019-yil 11-iyun kuni Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda o‘tkazgan

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBarcelona B2015—2016Segunda Divizión B10———102016—2017Segunda Divizión B10———10Jami20———20Peralada2017—2018Segunda Divizión B341———3412018—2019Segunda Divizión B201———201Jami542———542Girona2018—2019La Liga3030—1070Darmstadt 982019—20202. Bundesliga28210——2922020—20212. Bundesliga13031——161Jami41241——453Jeonbuk Hyundai Motors2021K Liga 12541070—3342022K Liga 12923051—373Jami54640121—707Karyerada jami154101111211017812

Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2022-yil 15-yanvar Mardan sport majmuasi, Antaliya, Turkiya 3 — 0 5-1 Oʻrtoqlik 2. 2022-yil 21-yanvar Mardan sport majmuasi, Antaliya, Turkiya 2 — 0 4-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlari Jeonbuk Hyundai Motors

K liga 1 : 2021

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari