Li Kin Ho () (1985-yil 11-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, Daegu FC va Janubiy Koreya terma jamoasida oʻynaydi . 2007-yildan beri Janubiy Koreya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, hozirda u 84 oʻyinda 19 ta gol urgan. Lii 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati Bupyong oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, Li 2004-yilda mahalliy Incheon United jamoasiga qoʻshilgan. Li Incheonning zaxira jamoasida uch yil oʻynagan. Zaxira jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan R ligasida eng yaxshi o‘yinchi sovrinini qo‘lga kiritgach, K liga klubida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Daegu FC uni 2007-yil boshida oʻz safiga qoʻshib olgan.

Daegu FC murabbiyi Byun Byung-ju oʻz jamoasiga tezkor va oʻta agressiv „oʻq futbol“ taktikasini olib kelgan va shu taktikaga mos oʻyinchilar qidirgan. Oradan viroz vaqt oʻtib u Lini klubga olib kelgan. U 2007 va 2008-yilgi mavsum K Ligada Janubiy Koreya futbolchilari orasida eng yaxshi toʻpurarga aylangan.

Li 2008-yilning dekabrida Degu bilan shartnoma tugaganidan keyin Yevropaga ketmoqchi boʻlgan. Bir nechta Yevropa klublari unga qiziqish bildirishgan va Liga Premer-liganing „Blackburn Rovers“ klubidan sinov taklif qilingan. U 2009-yilning aprel oyida J1 League klubi Júbilo Ivata bilan toʻqqiz oylik shartnoma imzolagan. Li ikki oy davomida „Jubilo Ivata“da oʻynaganidan soʻng iyun oyida Liga 1ning „Pari Sen-Jermen“ klubiga oʻtishga harakat qilgan, lekin Parij bilan muzokara oʻtkaza olmagan. Nihoyat, u Xubilo Ivata bilan shartnomani 2010-yilning iyuligacha uzaytirgan.

Li Gamba Osakaga 2010-yil iyun oyida qoʻshilgan. 2011-yil J1 ligasida Gamba uchun 32 oʻyin oʻtkazib, 15 gol urgan.

2012-yilning 10-yanvarida u Janubiy Koreyaga qaytib, Ulsan hyundai bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Ulsanda bir yil davomida u oʻz jamoasini Osiyo Chempionlar Ligasi chempioniligi sari yetaklagan, Osiyoning eng yaxshi futbolchisi va Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati Li 2005-yilda Gollandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga tanlangan. Biroq zaxira o‘rindig‘ida qolgan. U 2006-yilda yozgi Olimpiada oʻyinlari tarkibiga kiritilgan va Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan jamoaning eng qimmat oʻyinchisiga aylangan. Li 2007-yilgi OFK Osiyo kubogi uchun tanlangan, shuningdek, 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga saralash bosqichida Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasidan chaqiruv olgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQtʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolIncheon United2004K Liga001000——102005K Liga001050——602006K Liga200010——30Jami202060——100Daegu FC2007K Liga2082072——29102008K Liga26113262——3515Jami461952134——6425Júbilo Iwata2009J1 Liga24121110——26132010J1 Liga1210041——162Jami36131151——4215Gamba Osaka2010J1 Liga2045100——2552011J1 Liga3215100072—4017Jami5219610072—6522Ulsan Hyundai2012K Liga33821—124214914Sangju Sangmu2013K Liga 2251520———27152014K Liga 118400———184Jami431920———4519El Jaish2014—2015Qatar Yulduzlar Ligasi182??—20??202Jeonbuk Hyundai Motors (Ijara)2015K Liga 1154——20—174Jeju United2016K Liga 135510———365Gangwon FC2017K Liga 137820———3982018K Liga 113000———130Jami50820———528Ulsan Hyundai2018K Liga 122451———2752019K Liga 118200—30—2122020K Liga 112030—80—230Jami52681—110—717Daegu FC (Ijara)2021K Liga 130351—71—425Daegu FC2022K Liga 126110—83—354Karyerada jami438107357245491021548130

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Janubiy Koreya 2007-yil 3 1 2008-yil 11 5 2009-yil 13 2 2010-yil 5 0 2011-yil 7 2 2012-yil 8 5 2013-yil 11 3 2014-yil 12 1 2015-yil 5 0 2017-yil 6 0 2018-yil 3 0 Karyerada jami 84 19

Yutuqlari Jubilo Ivata

J.Liga kubogi : 2010-yil

Ulsan Hyundai

Koreya FA kubogi sohibi: 2018-yil Osiyo Chempionlar Ligasi : 2012, 2020

Sangju Sangmu

K liga 2 : 2013-yil

Jeonbuk Hyundai Motors

K liga 1 : 2015-yil

Janubiy Koreya

Osiyo kubogi gʻolibi: 2015-yil EAFF chempionati : 2008, 2017

Shaxsiy yutuqlari

K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 2007, 2008, 2012, 2017 Osiyo Chempionlar Ligasining eng qimmat futbolchisi: 2012 OFKning eng yaxshi futbolchisi : 2012 K liga 2 eng qimmat oʻyinchisi : 2013 K Liga 2 eng yaxshi toʻpurar : 2013 K liga 2 eng yaxshi 11 oʻyinchisi : 2013 Koreya FA yilning eng yaxshi goli : 2014

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohiblari