Anastasiya Ivanovna Rodionova (; 1982-yil 12 -mayda tugʻilgan) — rossiyalik professional tennischi.
Rodionova WTA turnirida 11 ta juftlik, shuningdek, ITFda 8 ta yakkalik va 13 ta juftlik bahslarida gʻolib chiqdi. 2010-yil 16-avgustda u oʻzining faoliyatidagi eng yuqori yakkalik reytingida 62-oʻrinni egalladi. 2014-yil 8-sentyabrda u juftliklar reytingida 15-oʻrinni egalladi.
Uning faoliyatidagi eng katta yutuqlari juftlik bahslarida, 2003-yilda Wimbledon chempionatida finalga qadar yetib borgan va 2010-yilgi AQSh ochiq chempionatida ayollar oʻrtasidagi juftlik musobaqasida Cara Black bilan yarim finalga chiqqan boʻlgan.
Rodionova WTA tarixida 2007-yilgi Gʻarbiy va Janubiy ochiq chempionatida tomoshabinlarga qarata toʻp uloqtirganidan soʻng, turnirda ishtirok eta olmagan ikki oʻyinchidan biri.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ab/Anastassia_Rodionova.jpg/220px-Anastassia_Rodionova.jpg|thumb| Rodionova 2004-yilgi AQSh ochiq chempionatida|left Biografiyasi Rodionova 7 yoshida tennis oʻynashni boshlagan, ammo u tennis bilan ancha oldin tanishgan. Uning otasi Ivan havaskor oʻyinchi boʻlgan, shuning uchun Rodionovaning aravachasida oʻyinchoqlar oʻrniga tennis toʻplari bor edi. Otasi unga 18 yoshiga qadar unga murabbiylik qildi. U 2005-yildan beri Melburnda istiqomat qiladi. Uning singlisi Arina ham 2004-yildan buyon professional tennischi.
Tennisdagi faoliyati 2008-yil may oyida jarohatlar koʻp boʻldi, bu esa yilning qolgan qismini sezilarli darajada qiyinlashtirdi. Jarohat uni juftlik bahslarida unchalik cheklamadi va u Moskva ITF musobaqasida chorak finalga, Nyu-Xeyvenda yarim finalga, AQSh ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga va Guanchjouda yarim finalga chiqdi.
Shunday qilib, Rodionova 2003-yil Wimbledondan beri olgan jarohatini davolash uchun 2008-yil sentyabr oyida Melburnda operatsi qildirdi„Injured Rodionova on the mend for Open“.
WTA 125 turniri finali Natija Sana Turnir Maydon Hamkor Raqiblar Hisob Ikkinchi oʻrin egasi 2016-yil 14-mart San-Antonio ochiq ,Qoʻshma Shtatlar Qattiq Klaudiya Yans-IgnacikAnna-Lena GrönefeldNikol Melichar 1-6, 3-6
Faoliyat statistikasi Turnir20022003200420052006200720082009201020112012201320142015201620172018Australian OpenAAAAAAA2R1RQF1R1R2R1R1RAAFrench OpenAAAAA1RA2RA1R1R2R1RQFA1RAWimbledon1RF3RA1RA1R2R1R2R1R1RQF3R3R2R2RUS OpenAAAA2RA1RAA1RQF1R2RQF1RSFA
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Tennischi ayollar Turkum:Tennischilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar