Jonathan dos Santos Ramírez () — meksikalik futbolchi, Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi karyerasi

Barcelona va Barcelona B Jonathan dos Santos Luis Enrike tomonidan „Barcelona“ yoshlar jamoasiga qabul qilindganJonathan Dos Santos // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.. 2009-yil 5-sentyabrda Jonathan dos Santos „Barcelona B“ safida „Mallorca“ning o‘rinbosarlariga qarshi o‘yinda debyut qilgan . Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. Jonathan dos Santos 2009-yil 28-oktabrda Ispaniya kubogi doirasida „Cultural Leonesa“ jamoasiga qarshi safarda 80-daqiqada yarim himoyachi Seydu Keyta o‘rniga maydonga tushgan va kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Jonathan dos Santos Chempionlar Ligasidagi debyutini 2009-yil 24-noyabrda „Internazionale“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan va u 90+2-daqiqada Andres Iniestani almashtirgan. Jonathan dos Santos Ispaniya chempionatidagi debyutini 2010-yilning 2-yanvarida „Villarreal“ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etgan.

Villarreal jamoasi safida 2014-yilning yozida Jonathan dos Santos 2 million yevro evaziga „Villarreal“ jamoasiga ko‘chib o‘tgan va u yerda akasi Jovani bilan uchrashgan. Shartnoma besh yilga tuzilgan edi. 21-dekabr kuni „Deportivo de Coruña“ga qarshi oʻyinda u La Ligadagi ilk golini urdi.

2016-2-17-yilgi mavsumda u 34 ta oʻyinda qatnashib, ikkita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylanganJonathan dos Santos // Transfermarkt.com (mn.) — 2000..

Los Angeles Galaxy jamoasi safida 2017-yil 27-iyulda Jonathan dos Santos MLS dan „Los Angeles Galaxy“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda Jovani bilan yana birlashdi.

Milliy terma jamoa safida Jonathan dos Santos Meksika terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 30- oktyabrida Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 72-daqiqada Patrisio Arauxo oʻrniga maydonga tushdi. Meksikaliklar 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.

2019-yilning yozida u KONKAKAF Oltin Kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. Final uchrashuvida, 73-daqiqada u yagona gol kiritib, jamoasiga AQSh termasi ustidan gʻalaba keltirdi. U turnirning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

Xalqaro statistikasi Milliy terma jamoa Mavsum Oʻrtoqlik uchrashuvlari Turnirlar Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Meksika 2009-yil 1 0 0 0 1 0 2010-yil 4 0 0 0 4 0 2012-yil 1 0 0 0 1 0 2014-yil 2 0 0 0 2 0 2015-yil 4 0 6 0 10 0 2016-yil 0 0 1 0 1 0 2017-yil 4 0 9 0 13 0 2018-yil 5 0 1 0 6 0 2019-yil 3 2 5 1 8 3 2020-yil 2 0 0 0 2 0 Umumiy karyerasida 26 2 22 1 48 3

Yutuqlari Barcelona

Ispaniya chempionati: 2009-2010, 2010-2011, 2012-2013 Ispaniya kubogi: 2011-2012 Ispaniya Superkubogi: 2013-yil UEFA Chempionlar Ligasi: 2010-2011 UEFA Superkubogi: 2011-yil Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2009-yil, 2011-yil;

Shaxsiy yutuqlari KONKAKAF oltin kubogining ramziy jamoasi: 2019-yil MLS yulduzlari oʻyini: 2018-yil, 2019-yil

Manbalar

Havolalar

Villarreal official profile

Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:26-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:LA Galaxy futbolchilari Turkum:Club América futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Meksikalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar