John G. Tucker (, 1964-yil 29-sentyabrda tug‘ilgan) — Kanadalik, sobiq professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi bo‘lib, 1980—1990-yillarda Kanada Milliy xokkey ligasida o‘n ikki mavsum o‘ynagan. Faoliyati davomida Buffalo Sabers va Tampa Bay Lightning jamoalarida 177 ta gol urgan. Shuningdek, 656 marta doimiy mavsum oʻyinlarida 259 golli uzatma va 31 pley-off oʻyinida yana 28 ochko jamgʻargan. U yana bir necha mavsum Italiya va Yaponiyada ham oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati Tucker Buffalo jamaoasi tomonidan 1983 -yilgi NHLga draftida 31-oʻrinda jamoaga tanlangan va Kitchener Rangers jamoasiga qarshi kichik musobaqada oʻynagan. 1982-yilda jamoa Memorial kubogini qoʻlga kiritgan. Tucker 1983-yildan 1989-yilgacha Buffalo jamoasida oʻynagan. Uni 1990-yil 5-yanvarda Washington Capitals jamoasi sotib olgan. Keyingi mavsumda Tucker Italiya ligasining HC Asiago jamoasiga qoʻshildi va 36 oʻyinda 88 ochko toʻpladi. Shuningdek, u liganing eng yaxshi oʻyinchisiga beriladigan Trofeo Gazzetino mukofoti gʻolibiga aylandi.

1996—1997-yilgi mavsumda Tucker Italiyaga qaytib, Milano klubida oʻynagan. Keyingi uch mavsumda esa John Yaponiyaning Kokudo Keikaku jamoasi bilan oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati 2006-yildan 2010-yilgacha Tucker oʻzining Italiyadagi jamoasi HC Asiagoda maslahatchi va vaqtinchalik murabbiy boʻlib ishlagan. 2010-yilda Tucker jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan.

2014-yil 17-aprelda Tucker Ontario Junior Xokkey Ligasining Buffalo Junior Sabers Junior A jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Shaxsiy hayoti Tuckerning hozirgi kunda Florida shtatining Tampa va Italiyaning Asiago shaharlarida oʻz uyi bor.

Faoliyat statistikasi

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari

Doimiy mavsumPley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1981—1982Kitchener RangersOHL67163248321523521982—1983Kitchener RangersOHL70608014033115914101983—1984Kitchener RangersOHL394060100251212183081983—1984Buffalo SabresNHL21124164310101984—1985Buffalo SabresNHL6422274921515601985—1986Buffalo SabresNHL7531346539—————1986—1987Buffalo SabresNHL5417345121—————1987—1988Buffalo SabresNHL451919382067310181988—1989Buffalo SabresNHL6013314431303301989—1990Buffalo SabresNHL81232—————1989—1990Washington CapitalsNHL3891928101217801990—1991Buffalo SabresNHL181344—————1990—1991New York IslandersNHL203474—————1991—1992Asiago HCItaly-A181621376—————1992—1993Tampa Bay LightningNHL7817395669—————1993—1994Tampa Bay LightningNHL6617234028—————1994—1995Tampa Bay LightningNHL4612132514—————1995—1996Tampa Bay LightningNHL63371018200021996—1997HC MilanItaly-A3012294188—————1997—1998Kokudo KeikakuJPN3927477453—————1998—1999Kokudo KeikakuJPN2321204130—————1999—2000Kokudo KeikakuJPN241422360—————NHLdagi umumiy ochkolari yigʻindisi6561772594362853110182820

Murabbiylik faoliyati statistikasi MavsumJamoaLigaTuriGPNatija2011—2012Asiago HCItaly-ABosh murabbiy†2006—2007Asiago HCItaly-ABosh murabbiy‡2015—2016Buffalo Jr. SabresOJHLBosh murabbiy54Jamoa 1-oʻyinda magʻlub boʻlgan2014—2015Buffalo Jr. SabresOJHLBosh murabbiy54Jamoa 1-oʻyinda magʻlub boʻlgan

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari