"Camping World" yoki "Camping World Stadium" () — AQShning Florida shtatidagi Orlando shahrida joylashgan koʻp funksiyali stadion.
2011-yildan 2013-yilgacha va 2015-yildan 2016-yilgacha u AQSh va Kanadadagi asosiy futbol ligasi boʻlgan MLSda oʻynagan „Orlando Siti“ professional futbol klubining uy stadioni boʻlgan.
Tarixi Stadion 1936-yilda Buyuk Depressiyadan chiqish uchun iqtisodiy rivojlanish loyihalari davrida qurilgan. Dastlab u 8900 tomoshabinni sigʻdirar edi va „Orlando Stadium“ deb nomlangan. 1947-yilda stadion sigʻimi 10 000 tomoshabinga koʻtarildi va u „Tangerine Bowl“ deb oʻzgartirildi. Bu vaqtga kelib, stadion allaqachon amerika futboli uchun mashhur arenaga aylangan edi.
1952-yilda navbatdagi taʼmirdan soʻng stadion sigʻimi 12 000 tomoshabinga, 1968-yilda esa 17 000 tomoshabinga koʻtarildi. Shu bilan birga, stadionda birinchi press-boks qurildi. 1974-1976-yillar oraligʻida stadion sezilarli darajada kengaytirildi va sigʻimi 50 000 ga koʻtarildi. „Orlando Stadium“ nomi ham stadionga qaytdi. 1983-yilda Florida sitrus boʻlimi stadionning homiysi boʻldi, shu sababli u „Florida Citrus Bowl“ deb oʻzgartirildi.
1989-yilda arenani yangi rekonstruksiya qilish uchun 30 million dollar sarflandi, xususan, tribunalarning uchinchi qavati qurilib, stadion sig‘imi 65438 tomoshabinga yetdi. 2014-yilda stadion yana bir rekonstruksiyadan oʻtkazildi, toʻliq modernizatsiya qilindi va „Orlando Citrus Bowl Stadium“ nomi bilan mashhur boʻldi. Modernizatsiyadan soʻng sigʻimi 61 348 tomoshabinga yetdi.
2016-yil 26-aprelda stadionning keyingi sakkiz yilga nom berish huquqi gʻildirakli uylar kompaniyasi Camping World tomonidan sotib olingani eʼlon qilindi va stadion Camping World Stadium deb o‘zgartirildi.
Muhim sport tadbirlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c1/Citrusbowlmiddle.JPG/250px-Citrusbowlmiddle.JPG|right|thumb|250x250px| 2005-yilda Camping World stadionida kollej jamoalari oʻrtasidagi amerikancha futbol oʻyini Qurilganidan buyon stadion Florida shtatidagi, ham kollej, ham professional futbol jamoalarning uy maydoni boʻlib kelgan.
Stadionda 1994 yilgi Jahon chempionatining F guruhi oʻyinlari va 1/8 final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Stadion, shuningdek, 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlarida erkaklar va ayollar futbol jamoalarining guruh oʻyinlari uchun joy boʻlgan.
Ommaviy madaniyatda 1998-yilda stadion Adam Sandler ishtirokidagi „Onasining bolasi“ filmini suratga olish uchun asosiy joylardan biri boʻlib xizmat qildi.
Manbalar
Havolalar
Stadionning rasmiy sayti
Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi futbol stadionlari