Vladislav Maksimovich Nuriyev (1996-yil 20-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional sobiq futbolchisi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faololiyati Vladislav „Bunyodkor“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilning yanvar oyida Bunyodkor klubidan „Obod“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Obod jamoasi tarkibida 2016-yilning 14-may kuni Superligada "Neftchi" klubiga qarshi oʻzining yagona uchrashuvini oʻtkazgan.

2016-yilning avgust oyida „Navbahor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Nuriyev klubdagi debyutini 2016-yilning 8-avgust kuni „Neftchi“ klubiga qarshi oʻtkazgan.

2017-yilgi mavsum avvalida Qirgʻizistonning „Alga“ klubiga oʻtgan. Vladislav 2018-yilgi mavsum yanvar oyida Hindistonning „Fateh Haydarobod“ klubiga oʻtgan va 3 ta oʻyinda ishtirok etgan.

2019-yilning yanvar oyida esa „Bunyodkor“ jamoasiga qaytgan. Debyut oʻyinini 2019-yilning 12-may kuni „Qoʻqon 1912“ klubiga qarshi oʻtkazgan. Bunyodkor jamoasi tarkibida asosan zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushgan.

Shuningdek, 2020-yildan 2021-yilgacha Maldiv orollarin Tayvanning v Hindistonning Club Valencia, KPK va ARA kabi klublarda oʻynagan.

2022-yilning iyun oyida u Belarusning „Belshina“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2022-yil 17-iyun kuni Premyer-ligada „Energetik-BGU“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan va 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Debyut golini 2022-yil 22-iyun kuni Belarus kubogida „Texnolog-BGUT“ darvozasiga kiritgan.

2022-yil 9-avgustda Xitoy taypeyining „AC Taipey“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil 1-aprelda jamoani tark etgan va faoliyatini yakunlagan.

Manbalar

Havolalar

Vladislav Nuriyev Transfermarkt saytida Vladislav Nuriyev Soccerway saytida

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:20-fevralda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Club Valencia (Maldiv orollari) futbolchilari Turkum:FC Belshina Bobruisk futbolchilari Turkum:Sunny Bank AC Taypey futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:CPC Corporation F.C. futbolchilari Turkum:Fateh Haydarobod AFC futbolchilari Turkum:ARA FC futbolchilari Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar