Baxtiyor Olimjonovich Sattarov (1986-yil 27-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, asosan yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. 2010-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2016-yilgi mavsumda „Sherdor“ klubida bosh murabbiylik qilgan.

Baxtiyor 2006—2007-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safida Oʻzbekiston oliy ligasida 13 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati Oliy maʼlumotli. 2005-yilda Toshkent shahar Respublika olimpiya zaxiralari kollejining murabbiy-oʻqituvchi (futbol) boʻlimini tamomlagan. 2010-yilda Samarqand davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

2010-yilgi mavsumda „Registon“ klubi bilan Samarqand viloyati chempioni boʻlgan. 2011-yilgi mavsumda klubda murabbiy va huquqshunos sifatida ishlagan. 2011-2012-yillarda Samarqand sport federatsiyasida murabbiylik lavozimida ishlagan.

2012-yilda „FK Sherdor“ jamoasini tashkil qilgan. Ikkinchi liga jamoalari oʻrtasida Samarqand viloyati chempioni boʻlgan va oʻsha yili „Sherdor“ futbol jamoasini Oʻzbekiston Birinchi ligasiga olib chiqgan. 2013-yil yanvar oyida Samarqandning „Dinamo“ PFK bosh direktori lavozimida ishlay boshlagan. 2013-yil 1-iyundan „Mash’al“ jamoasining futbol akademiyasida katta murabbiy lavozimida ish boshlagan. 2014-yildan boshlab Birinchi liganing „Mash’al-2“ jamoasida katta murabbiy, shuningdek, klub huquqshunosi lavozimlarida ish boshlagan. 2016-yil 2-oktyabrdan boshlab „Sherdor“ futbol klubida direktor va bosh murabbiy sifatida ish boshlagan. 2017-yil 15-maydan „Dinamo-plyus“ PFK qoshidagi „Dinamo“ futbol maktabi direktori lavozimida ishlgan. 2018-yil Birinchi ligada „Sherdor“ FK bosh murabbiyi sifatida ishlagan. 2021-yilda „Mash’al“ PFKda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy (FIT murabbiyi) lavozimida ishlagan.

Yutuqlar

Murabbiy sifatida Registon

Samarqand chempioni (1): 2010-yil

Sherdor

Samarqand chempioni (2): 2012, 2016 Samarqand kubogi sohibi (2) 2012, 2016 2012-yilgi „Umid nihollari“ chempioni. 2-liga oʻrtasida oʻtish oʻyinlarida 1-oʻrin. 2012 2-liga oʻrtasida oʻtish oʻyinlarida 2-oʻrin. 2013

Manbalar

Havolalar Baxtiyor Sattarov Footballfactsru saytida

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:27-aprelda tugʻilganlar Turkum:Jizzaxda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Registon klubi murabbiylari Turkum:Sherdor klubi bosh murabbiylari