Mads Albæk (; 1990-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, SønderjyskE klubi yarim himoyachisi. Albæk 21 yoshgacha boʻlgan Daniya terma jamoasida oʻynagan.

Yoshlikdagi faoliyati Roskilde shahrida tugʻilgan Albæk futbolchilik faoliyatini Zelandiyaning kichik klubi Gadstrup IFda boshlagan. 11 yoshida Herfølge Boldklubda oʻynashni boshladi. Herfølge yoshlar jamoasida oʻynayotgan paytlarida, Albæk Gollandiyaning SC Heerenveen klubida sinovdan oʻtgan. Mads isteʼdodini Daniya Superliga vakili Midtjyllandda koʻrsatdi.

Klublardagi faoliyati

FK Midtjylland Albæk oʻzining birinchi professional shartnomasini 2008-yil yanvar oyida imzoladi va doimiy ravishda asosiy jamoa tarkibida oʻynadiStortalent i FC Midtjylland til 2012‚ bold.dk, 18 January 2008. 2008-yilning yozida Albæk tizzasidagi jarohatlaridan aziyat chekdi va natijada operatsiya qilindiFCM-talent klar til comeback, bold.dk, 26 September 2008. 2009-yilning fevral oyida Esbjerg fBga qarshi oʻyinda debyut qildi va toʻliq 90 daqiqa oʻynadiAlbæk og Sabanovic debuterer‚ bold.dk, 28 February 2009. Albæk 2010-yilning mart oyida shartnomasini 2014-yilning yozigacha uzaytirdiAmbitiøse Albæk forlænger med FCM‚ bold.dk, 27 March 2010. Mads yosh boʻlishiga qaramay joriy mavsumda 28 ta oʻyin oʻtkazdi.

Mads Midtjylland tarkibida asosiy futbolchi sifatida oʻynaganAlbæk vil gerne sælges‚ bold.dk, 23 January 2013. Albæk 2012—2013-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildiKlubtopscorer årets spiller i FCM, bold.dk, 24 May 2013. Shartnoma tugashiga bir yil qolganida, 2013-yilning yozida klubni tark etdi.

Reims Albækning tanlovlarida bir nechta klublari bor edi, ammo 2013-yilning yozida Fransiyaning Stad de Reims jamoasiga oʻtishga qaror qildi.

Mads klubdagi debyutini 2013-yil 17-avgustda o‘tkazdi. 7-daqiqada gol urdi va jamoasi Lillga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Biroq, mavsumning qolgan qismida unchalik yaxshi oʻynay olmadi. Mads liganing 27 oʻyinida atigi ikkita gol urdi.

Albæk 2014-yil oktyabr oyida oshqozon jarohatidan aziyat chekdi, natijada dekabr oyida operatsiya oʻtkazildi va kasallik bir necha oy futbol oʻynashidan toʻsdiLigue 1-dansker skal opereres, bold.dk, 2 December 2014. 2015-yilning aprel oyida bu jarohatdan qaytdi.

IFK Göteborg 2015-yilning avgust oyida Albæk Shvetsiyaning IFK Göteborg jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladiOffcielt: Albæk til IFK Göteborg, bold.dk, 11 August 2015. Klubdagi birinchi oʻyinini 5 kundan keyin BK Hackenga qarshi oʻtkazdi.

Shvetsiya matbuotiga koʻra, IFK Göteborg 2017-yil yanvar oyida MLS klubi Toronto FKning Albæk boʻyicha taklifini rad etganMedie: IFK afviste millionbud på Albæk, bold.dk, 21 February 2017

Xalqaro faoliyati Albæk turli milliy yoshlar jamoalarida oʻynagan va Arla U17 yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan.

Yutuqlari SønderjyskE

Daniya kubogi : 2019—20

Manbalar

Havolalar

Milliy jamoa profili saytida Daniya Superligasining rasmiy statistikasi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar