Gʻayratjon Hasanov (1983-yil 12-yanvar, Yaypan, Oʻzbekiston SSR, Sovet IttifoqiProfile) — Sobiq oʻzbek futbolchisi va darvozaboni. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq aʼzosi.

Futbolchilik faoliyati Professional faoliyatini 2003-yilda Quvasoyning Sementchi tarkibida boshlagan. 2005-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2008-yil oxirigacha neftchilar safida toʻp surgan va shu vaqt ichida 65 ta oʻyinda maydonga tushgan, 2006-yilda chempionat kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 2009—2010-yillarda u „Xorazm“ safida toʻp surgan, ushbu klubda 32 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2011-yil davomida u „Andijon“ jamoasida oʻynagan. 2012—2013-yillarda Qarshining „Nasaf“ klubi futbolchisi boʻlgan. 2013-yilning yozidan boshlab u yana Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan. 2016-yildan Qoʻqon 1912 jamoasi safiga oʻtdi 2018-yil mavsum oldidan faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro oʻyinlar 2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan. 2007-yilgi Osiyo kubogida esa terma jamoaning zaxira darvozaboni boʻlgan. Hech qachon terma jamoa safida rasmiy oʻyinlarda maydonga tushmagan.

Yutuqlari Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2004, 2006

Manbalar

Havolalar

Profile

Gʻayratjon Hasanov Footballfacts saytida futbolchi profili Gʻayratjon Hasanov Soccerway saytida futbolchi profili Gʻayratjon Hasanov Transfermarkt saytida futbolchi profili

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar