2022-yil 16-sentyabr kuni () – Mahso Aminiy ismli 22 yoshli eronlik ayol vafot etgan. U Jina Aminiy () nomi bilan ham tanilgan, Eronning Tehron shahrida politsiya mahkamasida boʻlganida, politsiya zoʻravonligi sabab ogʻir tan jarohati olib, vafot etgani taxmin qilinmoqda.
Aminiy Eron Islom Respublikasi Huquq-tartibot qoʻmondonligining jamoat joylarda hijob o‘rash qoidalari bajarilishini nazorat qiluvchi „Hidoyat“ patruli uni hijobi islom me’yorlariga mos o‘ralmagani uchun hibsga olgan. Politsiya aytishicha, u toʻsatdan yurak yetishmovchiligi xuruji sabab yerga yiqilgan va ikki kun komada yotganidan keyin vafot etgan„Three killed in protests over Iranian woman Mahsa Amini’s death in custody“, Associated PressArrest by hijab police leaves woman comatose, Al Monitor, 2022. Guvohlarga koʻra, u kaltaklangan va boshi politsiya mashinasi yon tomoniga urilgan, bu uning tibbiy koʻrikdan oʻtganidan tashqariMahsa Amini’s medical scans show skull fractures caused by ʻsevere traumaʼ: Report, Alarabya News, 2022, miyaga qon quyilishi va insult tashxisini qoʻyishiga sabab boʻlgan.
Baʼzi axborot manbalariga koʻra, Eron Islom Respublikasida ayollarga nisbatan zoʻravonlik ramziga aylangan Aminiyning oʻlimiga dunyoning turli burchaklaridan koʻplab odamlar munosabat bildirganThe symbol of Iranian woman in The religious government of Iran, iran-tc.com, 2022Mahsa Amini is another victim of violence against women in Iran, Iran human rights, 2022Why death of 22-year-old Mahsa Amini has sparked protests in Iran, The Indian Express, 19 September 2022.
Oʻlim holatlari Eron gʻarbidagi Kurdiston viloyatining Saqqez (fors. سقز, курд. سەقز) shahridan oilasi bilan Tehronga borgan 22 yoshli Mahso (Jino) Aminiyni 13-sentyabrda Shahid Haqqoniy shossesiga kiraverishda rejim qoʻshinlari hibsga olgan. U akasi Kiyorash Aminiy bilan birga ketayotganida „Hidoyat“ patruli deb nomlangan va „Maʼnaviy xavfsizlik“ agentligi yonidan oʻtgan. Unga „yoʻriqnoma“ berish uchun tergov izolyatoriga olib ketilishi va bir soatdan keyin qoʻyib yuborilishi aytilgan. Buning oʻrniga u tez yordam mashinasida Kasra kasalxonasiga olib ketilgan.
Aminiy ikki kun davomida Tehrondagi Kasra kasalxonasida komada boʻlgan, bu esa Eronda keng miqyosda „Hidoyat“ patruliga va hijobga oid qonunga qarshi norozilik namoyishlariga sabab boʻldi. U 16-sentyabr kuni reanimatsiya boʻlimida vafot etgan.
Zoʻravonlik dalillari Aminiy davolangan klinika ma’muriyati Instagram’da u yotqizilganida miya oʻlimi qayd etilgani haqida bayonot berdi. Shundan keyin Instagram posti oʻchirib tashlangan.
Aminiyning akasi Kiyorash uning boshi va oyoqlarida koʻkargan joylar borligini koʻrgan. Aminiy bilan birga hibsga olingan ayollar aytishicha, u oʻzini hibsga olgan zobitlarning haqoratlariga qarshilik koʻrsatgani uchun ayovsiz kaltaklanganFather of Kurdish woman killed in Iran says daughter was beaten, Rudaw, 19 September 2022.
Bir qator shifokorlar Aminiyning quloqlardan qon ketganini, koʻzlari osti koʻkarganini va miyasidan jarohati olganini aytdiMahsa Amini’s medical scans show skull fractures caused by ʻsevere traumaʼ: Report, Alarabya News, 2022Iranian Medical Official Says Amini’s Death Caused By Head Injury, Rejects Official Version, Radio Free Europe/Radio Liberty, 2022. Bu, shuningdek, Mahso bosh suyagi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilganda tasdiqlangan, hakerlar topgan maʼlumotlarga koʻra, suyak sinishi, qon ketishi va miya shishi boʻlgan.
Noroziliklar
Koʻchalarda link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f3/Uprising_in_Tehran%2C_Keshavarz_Boulvard_September_2022_%283%29.jpg/220px-Uprising_in_Tehran%2C_Keshavarz_Boulvard_September_2022_%283%29.jpg|thumb| Tehronning Keshavarz bulvarida Mahsoning oʻldirilishiga qarshi xalq noroziligi Uning oʻlimidan soʻng bir qator norozilik namoyishlari, jumladan, tugʻilgan shahri Saqqezda ham boshlandi. Baʼzilar „Jin — Jiyan — Azadi: Ayollar — hayot — Ozodlik!“ va fors tilida „Diktatorga oʻlim!“ kabi kurd feministik shiorlarini aytib hayqirgan. Eron maxsus politsiya kuchlari namoyishlarni bostirdi. Namoyishlar Tehrondagi Kasra kasalxonasi oldida ham boʻlib oʻtdi, ayrim namoyishchilarni xavfsizlik kuchlari hibsga oldi, ularga qarshi qalampir qoʻshilgan gaz ham ishlatilgan.
Mahsoning oʻlimi munosabati bilan turli shaharlarda norozilik namoyishlari va yurishlar kundan-kunga avj oldi. Kurdiston voloyati markazi Sanandaj shahri koʻchalari qisman yopildi va xavfsizlik kuchlari qattiq kiyinish qoidalariga qarshi kechasi boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlari ortidan butun shahar boʻylab tarqalib ketdi.
19-sentyabrda Eronning Kurdiston viloyatida xavfsizlik kuchlari namoyishlar chogʻida oʻt ochishi oqibatida besh kishi halok boʻldi. Kurd inson huquqlarini himoya qolish tashkiloti maʼlumotiga koʻra, mamlakat boʻylab gʻazabni qoʻzgʻatgan voqeaning uchinchi kunida tartibsizliklar roʻy bera boshlagan. Hengaw inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining Twitter sahifasida aytilishicha, Aminiy tugʻilib oʻsgan Sakkez shahrida xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarata oʻt ochishi oqibatida ikki kishi halok boʻlgan. Taʼkidlanishicha, yana ikki kishi Divandarra shahrida xavfsizlik kuchlarining „toʻgʻridan-toʻgʻri otishmasi“dan oʻlgan, beshinchisi esa kurdlar mintaqasidagi Dehgolanda halok boʻlgan. Ommaviy namoyishlar Eronning turli shaharlarida, jumladan, Tehron, Rasht, Isfahon, Karaj, Mashhad, Sanandaj, Saqqez, Ilom va boshqa koʻplab hududlarda tarqaldi va Eron hukumatining maxsus politsiyasi noroziliklar namoyishchilarini ayab oʻtirmadi, oqibatda koʻpchilik yaralangan va qurbon boʻlgan, ayrim siyosiy faollar hibsga olinganʻI will never wear a headscarf againʼ: Outrage in Iran after woman dies in custody, France24, 19 September 2022Four killed in Iran during protests over death in custody — rights group, Reuters, 19 September 2022.
20-sentyabrda namoyishlar davom etdi hamda Tehron, Sari, Tabriz, Mashhad, Qum, Kermon, Hamadon, Sanandaj va Kish kabi turli shaharlarda va boshqa koʻplab hududlarda majburiy hijob va islomiy hukumat tutumlariga qarshi shiorlar bilan yurishlar oʻtkazildi. Sarida ayollar hijoblarini gulxanda yoqdi va namoyishchilarni qoʻllab-quvvatladi. Toronto, Istanbul, London va boshqa Yevropa va Amerika shaharlarida namoyishchilar yigʻilib, hukumatning Eronda ayollarga qarshi jinoyatlarini qoraladiProtests Erupt in Iranian Cities After Womanʼs Death in Custody, The Guardian. 20 September 2022. Hukumat namoyishlarda uch kishi halok boʻlganini tasdiqladiIran confirms first deaths in protests over Mahsa Amini’s death, Al Jazeera, 20 September 2022.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mahso Aminiyni Hidoyat patruli hibsga olgani va kaltaklashi va oʻldirilishi ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻldi. Bu vaqt ichida #MahsaAmini heshtegi forscha Twitter’da eng koʻp takrorlandi. Ushbu heshteglarning tvitlari va retvitlari soni 10 milliondan oshdi. Ayrim eronlik ayollar ijtimoiy tarmoqlarda norozilik sifatida sochlarini qirqib tashlagani tasvirlangan videolarni joylashtirdi.
Tekshiruv Prezident Ibrohim Raisiy ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiydan „hodisa sabablarini zudlik bilan va alohida eʼtibor bilan tekshirishni“ soʻradihttps://abcnews.go.com/International/wireStory/iranian-president-orders-probe-womans-death-custody-90017706.
Munosabat Mahsoning otasi Amjad Aminiy turli chet el ommaviy axborot vositalariga qizining fojiali oʻlimi haqida intervyu berdi va Eron hukumati rasmiylarining daʼvolariga javob qaytardiMahsa Amini; The second night of protests in Sanandaj and Raisi’s contact with Amini’s family, BBC News, 2022. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy u bilan telefon orqali suhbatda Mahsoning oʻlimidan afsusda ekanini bildirdi. Shuningdek, Kurdiston viloyati gubernatori shaxsan Amjad Aminiyning uyiga borib, qizining oʻlimi yuzasidan unga tasalli berdiIranʼs President Holds Phone Call With Family Of Hijab Victim, Iran International, 18 September 2022.
Xalqaro institutlar
Xalqaro Amnistiya tashkiloti shubhali oʻlim yuzasidan jinoiy tergov oʻtkazishni soʻradi. Ushbu tashkilotga koʻra, bu ish boʻyicha „barcha mas’ul amaldorlar va mansabdor shaxslar“ javobgarlikka tortilishi va „uning shubhali oʻlimiga sabab boʻlgan shart-sharoit, jumladan, tergov izolyatoridagi qiynoqlar va boshqa shafqatsiz munosabat jinoiy jihatdan tekshirilishi kerak“, degan xulosaga keldi Human Rights Watch tashkiloti Aminiyning oʻlimini shafqatsizlik deb atadi va „Eron hukumati majburiy hijob qonunini bekor qilishi, ayollarni mustaqillik va huquqlaridan mahrum qiluvchi boshqa qonunlarni bekor qilishi yoki oʻzgartirishi kerak“, deya ta’kidladi. Guruh hukumat amaldorlarining norozilik namoyishlariga qoʻshimcha kuch bilan javob qaytarganidan xavotirda ekanini bildirdi. Erondagi Inson Huquqlari Markazi Mahso Aminiyni Islom Respublikasining ayollarga qarshi urushining navbatdagi qurboni deb atadi va bunday oldini olish mumkin boʻlgan fojialarning yana sodir boʻlmasligi uchun Eronda ayollarga nisbatan zoʻravonlik butun dunyoda keskin qoralanishini soʻradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mahso Aminiyning qiynoqqa solinishi va oʻldirilishi mustaqil ravishda tekshirilishi shartligini eʼlon qildiMahsa Amini: UN calls for inquiry into Iranian womanʼs death, Al Jazeera, 20 September 2022Iran: UN calls for probe into death of Mahsa Amini in police custody, DW, 20 September 2022. Anonymous xalqaro faollar tarmogʻi norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Eron hukumati va davlatga tegishli bir qancha ommaviy axborot vositalari veb-saytlarini bloklaganini va namoyishlarni qoʻllab-quvvatlayotgani aks etgan videoni namoyishlar tasvirlari bilan birga tarqatganini iddao qildi.
Siyosatchilar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus maʼruzachisi Javaid Rahmon ham Eron Islom Respublikasining xatti-harakatidan afsusda ekanini bildirdi va „Bu voqea Eronda inson huquqlarining keng miqyosda buzilganidan dalolat beradi“, deya qoʻshimcha qildi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Mahso Aminiy oʻlimiga olib kelgan qiynoqlarni qoraladiFranceʼs Ministry of Foreign Affairs condemns the death of Mahsa Amini, Reuters, 2022. Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat kotibi Entoni Blinken Eron politsiyasi qoʻl ostidagi qotillikni qoraladi va Eron hukumatidan bunday harakatlarni toʻxtatishni talab qildiUS Officials React To Death Of Young Woman, Protests In Iran, 2022US demands accountability in death of Iranian woman after hijab arrest, Al Jazeera, 19 September 2022. Eronlik oyatulloh Bayat-Zanjoniy 17-sentabrda, „Hidoyat“ patruli „nafaqat noqonuniy va islomga qarshi, qolaversa, mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydigan tashkilotdir“, dedi. Mamlakat qonunlarining hech bir qismida bu hushyor kuchga hech qanday vazifa yoki mas’uliyat yuklanmagan deb, uni „qatagʻon va axloqsiz harakatlar“da aybladiSenior ayatollahs say Iranʼs morality police are 'illegal and un-Islamic' — Telegraph. Oyatulloh Muhaqqiq Damod esa alohida bayonotida shu fikrni takrorladi: „Ezgulikni rag‘batlantirish va yovuzlikning oldini olish uchun kuch qo‘llash fuqarolar erkinliklarini bo‘g‘ish uchun emas, hukmdorlar xatti-harakatlarini kuzatishga mo‘ljallangan, erkinliklarni bo‘g‘ish esa islom taʼlimotidan chekinishdir“. Gabriel Borik BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chogʻida Mahso Aminiyga hurmat bajo keltirdi va butun dunyo hukimatlarini hokimiyatni suiisteʼmol qilishni toʻxtatishga chaqirdiFrom the German Foreign Minister to the President of Chile; „Respect for womenʼs rights“ in the heart of reactions to Mehsa Amini’s death, euronews, 21 September 2022. Yevropa Ittifoqining bir qancha amaldorlari Mahso Aminiyning nohaq oʻlimini qoraladi. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha rahbari Josep Borrell uning oʻlimini „mutlaqo nomaqbul“ deb atadi. Uning matbuot kotibi Mahso Aminiy oʻlimi aybdorlari javobgarlikka tortilishi shartligi haqida bayonot berdiIran: Statement by the Spokesperson on the death of Mahsa Amini, Official website of European Union.
Boshqa fikrlar