Sayfulla Dovirovich Saydaliev – oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 8-fevraldan 1993-yil 9-dekabrgacha Toshkent viloyati hokimi.

Tarjimai holi 1934-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1976-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Yangiyoʻl tuman qoʻmitasi ikkinchi kotibi.

1981—1986-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Orjonikidze tuman qoʻmitasi birinchi kotibi.

1989—1990-yillarda Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi.

1990—1991-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi.

1992-yil 8-fevralda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida kengash raisi Saydaliyev Toshkent viloyati hokimi etib saylandi. Shu kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tegishli qarorni imzoladi.

1993-yil 9-dekabrda nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Manbalar

Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari Turkum:12-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar