Zou Zheng () (1988-yil 7-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoyning birinchi ligasi vakili Sichuan Jiuniu jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Zou Zheng futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Qingdao Jonun yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan. U 2002 va 2005-yillar orasida ota-onasi bilan Oklendga koʻchib oʻtgan. U Qingdao Jonunga qaytib kelgan va 2007-yilgi mavsumda asosiy jamoaga koʻtarilgan. Zou klubdagi debyutini 2007-yilning 4-noyabrida Shenzhen Xiangxuega qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan. Uning klub uchun birinchi golini 2008-yil 15-sentyabrda Dalian Shidega qarshi oʻyinda kiritgan.

2014-yil 24-dekabrda Zou Xitoy Superligasi vakili Guancgzhou Evergrandga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 9-martida Shijiazhuang Ever Brightga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazgan. Zou klub uchun birinchi golini 2015-yil 20-iyun kuni Shandong Luneng Taishanga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan. 2015-yil 21-sentabrda Zou o‘zining mavsumdagi ikkinchi golini Guangzhou R&Fga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan. Zou „Guancgzhou“ tarkibida oʻttizta oʻyinda maydonga tushgan va 2015-yilgi mavsum oxirida oʻzining birinchi Superliga va Osiyo Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan.

2015-yilning 17-dekabrida Zou 2015-yilgi FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida „Barselona“ga qarshi o‘yinda Luis Suares tomonidan qoʻpollik ishlatilib, chap oyog‘ining to‘pig‘i singan va to‘pig‘i bo‘g‘imidan chiqib ketgan. U 2015-yilning 18-dekabrida va 2016-yilning 4-yanvarida Yaponiyada ikki marta operatsiya qilingan. Zou jarohatidan tuzalib 2016-yil 15-oktabr kuni „Shijiazhuang Ever Bright“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. 2017-yilning 15-iyulida u „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda golga mualliflik qilgan. Zou 2017-yilgi mavsumdan soʻng „Tianjin Syuantszyan“ga oʻtishi mumkinligi haqida gap soʻzlar tarqlagan. Biroq, u oxir-oqibat „Guangzhou Evergrand“, „Tianjin Quanjian“ va „ Shangha Shenhua“ oʻrtasidagi bir qator kelishmovchiliklar tufayli klubda qolgan.

2019-yil 28-fevralda Zou yuqori diviziondagi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan va uch yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Zou Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 8-sentabr kuni JCh—2018 saralash bosqichi doirasida Maldiv orollariga qarshi o‘yinda (3:0) o‘tkazgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolQingdao Jonoon2007Xitoy Super Ligasi10 - - -102008222 - - -2222009250 - - -2502010282 - - -282201129400 - -294201223100 - -231201325210 - -2622014Xitoy Birinchi Ligasi17220 - -192Jami1701330000017313Guangzhou Evergrande2015Xitoy Super Ligasi182109020302201640100000502017151204000211201880200000100Jami4536013020663Guangzhou R&F2019Xitoy Super Ligasi9010 - -100Qingdao Huanghai (Ijara)2020Xitoy Super Ligasi11000 - -110Karyerada jami235161001302025316

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2015-yil 3 0 Jami 3 0

Yutuqlar

Klub Guangzhou Evergrand

Xitoy Superligasi : 2015, 2016, 2017 Osiyo Chempionlar Ligasi : 2015-yil Xitoy FA kubogi : 2016 Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar