Quvondiq Oʻktam oʻgʻli Roʻziyev (1994-yil 6-oktyabrda tugʻilgan), oʻzbekistonlik futbolchi, Namanganning „Navbahor“ klubida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Quvondiq faoliyatini Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi akademiyasida boshlagan. 2013-yilgi mavsumda ilk bor temiryoʻlchilarning Oliy ligada ishtirok etish uchun berilgan qaydnomasidan oʻrin olgan va debyutini 2014-yilgi mavsumda nishonlagan. 2015-yilgi mavsumda „Lokomotiv“ jamoasidagi raqobat tufayli „Qoʻqon 1912“ jamoasiga ijaraga berilgan. Qoʻqon jamoasida yuqori darajada oʻyin namoyish etib, mavsumning kashfiyot futbolchilaridan bir boʻlgan. 2015-yilgi mavsum yakunida „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga qaytgani. 2016-yilgi mavsumda Lokomotiv jamoasi tarkibida AFC Osiyo chempionlar ligasida debyut qilgan. 2017-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida yana Qoʻqon jamoasiga ijaraga berilgan.

Uch yarim mavsum davomida Qoʻqon jamoasining ishongan futbolchilaridan biriga aylangan Roʻziyev, 2021-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Navbahor jamoasida bir mavsum davomida toʻp surib 2022-yil mavsum oldidan Qoʻqon klubi safiga qaytgan. 2022-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasida toʻp surib jamoaning Oʻzbekiston Superligasida qolishiga yordam berolmagan va mavsum yakunida Yaypanning „Turon“ jamoasi safiga oʻtgan.

2023-yil yozgi transfer oynasida Oʻzbekiston Superligasi jamoasi Yaypanning „Turon“ jamoasidan Malayziyaning „Sri Pahang FC“ jamoasi futbolchisiga aylangan. 2024-yil yozgi transfer oynasida Malayziya jamoa bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng Oʻzbekistonga qaytgan va Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Roʻziyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2019-yilning 2-iyunida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) magʻlub boʻlgan.

Yutuqlar Lokomotiv Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2016 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2014, 2016

Neftchi Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025

Shaxsiy hayot Quvondiq uylangan va ikki nafar farzandi bor.

Manbalar

Havolalar

Quvondiq Roʻziyev Soccerway saytida Quvondiq Roʻziyev Transfermarkt.com saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Surxondaryo viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Sri Pahang FC futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari