Bredli Shon Smit () 1994-yil 9-aprelda Avstraliyada dunyoga kelgan. Avstraliyalik futbolchi, Amerikaning „DC Unated“ klubi va Avstraliya terma jamoasi himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati Smit Avstraliyada tugʻilgan, lekin 14 yoshida Angliyaga koʻchib oʻtgan. Mahalliy havaskorlar jamoasida oʻynab yurganida "Liverpool" skautlari eʼtiboriga tushib qolgan va jamoaga taklif qilingan. 2013-yilda Bred mavsum uchun klub tarkibiga kiritilgan. U Premer-ligadagi debyutini 29-dekabr kuni Londonning „Chelsiea“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2014-yilning yozida oʻyin amaliyoti uchun Smit „Svindon Town“ga qisqa muddatga ijaraga berildi. 9-avgust kuni u Angliya Birinchi ligasida „Skuntorp United“ga qarshi debyut qildi. Oktabr oyi oʻrtalarida „Liverpool“ Bredni qaytarib oldi.

Smit 2016-yilning yozida „Bornmut“ga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 3 million funt sterling boʻlgan. 27-noyabr kuni Londonning „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qildi. 2018-yilning 8-avgustida Smit MLSning „Sietl Saunders“ klubiga ijaraga berildi. U AQSH Oliy ligasida debyutini 12 avgust kuni „Dallas“ga qarshi oʻtkazdi. 2019-yil 31-iyulda „Saunders“ va „Bornmut“ uning ijarasini MLS-2019 mavsumi oxirigacha uzaytirishga kelishib oldilar. 10-noyabr kuni Smit MLS kubogi-2019 oʻyinida oʻynadi, unda „Sietl“ „Toronto“ni 3:1 hisobida magʻlub etdi va Amerika Ligasi chempioniga aylangan birinchi avstraliyalik boʻldi. 2020-yil 30-yanvarda Smit 2019/20-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun chempionat klubi „Kardiff City“ga ijaraga oʻtdi. U Uels klubidagi debyutini 21-iyun kuni „Lids United“ga qarshi oʻtkazdi. 25-iyun kuni uning ijarasi COVID-19 pandemiyasi tufayli uzaytirildi. Smit 5-avgust kuni shartnoma muddati tugashi sababli „Bornmut“ni tark etdi.

2011-yilda 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi tarkibida (ota-onasi tufayli oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan) Smit Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.

2014-yilda Bred Avstraliya futbol federatsiyasidan oʻz vatani uchun oʻynash taklifini oldi. Smit Avstraliya terma jamoasi safida 4-sentabr Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

Statistika

Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarAvstraliya milliy terma jamoasi2014302016100201750201930Jami210

Manbalar

Havolalar

Bradley Smith Houston Dynamo FC saytida Bradley Smith Angliya FA saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Swindon Town F.C. futbolchilari Turkum:AFC Bournemouth futbolchilari Turkum:Cardiff City F.C. futbolchilari Turkum:Seattle Sounders FC futbolchilari Turkum:D.C. United futbolchilari Turkum:Houston Dynamo FC futbolchilari Turkum:Houston Dynamo 2 futbolchilari Turkum:FC Cincinnati futbolchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar