Windows 8.1 - Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan Windows NT operatsion tizimining yangi versiyasidir. Operatsion tizim 2013-yil 17-oktabrda chakana sotuvda keng tarqalgan va oʻzidan oldingi versiyasi chakana sotuvga chiqarilganidan taxminan bir yil oʻtib, 2015-yil 29-iyulda Windows 10 ga oʻz oʻrnini boʻshatib bergan. Foydalanuvchilarga Windows 8.1 ni MSDN hamda Technetda yuklab olishlari mumkin. Windows kompaniyasi tomonidan Windows 8 va Windows RT operatsion tizimlarining sinov nusxalarini rasmiy doʻkonlar orqali bepul yangilash tavsiya etilgan. Windows Server 2012 R2 server versiyasi 2013-yil 18-oktabrda keng ommaga taqdim etilgan.
Kompaniya Windows 8.1 ishlab chiqarilganidan soʻng, Windows 8 foydalanuvchilari shikoyatlarini koʻrib chiqishga eʼtiborini qaratgan. Windows 8.1 foydalanuvchilarga quyidagi yangilanishlarni taqdim etgan: kengaytirilgan ishga tushirish ekrani, qoʻshimcha suratga olish koʻrinishlari, qoʻshimcha toʻplamli ilovalar, kuchliroq OneDrive (sobiq SkyDrive) integratsiyasi, Internet Explorer 11 (IE11), Bing tomonidan quvvatlanadigan yagona qidiruv tizimi, vazifalar panelidagi koʻrinadigan boshlash tugmachasini tiklash, shuningdek, bosh ekran oʻrniga tizimga kirishda foydalanuvchi ish stolini ochishning oldingi xatti-harakatlarini tiklash funksiyasi.
Windows 8.1, shuningdek, yuqori aniqlikdagi displeylar, 3D ishlab chiqarish, Wi-Fi Direct hamda Miracast signallari, shuningdek, ReFS fayl tizimi kabi oʻsha paytda paydo boʻlgan texnologiyalarni to'liq qoʻllab-quvvatlagan.
Ushbu versiya foydalanuvchilar tomonidan Windows 8 ga nisbatan ijobiy qabul qilingan. Tanqidchilar Windows 8 bilan solishtirganda ilovalar uchun kengaytirilgan funksionallikni, uning OneDrive integratsiyasini, foydalanuvchi interfeysi oʻzgartirishlarini va Windows 8 interfeysi bilan ishlash boʻyicha kengaytirilgan oʻquv qoʻllanmalarini yuqori baholashgan. Ushbu yangilanishlarga qaramay, Windows 8.1 hali ham Windows 8 ning barcha muammolarini (masalan, Metro uslubidagi ilovalar hamda ish stoli interfeysi oʻrtasida yomon integratsiya) va onlayn xizmatlardan keng foydalanishning maxfiylik potensialini hal qilolmagani uchun tanqid qilingan.
Windows 8.1 uchun rasmiy asosiy qoʻllab-quvvatlash 2018-yil 9-yanvarda, kengaytirilgan qoʻllab-quvvatlash esa 2023-yil 10-yanvarda tugaydi. Server ekvivalenti Windows Server 2012 R2 ni esa, 2018-yil 9-oktabrda qo'llab-quvvatlash toʻxtatilgan. Operatsion tizimni to'liq qoʻllab-quvvatlash 2023-yil 10-oktyabrda tugaydi.
2022-yil iyul holatiga koʻra, Windows bilan doimiy ishlaydigan oddiy foydalanuvchilar kompyuterlarning 2,83%i Windows 8.1 operatsion tizimida ishlayotganini koʻrsatdi. Windows 8.1 ni Windows 11 undan oʻzib ketganidan beri eng ommabop operatsion tizimlar ichida 4-oʻrinni egallaydi.
Tarixi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/49/Moscone_Center%2C_San_Francisco_%282013%29.JPG/220px-Moscone_Center%2C_San_Francisco_%282013%29.JPG|right|thumb| Windows 8.1 San Franciscodagi Moscone markazida boʻlib oʻtgan Build 2013 koʻrgazmasida taqdim etilmoqda. 2013-yil fevral oyida ZDNet yozuvchisi Mary Jo Foley bir nechta Microsoft mahsulotlari va xizmatlarini, jumladan Windows 8, Windows Phone 8, Outlook.com hamda SkyDrive boʻylab rejalashtirilgan yangilanishlar toʻlqinining kod nomi „Blue“ haqidagi potensial mish-mishlarni oshkor qilgan. Xususan, hisobotda Microsoft korporatsiyasi bozor talablarini qondirish uchun yillik doimiy ravishda chiqariladigan asosiy dasturiy taʼminot platformalariga katta oʻzgartirishlar kiritilishini koʻrsatadigan yanada „uzluksiz“ ishlab chiqish modeliga oʻtishni rejalashtirayotgani haqida batafsil bayon etilgan. Hisobotlarning ishonchliligini isbotlash uchun, Microsoft xodimi Foley oʻzining LinkedIn profilida „Windows Blue“ bilan ishlash tajribasini hamda Windows 8 operatsion tizimini alohida sifatlarini sanab oʻtganini taʼkidlagan.
2013-yil mart oyida Windows 8 ning RTMdan keyingi tuzilishi, 9364-versiyasi bilan toʻldirilgan edi. Windows Blue deb hisoblangan tuzilish Windows 8 interfeysida bir qator yaxshilanishlarni ochib bergan. Ular quyidagilar: plitkalar uchun qoʻshimcha oʻlcham opsiyalari, bosh ekrandagi kengaytirilgan rang opsiyalari hamda kengaytirilgan kompyuter sozlamalari opsiyalari, ilovalar ish stoli va boshqaruv panelining yarmiga yopishib olish qobiliyati, Share jozibasidan skrinshot olish imkoniyati, qoʻshimcha fond ilovalariga, SkyDrive integratsiyasini oshirish (masalan, qurilmaning avtomatik zahira nusxalarini yaratish) va Internet Explorer 11 ning oʻziga xosligi. Oradan koʻp oʻtmay, 2013-yil 26-mart kuni korporativ aloqalar boʻyicha korporatsiya vitse-prezidenti Frank X. Shaw Project Blue'ni rasman tan olgan hamda uzluksiz rivojlanish Microsoftda „Yangi norma“ boʻlishini eʼlon qilgan.
May oyining boshida Financial Times va The Economist jurnallarida eʼlon qilingan xabarlarda Windows 8 nisbatan New Coke'ga nisbatan salbiy taqqoslangan. Keyinchalik bu mavzu kompyuter matbuotida aks-sado va muhokamaga sabab boʻlgan. Shaw bu tanqidni „Ekstremal“ deb rad etgan. U Diet Coke bilan taqqoslashni koʻproq toʻgʻri deb bilganini izohlarda yozib o'tgan.
2013-yil 14-may kuni Microsoft kompaniyasi Blue Windows 8.1 sifatida rasman taqdim etilganini eʼlon qilgan. Ushbu versiyani asosiy taqdimotidan soʻng, Windows 8.1ning ommaviy beta-versiyasi 2013-yil 26-iyunda Build nomi bilan qayta sotuvga chiqarilgan. Windows 8.1ning Build 9600 versiyasi 2013-yil 27-avgustda OEM apparat hamkorlari uchun taqdim etilgan va 2013-yil 17-oktabrda umumiy foydalanishga topshirilgan. Matbuot kotibining taʼkidlashicha OEMlar bilan ishlashga ruxsat berish Microsoftga „Umumiy mavjud boʻlganda sifatli tajribani taʼminlashga yordam beradi". Microsoft Windows 8.1 2013-yil 17-oktabrda keng ommaga chiqarilishi eʼlon qilingan. Biroq, tanqiddan soʻng, Microsoft oʻz qarorini bekor qilgan holda 2013-yil 9-sentyabrda MSDN va TechNetda RTM tuzilishini taqdim etgan. Microsoft Windows 8.1 Windows Server 2012 R2 bilan birga 2013-yil 27-avgustda taqdim etilishi eʼlon qilgan. Windows 8.1 versiyasi chiqarilishidan oldin Microsoft 2013-yil sentabr oyi oxirida „Windows hamma joyda“ shiori ostida oʻzgarishlarga eʼtibor qaratgan yangi televizion reklama rolikini taqdim etgan.
Chiqarilganidan koʻp oʻtmay, Windows RT 8.1 oʻrnatish vaqtida baʼzi foydalanuvchilar operatsion tizimning yuklash konfiguratsiyasi maʼlumotlarini buzgan katta xatoga duch kelgani va dasturni ishga tushirishda bir qancha muammolar mavjudligi haqidagi xabarlardan soʻng, Microsoft tomonidan vaqtincha dastur yangilanishlari bekor qilingan. 2013-yil 21-oktabrda Microsoft xatolik original Surface plansheti bilan cheklanganligini va 1000 ta oʻrnatishdan 1 tasigagina taʼsir qilganini tasdiqlagan. Kompaniya qurilmani taʼmirlash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan tiklash vositalari va koʻrsatmalarini taqdim etgan. Ertasi kuni Windows RT 8.1ga kirish qayta tiklangan.
Shuningdek, Windows 8.1da ekran piksellar sonini boshqarishga kiritilgan oʻzgarishlar DirectInput APIdan foydalanmaydigan baʼzi videooʻyinlarda sichqoncha ishlashining sekinlashganiga olib kelgani aniqlangan. Deus Ex: Human Revolution, Hitman: Absolution va Metro 2033 oʻyin dasturlari shular jumlasidandir. Foydalanuvchilar, shuningdek, yuqori piksellar soniga yoki ovoz chiqarishga ega oʻyin sichqonlaridan foydalanishda muammolar yanada koʻproq ekanligini alohida ta'kidlashgan. Microsoft 2013-yil noyabr oyida ayrim oʻyinlardagi xatoni tuzatish uchun qoʻshimcha dastur ishlab chiqargan va bunga „Kechikish vaqti past boʻlgan oʻzaro taʼsirlar uchun sichqonchani kiritish jarayonidagi oʻzgarishlar“ sabab boʻlganini tan olgan.
Yangilanishlar 2014-yil 8-aprelda Microsoft Windows 8.1 yangilanishini chiqargan. Dastur barcha oldingi yangilanishlar va yangi xususiyatlarni oʻz ichiga olgan. U Microsoft vitse-prezidenti Joe Belfiore tomonidan 2014-yil 23-fevralda Mobil Jahon Kongressida taqdim etilgan va toʻliq maʼlumot Microsoftning 2-apreldagi Build konferensiyasida eʼlon qilingan. Belfiore taʼkidlashicha, yangilanish Windows uchun minimal tizim talablarini pasaytirgan. Shuning uchun dasturni faqatgina bitta qurilmaga oʻrnatish mumkin boʻlgan. Dasturni oʻrnatish uchun qurilmaga quyidagi talablar qoʻyilgan: 1 GB operativ xotira va 16 GB umumiy xotira. Windows 8.1ning oʻzidan farqli oʻlaroq, ushbu tezkor yangilanish Windows Update orqali tarqatilgan.
2014-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan Build konferensiyasida Microsoft kompaniyasidan Terry Myerson Windows 8.1 uchun foydalanuvchi interfeysiga qoʻshimcha oʻzgarishlar kiritilganligini, jumladan, ish stoli oynalarida Metro uslubidagi ilovalarni ishga tushirish imkoniyatini va foydalanuvchi „Ishga tushirish“ menyusi dizayni oʻrtasida murosani keltirib chiqaradigan tahrirni eʼlon qilgan. Myerson ushbu oʻzgarishlar kelajakda yangilanishda boʻlishini aytgan, ammo batafsil maʼlumot berib o'tmagan. Eski versiya bilan yangi versiya orasidagi asosiy farq shunda ediki, asosiy ekranni oldindan koʻrish eskizi bilan maslahatchi menyusi olib tashlangan edi.
Microsoft shuningdek, „Umumjahon Windows ilovalari“ deb nomlanuvchi konsepsiyani ham taqdim etgan. Unda Windows Runtime ilovasi umumiy kod bazasini ochiqlagan holda Windows Phone 8.1 va Xbox Onega koʻchirilishi mumkin boʻlgan. Garchi u Windows ilova ekotizimini Windows Phone ilovasi bilan toʻliq birlashtirmasa-da, ishlab chiquvchilarga har bir platformadagi oʻz ilovalari versiyalari oʻrtasida maʼlumotlarni sinxronlashtirish va ilovaning Windows, Windows Phone va Xbox One versiyalariga toʻliq kirish imkonini bergan. Microsoft dastlab yangilanishni oʻrnatmagan foydalanuvchilarga 2014-yil 13-maydan keyin boshqa yangilanishlarni yuklay olmasliklarini eʼlon qilgan. Windows 8.1 yangilanishini Windows Server Update Services (WSUS) orqali oʻrnatish imkoniyati, maʼlum server konfiguratsiyalarida WSUSdan bir butun sifatida foydalanish qobiliyatiga taʼsir qiluvchi xatolik aniqlangandan soʻng, koʻp oʻtmay oʻchirib qoʻyilgan. Microsoft kompaniyasi esa keyinchalik bu muammoni bartaraf etgan. Lekin foydalanuvchilar yangilanish oʻrnatilmasligi mumkinligi haqida xabar berishda davom etgan. Microsoftning muammoni tuzatishga urinishi samarasiz boʻlib chiqqan va kompaniya qoʻllab-quvvatlash muddatini 2014-yil 30-iyungacha uzaytirgan. 16-may kuni Microsoft yangilanishdagi BSOD muammosini hal qilish uchun qoʻshimcha yangilanishlarni chiqargan.
Dasturni taqdim etish Microsoft Windows 8.1ni Windows 8 uchun „Yangilanish“ sifatida sotgan. Microsoftning qoʻllab-quvvatlash hayotiy sikl siyosati, Windows 8.1ni Windowsning oldingi xizmat paketlariga oʻxshash tarzda bo'lib chiqqan. 2016-yil 12-yanvardan keyin qoʻllab-quvvatlash va Windows yangilanishlariga kirishni saqlab qolish uchun Windows 8.1ni yangilash talab etilgan.
Windows 8, Windows 8 Pro va Windows RTning chakana va OEM nusxalari Windows doʻkoni orqali bepul yangilanishi mumkin boʻlgan. Biroq, hajmli litsenziya mijozlari, TechNet yoki MSDN abonentlari va Windows 8 Enterprise foydalanuvchilari Windows 8.1 uchun mustaqil oʻrnatish muhitini sotib olishlari kerak boʻlgan. Buning uchun maxsus dastur litsenziya kaliti talab qilingan.
Windows doʻkoni orqali yangilash har bir kompyuterdan 2-3,6 GBgacha boʻlgan yangilash paketini yuklab olishni talab qilgan. Anʼanaviy Windows xizmat paketlaridan farqli oʻlaroq, bir marta yuklab olinadigan va kerak boʻlganda koʻp marta oʻrnatilishi mumkin boʻlgan mustaqil oʻrnatiladigan Windows 8.1 uchun maxsus dastur kaliti talab qilingan. 2014-yilning 1-iyulida Windows doʻkonini yangilash usuli orqali foydalanuvchilar duch kelishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarni eʼtirof etib, Microsoft Windows 8.1 uchun avtomatik yuklab olish jarayonini bosqichma-bosqich boshlagan.