Farer orollari Premier-ligasi (shuningdek, homiylik sabab Betri Deildin kvinnur nomi bilan ham tanilgan) Farer orollarining ayollar futboli ligasining eng yuqori darajasi hisoblanadi. Farer orollari Premier-ligasi 2018-yilgacha 1. deild kvinnur deb atalgan (oʻshanda Farer ayollar futbolidagi eng yuqori pogʻona birinchi marta homiy nomi bilan atalgan). Farer orollari Premier-ligasiga yangi homiylik nomi Betri Deildin kvinnur boʻldi va bu nom 2018-yildan 2022-yilgi mavsum oxirigacha besh yillik shartnoma asosida Farer orollari Premier-ligasining brend nomi boʻladi.

Farer orollari Premier-ligasi Farer orollari futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va birinchi marta 1985-yilda oʻtkazilgan. Farer orollari Premier-ligasi gʻolib jamoalari UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oladi.

Tarixi Farer orollari Premier-ligasi birinchi marta 1985-yilda oʻtkazilgan. Dastlabki yillarda va 1990-yillar davomida Farer orollari Premier-ligasida Torshavn shahri jamoalari ustunlik qilgan, HB jamoasi yetti marta va B36 jamoasi esa toʻrt marta gʻalaba qozongan.

KÍ jamoasining ustunlik davri KÍ jamosi 2000-yildan buyon Farer orollari Premier-ligasida ustunlik qilib, ketma-ket oʻn yetti marta gʻalaba qozondi. BU bilan jamoa ketma-ket chempion boʻlish boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi.

Ustunlik shu qadar katta ediki, 2005-yilda ketma-ket oltinchi mavsum ligada gʻalaba qozonganidan soʻng bergan intervyusida KÍ jamoasi yarim himoyachisi Malena Jozephsen shunday dedi: "Biz maydonga tushganimizda, oʻyinda gʻalaba qozonishimizni bilamiz, yagona savol bu: qanday hisob bilan yutamiz. Biz bu ligada oʻynab, yaxshilanmayapmi".

Yangi chempion va homiylik shartnomasi Ketma-ket toʻrt marta ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, EB/Streymur/Skala jamoasi 2017-yilda KÍ jamoasining 17 yillik gʻalabali seriyasini tugatdi va bu bilan UEFA ayollar chempionlar ligasida Farer orollari vakili boʻlgan ikkinchi klubga aylandi.

2018-yilgi mavsum uchun Farer orollari Premier-ligasi oʻzining birinchi homiylik shartnomasini qoʻlga kiritdi. FSF (Farer orollari futbol assotsiatsiyasi) bosh qarorgohida Torshavnda joylashgan sugʻurta kompaniyasi Betri Farer orollarida erkaklar va ayollar ligalariga homiylik qilishini eʼlon qildi„Betri og FSF gjørt stuðulsavtalu“ (in Faroese). FSF. 15 December 2017. Archived from the original on 22 December 2017. Retrieved 20 December 2017..

Formati 2020-yilda ligada oltita jamoa ishtirok etdi va jami 20 tur davomida oʻzaro toʻrt marta oʻynadi. Ikkinchi divizion mavjud, ammo ikki divizion oʻrtasida koʻtarilish va pastga tushish tizimi hozircha yoʻq.

Hozirgi jamoalar 2020-yilda Farer orollari Premier-ligasida 2018-yildagi kabi oltita jamoa kurash olib boradi (oʻtgan mavsumdagi beshta jamoadan bir jamoa koʻproq), chunki Runavikning NSÍ klubining ayollar jamoasi Farer orollari Premier-ligasiga qoʻshildi. Jamoa Joylashgan shahar Uy stadion B36 Torshavn Torshavn Gundadalur EB/Streymur/Skála Streymnes Við Margáir Havnar Bóltfelag Torshavn Gundadalur ÍF/Víkingur/B68 Norðragøta Sarpugerði Klaksvikar Ítróttarfelag Klaksvik Við Djupumirar NSÍ Runavik Við Løkin

Mavsumlar roʻyxati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/63/Kvinnuf%C3%B3tb%C3%B3ltur_2012_FC_Su%C3%B0uroy_-_Sk%C3%A1la.jpg/220px-Kvinnuf%C3%B3tb%C3%B3ltur_2012_FC_Su%C3%B0uroy_-_Sk%C3%A1la.jpg|thumb| FC Suðuroy vs. Skala jamoalari, 2012-yil may oyida. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b0/Faroese_Female_Soccer_2012_FC_Su%C3%B0uroy_vs_AB_Argir.jpg/220px-Faroese_Female_Soccer_2012_FC_Su%C3%B0uroy_vs_AB_Argir.jpg|thumb| FC Suðuroy vs. AB. jamoalari, 2012-yil aprel oyida link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/28/Faroese_Female_Football_Cup_2012_FC_Suduroy_vs_HB.jpg/220px-Faroese_Female_Football_Cup_2012_FC_Suduroy_vs_HB.jpg|thumb| FC Suðuroy vs. HB jamoalari, 2012-yil aprel oyida. Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Eng yaxshi toʻpurar (jamoasi) Gollar soni1985 B36 HBaniqlanmagan1986 HB GÍ1987 B36 (2) HB1988 HB (2) B361989 HB (3) ÍF Hildur Rasmussen (B36) 161990 Skála HB Malan Klakkstein (KÍ) 191991 ÍF KÍ Kristina Eyðbjørnsdóttir (ÍF) 181992 Skála (2) KÍ Malan Klakkstein (KÍ) 181993 HB (4) VB Helga Ellingsgaard (HB) 111994 HB (5) B36 Helga Ellingsgaard (HB) 151995 HB (6) B36 Sigrun Mikkelsen (HB) 301996 B36 (3) KÍ Signhild Petersen (Skála)Sigrun Mikkelsen (HB)Sonja Steinhólm (LÍF) 111997 KÍ HB Rannvá Andreasen (KÍ) 281998 B36 (4) HB Rannvá Andreasen (KÍ) 201999 HB (7) KÍ Eyðfríð Kristiansen (HB)Rakul Joensen (B36) 122000 KÍ (2) VB Halltóra Joensen (VB) 262001 KÍ (3) B36 Kristina Eyðbjørnsdóttir (HB) 172002 KÍ (4) B36 Rannvá Andreasen (KÍ) 362003 KÍ (5) B68 Rannvá Andreasen (KÍ) 462004 KÍ (6) B36 Rannvá Andreasen (KÍ) 302005 KÍ (7) B36 Malena Josephsen (KÍ) 272006 KÍ (8) GÍ Rannvá Andreasen (KÍ)Hanna Højgaard (GÍ) 282007 KÍ (9) B36 Malena Josephsen (KÍ) 172008 KÍ (10) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 272009 KÍ (11) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 282010 KÍ (12) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 272011 KÍ (13) AB Rannvá Andreasen (KÍ) 292012 KÍ (14) B36 Rannvá Andreasen (KÍ) 312013 KÍ (15) EB/Streymur/Skála Heidi Sevdal (HB) 292014 KÍ (16) EB/Streymur/Skála Rannvá Andreasen (KÍ)Heidi Sevdal (HB) 292015 KÍ (17) EB/Streymur/Skála Heidi Sevdal (HB)Maria Thomsen (KÍ) 222016 KÍ (18) EB/Streymur/Skála Milja Simonsen (HB) 252017 EB/Streymur/Skála KÍ Heidi Sevdal (EBS/Skála) 332018 EB/Streymur/Skála (2) HB Heidi Sevdal (HB) 232019 KÍ (19) HB Heidi Sevdal (HB) 252020 KÍ (20) NSÍ Evy á Lakjuni (KÍ) 172021 KÍ (21) NSÍ Heidi Sevdal (NSÍ) 33

Chempion jamoalar reytingi Klub Hoylashgan shahar Chempionlik Ikkinchi o‘rin KÍ Klaksvik 21 4 HB Torshavn 7 7 B36 Torshavn 4 10 EB/Streymur/Skála Skala/Streymnes 2 4 Skala Skala 2 0 ÍF Fuglafjordur 1 1 AB Argir 0 4 GÍ Norðragøta 0 2 VB Vágur 0 2 NSÍ Runavik 0 2 B68 Toftir 0 1 Qalin yozilgan klublar hozirda ham da oʻynashmoqda.

Kursivdagi klublar boshqa klub bilan qoʻshib yuborilgan yoki ayollar futbolida hozirda mavjud emas.

Manbalar

Havolalar UEFAdagi liga

Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari