Deysi CoriDeysi Cori Tello, 2010-yil Toʻliq ismi Deysi Estela Kori Tello Mamlakat Peru Tugʻilgan sanasi va joyi (1993-07-02) 1993-yil 2-iyul ( 29 yosh)Lima, Peru Unvoni Ayol grossmeyster Elo reytingi 2444 (2015-yil fevral) Deysi Estela Cori Tello (1993-yil 2-iyulda tugʻilgan) — perulik shaxmatchi, u ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega va ayollar oʻrtasida uch karra Amerika qitʼa chempioni. Oʻsmirlar darajasida u oʻz yoshidagi qizlar toifasida ikki karra jahon chempioni va olti karra Panamerika chempioni boʻlgan. Cori Peruning eng yuqori reytingli ayol shaxmatchisi boʻlib, 2004-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida oʻz mamlakati terma jamoasi safida oʻynab kelmoqda. U 2013 va 2015-yillarda FIDE Jahon kubogida, 2010, 2012, 2015 va 2017-yillardagi shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida ishtirok etib kelmoqda.

Faoliyati Deysi Cori Panamerika yoshlar shaxmat festivalida turli toifalarda oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlib, quyida ularning nomlari keltirilgan: 10 yoshgacha boʻlgan qizlar (2003)Pan American Youth Festival. FIDE5° Campeonato Panamericano u10 (girls). BrasilBase., 12 yoshgacha boʻlgan qizlar (2004)16° Campeonato Panamericano u12 (girls). BrasilBase., 14 yoshgacha boʻlgan qizlar (2007)19° Campeonato Panamericano u14 (girls). BrasilBase., 16 yoshgacha boʻlgan qizlar (2008)PANAMERICANO DE LA JUVENTUD DE AJEDREZ SUB 16 FEMENINO. chess-results.com va 18 yoshgacha boʻlgan qizlar (2011)20° Campeonato Panamericano u18 (girls). BrasilBase.. Shuningdek, 2008-yilda Cori 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Panamerika chempionatiCampeonato Juvenil Panamericano Sub20 femenino 2008. chess-results.com. va 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon maktab chempionatida gʻolib boʻlgan4th World Schools Chess Championships 2008 — Girls U15. chess-results.com..

2004-yilda, oʻn bir yoshida, Cori 36-shaxmat Olimpiadasida milliy ayollar jamoasida debyut qiladi. U zaxira taxtasida o‘ynaydi va 7 ta oʻyinda 5 ochko (to‘rtta g‘alaba, ikkita durang, bitta mag‘lubiyat) jamgʻaradi36th Chess Olympiad 2004 Women: Peru. chess-results.com.. U 2009-yil sentyabr oyida ayollar o‘rtasidagi Amerika qitʼa chempionatida Marta Fierro bilan bellashib, tay-brekda yutqazadi va ikkinchi o‘rinni egallaydiCONTINENTAL FEMENINO AMERICA 2009. chess-results.com.. 2009-yil noyabr oyida Cori 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida birinchi oʻrinni egallab, tay-breklarda esa kumush medalni qoʻlga kiritadi. O‘sha oyning oxirida u Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki o‘nta o‘yinning to‘qqiztasida g‘alaba qozonib, yana bir tur qolganda chempionlikni qo‘lga kiritadi. 2010-yil noyabr oyida Gretsiyaning Porto Karras shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 18 yoshgacha boʻlgan qizlar divizionida Cori ikkinchi oʻrinni egallaydi. Cori birinchi marta 2011-yil iyun oyida Amerika qitʼa ayollar chempionatida gʻolib chiqadiPanamerican Womenʼs Championship 2011 FIDE. 2011-yil avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻolib chiqdi va bu yutugʻi unga 2012-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etadi.

2013-yilning may oyida Cori akasi Xorxe Cori va argentinalik grossmeyster Diego Flores bilan Amerika qitʼa chempionatida uchinchi oʻrinni egallaydi va natijada shaxmat boʻyicha 2013 yilgi Jahon kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. 2014-yil dekabr oyida u 5-Lotin Amerika kubogida 7/9 hisobida g‘olib boʻlgan kubalik GM Lazaro Brusondan bir ochko ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egallaydiV Copa Latinoamericana. chess-results.com.. 2015-yil may oyida u 2.4 zonasi chempionatida uchinchi oʻrinni egallaydi va bu musobaqada eng yaxsh ikki oʻyinchiga 2015-yilgi shaxmat boʻyicha Jahon kubogi uchun yoʻllanma beriladi. Zonal 2.4da birinchi oʻrinni egallagan Corining akasi Xorxe yoʻllanmadan voz kechadi va Cori ikkinchi oʻrinni egallab yoʻllanmaga ega chiqadi. 2016-yil fevral oyida Cori oʻzining tugʻilgan shahri Lima shahrida oʻtkazilgan Amerika qitʼa ayollar chempionatida ikkinchi marta gʻolib chiqadi. 2017-yil sentyabr oyida u Argentinaning Villa Martelli shahrida uchinchi marta ushbu chempionlikni qoʻlga kiritadi.

Manbalar

Havolalar

(2002-2003)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Peru shaxmatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar