Moussa Sow (1986-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi, Turkiyaning „Ümraniyespor“ klubi hujumchisi. Fransiyada tugʻilgan boʻlsa-da, u xalqaro oʻyinlarda Senegal safida toʻp surgan va 50 oʻyinda 18 ta gol urgan. U oʻzining chalqancha zarbasi, shuningdek, gol ura olmaganida yoki jamoa magʻlub boʻlganida yigʻlash kabi hissiy reaksiyalari bilan mashhur edi.

Klublardagi faoliyati

Lille link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/de/Moussa_Sow_2011.jpg/220px-Moussa_Sow_2011.jpg|left|thumb| Sou „Lille“ tarkibida 24 yoshli hujumchi „Rennes“ bilan shartnomasi yakuniga yetganidan soʻng, 2010-yilning 28-iyunida „Lille“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Sow oʻzining sobiq jamoasi „Rennes“ mehmoni boʻlib, 1:1 hisobida „Lille“dagi debyutida gol urdi. Ammo Moussa Sow ligada 19-sentabr kuni 90-daqiqada urilgan golga qadar boshqa gol ura olmadi. „Auxerre“ga qarshi kechgan qiyin uy bahsida Sowning goli „Lille“ga uch ochkoni taqdim etdi.

Fenerbahçe link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2b/Moussa_Sow%2714.JPG/220px-Moussa_Sow%2714.JPG|right|thumb| Sow 2014-yilda „Fenerbahche“ safida 2012-yilning 27-yanvarida Fenerbahçe Sowni 10 million yevroga sotib oldi. U 2015-16-yilgi mavsum oxirigacha klubda qoldi va 4,5 yillik shartnoma imzoladi. Sow 2012-yilning 5-fevralida ligadagi raqibi „Beshiktosh“ga qarshi o‘yinda debyut qildi. 18-mart kuni u „Galatasaroy“ darvozasiga derbidagi birinchi golni urdi. U 2012-yil 12-aprelda Turkiya kubogi chorak finalida jamoasiga penaltilar seriyasida yarim finalga chiqishga yordam berdi va „Kayserispor“ga qarshi kechgan o‘yinda gol urdi.

Al Ahli 2015-yilning 29-avgustida „Al Ahli“ Sowni 16 million yevro evaziga sotib oldi.

"Fenerbahçe"ga ijara asosida qaytish 2016-yil 31-avgustda Sow Fenerbahçega qaytishni xohladi va Al Ahlidan bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida Fenerbahçega qaytdi. 2016-yilning noyabr oyida Fenerbahçe tarkibida oʻzining chalqancha zarbasi bilan bir necha bor urgan ajoyib gollari sharafiga Sowning nomi va raqami teskarisiga yozilgan koʻylaklarni sotishni boshladi, tarkibda u hatto xet-trik ham qayd etdi. 2016-yil 8-dekabrda Sow yana bir chalqancha zarbasini amalga oshirdi va UEFA Yevropa ligasida jamoasining „Feyenoord“ga qarshi safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishini taʼminladi.

Bursasporga ijaraga 2018-yilning yanvarida Sow 2017-18-yilgi mavsum oxirigacha „Al Ahli“dan „Bursaspor“ga ijara asosida oʻtdi.

Gazişehir Gaziantep 2019-yil 28-yanvarda Sow Gazişehir Gaziantep bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati 2010-yil 5-sentabrda Sow 2012-yil Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi o‘yinda (4:0) Senegal termasi safida o‘zining birinchi golini kiritdi. U saralash bosqichida yana uch bor, shuningdek, turnir finalida Ekvatorial Gvineyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda ham bitta gol urdi.

2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Sow jamoasi ochilish oʻyinida Ganani 2:1 hisobida magʻlub etdi, Sow Senegalning gʻalaba golini kiritdi.

2018-yilning may oyida u Senegalning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi.

U 2018-yilning avgustida terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub bilan +Klub safida mavsum va turnirlardagi oʻyin va gollariKlubMavsumLigaKubokYevropaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarRennes2004-05Ligue 1301000402005-06700020902006-0714011001512007-08200000202008-09329835145132009-102432200265Umumiy82121267110119Sedan (ijara)2007-08Ligue 23060000306Lille2010-11Ligue 13625708151262011-1218611632510Umumiy5431811447636Fenerbahçe2011-12Süper Lig12721001482012-1331157116354192013-143015104135162014-153314720040162015-1621003051Umumiy1085217423414860Al-Ahli2015-16UAE Pro League241363003016Fenerbahçe (ijara)2016-17Süper Lig241251723615Shabab Al-Ahli Club2017-18UAE Pro League81000081Bursaspor (ijara)2017-18Süper Lig1141000124Gazişehir Gaziantep2018-19Süper Lig1540000154Umumiy35613449155111456160

Terma jamoa safida +Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollarMilliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Senegal 2009-yil 3 0 2010-yil 5 2 2011-yil 5 3 2012-yil 4 1 2013-yil 6 2 2014-yil 5 1 2015-yil 3 1 2016-yil 1 1 2017-yil 10 5 2018-yil 2 0 Jami 44 16

Yutuqlari

Klub

1-liga: 2010-11 Fransiya kubogi: 2010-11

Fenerbahce

Superliga: 2013-14 Turkiya Kubogi: 2011-12, 2012-13 Super Kubok: 2014-yil

Al-Ahli Dubay

BAA Pro-ligasi: 2015-16

Terma jamoa bilan Fransiya U19

19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati: 2005-yil

Shaxsiy sovrinlari

Yilning CAF ramziy jamoasi aʼzosi: 2011 Liga 1ning eng yaxshi toʻpurari: 2010-11 Liga 1 mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2010-11

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar