Laziz Kudratov – Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.

Bolaligi 1981-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

Faoliyati U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.

Laziz Kudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi raisining Birinchi oʻrinbosari etib saylandi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. 2019-yilning yanvarida qoʻmita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir oʻrinbosari lavozimida ishlashni boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Kudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi. Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Kudratov konferensiyada nutq soʻzladi.

2022-yilning 2-avgust kunida Laziz Kudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi. U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.

Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar