Koʻkrak saratoni — bu sut bezlari toʻqimalarida vujudga keladigan oʻsimta. Kasallik belgilari: sut bezlari hajmi, shakli yoki tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar, terining oʻzgarishi. Koʻkrak atrofidagi toʻqimalardan farq qiladigan zich hosila paydo boʻlishi, koʻkrak yoki uning bir qismining qizarishi, yoxud koʻkrakdan keladigan suyuqlikning oʻzgarishi. Kasallik ildiz otib,chuqurlashganda esa, suyak ogʻrigʻi shishgan limfa tugunlari, nafas qisilishi yoki sargʻish teri (koʻkrak yoki butun tananing sargʻayishi) belgilari kuzatilishi mumkin.
Koʻkrak bezi saratoni rivojlanishi uchun xavf omillari orasida semizlik, jismoniy faollikning yetishmasligi, alkogolizm, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi, ionlashtiruvchi nurlanish, birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi, yo kechikishi, yo umuman boʻlmasligi, naslida shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning boʻlishi, taxminan 5-10% hollarda odamning ota-onasidan meros boʻlib oʻtgan genetik moyillik natijasidir, jumladan, BRCA1 va BRCA2 genlarida mutatsiyalar mavjudligi bu kasallikning xavf omili hisoblanadi. Koʻkrak saratoni koʻpincha sut yoʻllarining shilliq qavati hujayralarida va bu kanallarni sut bilan taʻminlaydigan lobullarda boshlanadi. Kanallarda rivojlanayotgan saratonlar duktal karsinomalar, lobullarda rivojlanayotganlar esa lobulyar karsinomalar deb nomlanadi. Shuningdek, koʻkrak bezi saratonining yana 18 dan ortiq boshqa kichik turlari mavjud. Masalan, in situ duktal karsinoma, preinvaziv lezyonlarda rivojlanadi. Koʻkrak bezi saratoni tashxisi tegishli toʻqimalardan biopsiya olish bilan tasdiqlanadi. Tashxis qoʻyilgach, saraton koʻkrakdan tashqariga tarqaldimi yoki yoʻqligini aniqlash uchun qoʻshimcha testlar oʻtkaziladi va qaysi davolash usullari samaraliroq boʻlishi aniqlanadi.
Tamoksifen yoki raloksifen preparatlari kasallik rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlarda koʻkrak bezi saratonining oldini olish uchun ishlatilishi mumkin. Ikkala koʻkrakni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash baʻzi yuqori xavfli holatlarda ayollarda yana bir profilaktika chorasidir. Saraton kasalligi tashxisi qoʻyilgan bemorlarda jarrohlik, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya, gormonal terapiya va maqsadli terapiya kabi bir qator davolash usullari qoʻllanishi mumkin. Jarrohlik turlari koʻkrakni saqlash operatsiyasi, vamastektomiyani oʻz ichiga oladi. Koʻkrakni qayta tiklash operatsiya vaqtida yoki keyinroq ham amalga oshirilishi mumkin. Saraton tananing boshqa qismlariga tarqalib ketgan odamlarda davolanish asosan bemor hayotini yaxshilashga va kasallikni yengillashtirishga qaratilgan boʻladi. Chunki kasallik ildiz otgan tanada sogʻayish darajasi past boʻladi.
Koʻkrak bezi saratoni kasallikning darajasiga va odamning yoshiga qarab farq qiladi. Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarda besh yillik omon qolish(kasallik aniqlangandan soʻng besh yil yashash) darajasi 80 dan 90% gacha koʻtarildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasi esa juda past. Koʻkrak bezi saratoni ayollarda saratonning yetakchi turi hisoblanib, dunyo boʻylab kasallangan ayollarning 25% ni aynan koʻkrak bezi saratoni bilan oʻgrigan ayollar tashkil qiladi. 2018-yilda bu kasallik 2 million ayolda aniqlangan va 627 000 oʻlimga sabab boʻlgan.
Belgilari va simptomlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/94/Breast_cancer.jpg/220px-Breast_cancer.jpg|thumb| Koʻkrak bezi saratoni. O’sma teriga o’sib kirganligi bois ko’rkak uchining ichkariga tortilib qolishi kuzatilgan holat. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c1/En_Breast_cancer_illustrations.png/220px-En_Breast_cancer_illustrations.png|thumb| Koʻkrak bezi saratonining dastlabki belgilari: koʻkrakning shishi, pasayishi, koʻkrak va uning atrofidagi teri rangining oʻzgarishi, koʻkrak uchining tortilib qolishi, koʻkrak uchidan rangsiz suyuqlik yoki qon oqishi. Koʻkrak bezi saratoni ko’pincha bo’lak hujayralar (sut ishlab chiqaradigan bezlar) yoki kanallarida (bo’laklarda hosil bo’lgan sut ko’krak uchiga keladigan yo’llar)da boshlanadi. Kasallika chalinganlarning 80% dan yuqorisi barmoq uchlari bilan bunday boʻlakni aniqlay oladi. Biroq, koʻkrak saratoni eng erta aniqlash mamogramma orqali amalga oshiriladi Shuningdek, qoʻltiq ostidagi limfa tugunlarida paydo boʻlgan boʻlaklar,ham koʻkrak bezi saratonining belgisi boʻlishi mumkin. Koʻkrak bezi saratonining belgilari boshqa koʻkrak toʻqimalaridan farqli ravishda qalinlashishi, bir koʻkrakning kattalashishi yoki pastroq boʻlishi, koʻkrak shaklini oʻzgarishi, koʻkrak uchining ichkariga tortilishi, terining burishishi, koʻkrak ustida yoki atrofida toshmalar boʻlishi, koʻkrak yoki qoʻltiqning bir qismida doimiy ogʻriq va shish kuzatilishi mumkin. Bunday ogʻriqlar ("mastodiniya") koʻkrak bezi saratoni mavjudligini yoki yoʻqligini aniqlashda ishonchsiz vositadir, ammo koʻkrak sogʻligʻi bilan bogʻliq boshqa muammolarni koʻrsatishi mumkin.Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni kamdan-kam uchraydigan (faqat koʻkrak bezi saratoni tashxisining 5% dan kamrogʻida kuzatiladi), ammo koʻkrakning yuqori qismida shishgan, qizarib ketgan joylar bilan tavsiflangan koʻkrak bezi saratonining xavfli turidir. Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni saraton hujayralari tomonidan limfa tomirlarining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Koʻkrak bezi saratonining bu turi koʻproq yosh ayollarda yoki semiz ayollarda uchraydi. Yalligʻlanishli koʻkrak saratoni shish shaklida boʻlmagani uchun baʻzida tashxis qoʻyishda kechikish boʻlishi mumkin.
Xatarli oʻsmalar metastatik oʻsmalarga olib kelishi mumkin - ikkilamchi oʻsmalar (birlamchi oʻsimtadan kelib chiqadi), ular kelib chiqish joyidan tashqariga tarqaladi. Koʻkrak bezi saratonining metastatik belgilari metastazning joylashishiga bogʻliq boʻladi. Metastazning umumiy joylari suyak, jigar, oʻpka va miyani oʻz ichiga oladi. Saraton bunday holatga yetganida, u saratonning 4-bosqichi sifatida tasniflanadi, bu bosqich saratoni koʻpincha oʻlimga olib keladi. Saraton 4-bosqichining umumiy alomatlariga sababsiz vazn yoʻqotish, suyak va boʻgʻimlardagi ogʻriqlar, sariqlik va nevrologik alomatlar kiradi. Ushbu belgilar oʻziga xos boʻlmagan belgilar deb ataladi, chunki ular saratondan boshqa koʻplab kasalliklarda ham namoyon boʻlishi mumkin. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/55/Brust_Computertomographie_mit_Kontrastmittel_Tumor.jpg/403px-Brust_Computertomographie_mit_Kontrastmittel_Tumor.jpg|alt=Tumor in the breast visualized by Breast-CT|thumb|403x403px| Koʻkrak-kompyutertomografiyasi (Koʻkrak-KT) yordamida koʻrsatilgan koʻkrakdagi oʻsma
Xavf omillari Xavf omillarini ikki toifaga boʻlish mumkin:
oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan xavf omillari (odamlar oʻzlarini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan narsalar, masalan, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilish, jismoniy faollikning kamligi) va boshqalar taʻsir oʻtkazib boʻlmaydigan xavf omillari (oʻzgartirib boʻlmaydigan narsalar, masalan, yosh va fiziologik jins).
Koʻkrak bezi saratoni uchun asosiy xavf omillaridan biri, bu kasallik ayollarda uchrashi boʻlsa, ikkinchisi yoshi katta ayollarda kasallikka chalinish darajasining yuqoriligidir. Shuningdek, taʻsir oʻtkazib boʻlmaydigan xavf omillariga irsiyat, tugʻmaslik (homila boʻlmasligi), baʻzi gormonlar darajasining yuqoriligi, parhez va semirish kiradi.
Agar barcha insonlar sogʻlom turmush tarziga rioya qilib yashashsa, jumladan, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilmaslik, sogʻlom tana tuzilishini saqlash, hech qachon chekmaslik, sogʻlom ovqat isteʻmol qilish va boshqa harakatlarni bajarishsa, butun dunyo boʻylab koʻkrak bezi saratoni holatlarining deyarli toʻrtdan bir qismini oldini olish mumkin edi. Ammo koʻkrak bezi saratoni holatlarining qolgan toʻrtdan uch qismini turmush tarzini oʻzgartirish orqali oldini olish mumkin emas.
Hayot tarzi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b7/NIH_standard_drink_comparison.jpg/220px-NIH_standard_drink_comparison.jpg|alt=Diagram of different sizes, showing how big a single serving of alcohol is for different types of alcoholic beverages|thumb| Spirtli ichimliklarning barcha turlari, jumladan, pivo, sharob yoki aroq koʻkrak saratoniga sabab boʻladi. Spirtli ichimliklarni ichish koʻkrak bezi saratoni xavfini oshiradi, hatto juda oz miqdorda isteʻmol qiluvchilar orasida ham (kuniga bitta spirtli ichimlikning yarmidan oz qismini ichadigan ayollarda) bu kasallik uchrab turadi. Koʻp miqdorda ichuvchilar orasida esa kasallika chalininsh xavfi eng yuqori darajada boʻladi. Dunyo miqyosida koʻkrak bezi saratonining har 10 holatidan biri spirtli ichimliklarni isteʻmol qilgan ayollardan kelib chiqadi. Spirtli ichimliklarni isteʻmol qilish oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan eng keng tarqalgan xavf omillaridan biridir. Tamaki chekish ham koʻkrak saratoni kasalligiga chalinish xavfini oshiradi, ayniqsa, chekish miqdori qancha koʻp boʻlsa va chekish qanchalik erta boshlangan boʻlsa, xavf shunchalik yuqori boʻladi. Uzoq muddatli chekuvchilarda kasallikka chalinish xavfi nisbiy darajada 35% dan 50% gacha oshadi. Taxminan 10% hollarda jismoniy faollikning yetishmasligi bilan ham bu kasallik kelib chiqadi. Uzoq vaqt davomida muntazam ravishda oʻtirish koʻkrak bezi saratoniga chalingan bemorning oʻlim xavfini orttiradi. Garchi mashqlar sabab kasallik yengilmasada, lekin oʻlim xavfi kamayadi.Koʻkrak suti bilan boqish saratonning bir qancha turlari, shu jumladan koʻkrak bezi saratoni xavfini ham kamaytiradi. 1980 -yillarda oʻtkazilgan tadqiqodlarda abort koʻkrak saratoni rivojlanish xavfini oshirishi aniqlandii. Genetika Kasallanganlarning 5-10% ni asosiy sababi genetika ekanligi tasdiqlangan. Agar onasiga 50 yoshdan oldin tashxis qoʻyilgan boʻlsa, uning qiz farzandida xavf 1,7% ga, agar onasiga 50 yoki undan keyin tashxis qoʻyilgan boʻlsa xavf 1,4% ga oshadi. Boshqa genetik moyilliklarga koʻkrak toʻqimalarining zichligi va gormonal darajalar kiradi. Koʻkrak qafasi zich boʻlgan ayollarda shish paydo boʻlish ehtimoli koʻproq va koʻkrak bezi saratoni tashxisi kechroq aniqlanadi - chunki zich toʻqimalar oʻsmalarni mammogrammalarda toʻsib qoʻyadi. Bundan tashqari, tabiiy ravishda estrogen va progesteron darajasi yuqori boʻlgan ayollarda shish paydo boʻlish xavfi yuqori darajada boʻladi. Tibbiy sharoitlar Qandli diabet ham koʻkrak bezi saratoni xavfini oshirishi mumkin. Koʻkrak saratonining asosiy sabablaridan yana biri gormonlar darajasi bilan bogʻliqligidir. Koʻkrak saratoni estrogen gormoni sabab rivojlanadi. Ushbu gormon balogʻatga yetishish, hayz koʻrish va homiladorlik davrida koʻkrak rivojlanishini faollashtiradi. Qondagi prolaktin darajasining oshishi ham koʻkrak saratoni xavfini oshiradi.
Patofiziologiya link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/47/Lobules_and_ducts_of_the_breast.jpg/220px-Lobules_and_ducts_of_the_breast.jpg|thumb| Kanallar va lobulalarda paydo boʻlgan koʻkrak saratonining koʻrinishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b0/Signal_transduction_pathways.svg/220px-Signal_transduction_pathways.svg.png|thumb| Dasturlashtirilgan hujayra oʻlimida ishtirok etgan signal uzatish yoʻllarining umumiy koʻrinishi. Ushbu qobiliyatni yoʻqotishga olib keladigan mutatsiyalar saraton shakllanishiga olib kelishi mumkin.