Zhang Lu () (1987-yil 6-sentyabrda Tianjinda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Shenzhen klubida oʻynaydi.

Klub faoliyati Zhang Lu futbolchilik faoliyatini 2005-yilda yoshlar jamoasini tugatgandan soʻng „Liaoning Whowin“da boshlagan. Yosh boʻlishiga qaramay, u debyut mavsumida tezda Liaoning jamoasida oʻzini namoyon qilgan. Jamoa 2008-yilgi liga mavsumida ikkinchi divizionga tushib ketgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Zhang Liaoning bilan qolgan va jamoaga ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan.

2016-yilning 12-yanvarida Zhang Xitoyning Birinchi ligasida o‘z shahrining „Tianjin Quanjian“ klubiga o‘tgan权健发海报宣布张鹭加盟 at sports.sohu.com 2016-01-12 Retrieved 2016-01-12. Klubdagi birinchi mavsumida u oʻzini asosiy darvozabon sifatida koʻrsatgan va Xitoy Superligasiga chiqgan hamda jamoasi bilan divizion chempionligini qoʻlga kiritgan. U oʻzini jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan va ularga tarixda birinchi marta uchinchi oʻrinni egallab, OChL yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga yordam bergan.

2019-yil 18-sentyabrda Zhang Yoʻl politsiyasi tomonidan tekshirilgan va qon tekshiruvi uning qonida alkogol miqdori 253,3 ekanligini aniqlangan. U 21-sentabr kuni avtomobilni mast holda boshqarganlikda gumonlanib qo‘lga olingan./Xitoy futbol assotsiatsiyasi, Zhangning milliy terma jamoadagi mashgʻulotlari va musobaqalar saralashini bekor qilishga qaror qilgan. U 2019-yil 26-sentyabrda to‘rt oylik sinov muddatiga hukm qilingan.

2020-yil iyul oyida Zhang Shenzhen FC bilan shartnoma imzolagan „Tianjin Tianhai“ning sakkiz sobiq oʻyinchisidan biri edi. U Shenzhen uchun debyutini 2020-yil 28-oktabr kuni „Shijiazhuang Ever Bright FC“ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.

Xalqaro faoliyati Zhang 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun dastlabki tarkibga kiritilgan edi, biroq u uchinchi tanlov darozaboni boʻlgan va oxirgi oʻn sakkiz kishilik yakuniy tarkibga kiritilmagan. U Xitoy milliy futbol jamoasi uchun 2010-yil 3-martda Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, ammo oʻyin FIFA tomonidan tan olinmagan.

Shaxsiy hayoti Zhang 2013-yilning 9-noyabrida Liaoning televideniyesi boshlovchisi Chen Mi (bàngín) bilan turmush qurgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLiaoning Whowin2004Xitoy Super Ligasi000000 -002005501010 -70200617010 - -1802007200 - - -2002008190 - - -1902009Xitoy Birinchi Ligasi240 - - -2402010Xitoy Super ligasi250 - - -250201121020 - -230201230040 - -340201315010 - -160201429010 - -300201526000 - -260Jami231010010002420Tianjin Quanjian2016Xitoy Birinchi Ligasi30020 - -3202017Xitoy Super ligasi30020 - -320201830000 -100400201922010 - -230Jami112050001001270Shenzhen2020Xitoy Super ligasi4000 - -40202122030 - -250Jami260300000290Karyerada jami3690180101003980

Yutuqlar

Klub Liaoning Whowin

Xitoy Birinchi ligasi : 2009

"Tianjin Quanjian" F.C.

Xitoy Birinchi ligasi : 2016

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar