link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f3/Coat_of_arms_of_Alabama.svg/220px-Coat_of_arms_of_Alabama.svg.png|thumb| Alabama gerbi Audemus jura nostra defendere — lotincha „Biz oʻz huquqlarimizni himoya qilishga jur’at qilamiz“ yoki „Biz oʻz huquqlarimizni himoya qilamiz“ — Alabama shtatining shiori boʻlib, Alabamaning rasmiy gerbida tasvirlangan. Hozirgi gerb dizayni 1923-yilda shtat tarixchisi va Alabama arxivlar va tarix departamenti direktori Marie Bankhead Owenning taklifiga koʻra yaratilgan. U 1939-yil 14-martda rasman qabul qilingan. Shiorning oʻzi gerbning pastki qismidagi oltin tasmada yozilgan. Gerbning markazida joylashgan qalqon toʻrt qismga boʻlingan boʻlib, unda Fransiya Qirolligi, Kastiliya qirolligi, Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Amerika Konfederativ Davlatlari bayroqlari tasvirlanadi, markaziy qismda esa Amerika Qoʻshma Shtatlari bayrogʻi tasvirlangan. Taqir burgutlar esa qalqonning har ikki tomonida uni tutib turadilar. Yuqori qismda Bienville Mobile koloniyasiga joylashishdan oldin kelgan Baldine yelkanli kemasi qizil bayroqchalar bilan tasvirlangan.

Tarix link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e7/Seal_of_Alabama_%281868%E2%80%931939%29.svg/220px-Seal_of_Alabama_%281868%E2%80%931939%29.svg.png|thumb| 1868-yildan 1939-yilgacha amalda boʻlgan Alabama muhri. „Bu yerda biz dam olamiz“ jumlasi oʻsha davrda rasmiy davlat shiori boʻlib xizmat qildi. Shtatning 1819-yilgi birinchi muhri bu muhr bilan almashtirildi, 1939-yildan yangi rasmiy muhr qayta qabul qilindi. Unda mazkur shior mavjud emas. Zamonaviy Alabama shiori 1923-yilda yaratilgan gerbda ham tasvirlangan. U rasman 1939-yilda foydalanish uchun qabul qilingan. Bu ikkinchi davlat shiori hisoblanadi. Birinchi shior 1868-yil 29-dekabrda qayta qurish davrida shtat qonun chiqaruvchi organi tomonidan Alabamaning ikkinchi muhrida foydalanish uchun qabul qilingan. Unda Amerika qalqoni tepasida tumshugʻida „Biz dam olamiz“ shiori yozilgan bannerni ushlab turgan oq boshli burgut tasvirlangan.

Hozirgi shiorning manbai „An Ode in Imitation of Alcaeus (Alkayga taqlid qilingan qasida)“ satrlaridan olingan boʻlib, uning birinchi qatori „Davlat nimadan iborat?“ soʻzlari bilan boshlanadi. U 1781-yilda XVIII asr liberal ingliz filologi ser William Jones tomonidan nashr etilgan. Bu sheʼr uning davlat va axloq haqidagi gʻoyalarini ilgari surdi va olimlar tomonidan uning eng yirik siyosiy sheʼri sifatida baholandi. Unda u zamonning keng tarqalgan korruptsiyasi va monarxiya hokimiyatidan notoʻgʻri foydalanishni tanqid qiladi. Bu soʻzlar Mari Bankhead Owen tomonidan shiorga aylantirildi, keyin uni Alabama universiteti professori W.B.Saffold lotin tiliga tarjima qildi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/95/Motto_of_Alabama.jpg/220px-Motto_of_Alabama.jpg|thumb| Alabama shtatidagi Huntsville shahri yaqinidagi shiorning tarjimasi yozilgan tosh

Tarjimasi:

Manbalar

Turkum:Lotin shiorlari Turkum:Alabama shtati ramzlari