Umarbek Yusuf oʻgʻli Eshmurodov (1992-yil 30-noyabrda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Nasaf“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.Player profile in globalsportsarchive.com
Biografiyasi va karyerasi
Ilk yillari Umar Eshmurodov 1992-yil 30-noyabda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan. Shuningdek Umar Eshmurodov – Shoʻrtan futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2016-yilgi mavsumda Umar Eshmurodov Shoʻrtran klubida harakat qilgan. Shoʻrtran klubi safida 43 ta oyinda maydonga tushgan. Umumiy hisobda 3.779 daqiqa maydonda harakat qildi.
Nasaf safida 2017-yil 17-iyul kuni Umar Eshmurodov Shoʻrtan jamoasidan Nasaf jamoasiga transfer qilindi. Umar Eshmurodov Nasaf safida birinchi mavsum Oʻzbekiston superligasida 15 ta oʻyin oʻtqazadi va umumiy hisobda 1.350 daqiqa maydonda harakat qildi.
2018-yilgi mavsumda Umar Eshmurodov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida 18 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 1.564 daqiqa maydonda harakat qildi. 2019-yilgi mavsumda Umar Eshmurodov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida 26 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 2.340 daqiqa maydonda harakat qildi.
2020-yil 5-martda Umar Eshmurodov Nasaf jamoasidan Paxtakor jamoasiga transfer qilindi. Biroq Paxtakor safida birorta oʻyinda maydonga tushmadi. Umar Eshmurodov 2020-yil 31-dakabrda Nasaf safiga qaytdi. Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 2.160 daqiqa maydonda harakat qildi.
2021-yilgi mavsumda Umar Eshmurodov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 2.150 daqiqa maydonda harakat qildi. 2022-yilgi mavsumda Umar Eshmurodov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 1.500 daqiqa maydonda harakat qildi. 2022-yilning 1-yanvar kuni Nasaf klubi Umar Eshmurodov bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. 2023-yil 15-dekabrda Eshmurodov „Nasaf“ jamoasi bilan xayrlashdi va AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasidan soʻng Malayziya Superligasi jamoasida davom ettirishi togʻrisida xabar berildi.
Selengor F. C. 2024-yil fevral oyida Malayziyaning „Selengor F. C.“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati Eshmurodov 2020-yilning 23-fevral kuni Belarus terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekiston bosh jamoasida debyut qilganUzbekistan 0–1 Belarus.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub safidagi statistikasi +Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasiKlubMavsumOʻzbekiston SuperligasiOʻzbekiston KubogiOsiyo Chempionlar ligasiBoshqaUmumiyChempionatIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolShoʻrtan2016-17 yilSuperliga43400———434Nasaf2017-yilSuperliga1700000—1702018-yilSuperliga1800060—2402019-yilSuperliga2603000—2902020-yilSuperliga2403000—2702021-yilSuperliga2416070—3712022-yilSuperliga1712070—261Jami1696140200—2036
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi Oʻzbekiston terma jamoasiYilIshtGol2020102021202022802023110202430Jami250
Yutuqlari
Oʻzbekiston Kubogi 2020, 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2025 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2014
Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar Umar Eshmurodov Transfermarkt saytida Umar Eshmurodov OʻzPFL saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Selangor F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar