2015-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2015-yil 16-martidan 7-apreliga qadar Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadi. Bu 64 ta shaxmat oʻyinchilari qatnashadigan turnir hisoblanadi. Dastlab 2014-yil 11-31-oktabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo homiy va mezbon shaharni tanlashdagi muammolar sababli FIDE xalqaro shaxmat tashkiloti 2014-yil 24-sentyabrda Chempionatni 2015-yil boshida Sochida oʻtkazishni rejalashtirganini eʼlon qilishga majbur boʻladi. Turnirning noaniq holati shaxmat professionallari assotsiatsiyasi tomonidan qattiq tanqid qilinadi.
Finalda 8-raqamli ukrainalik Mariya Muzychuk 31-raqamli rossiyalik Natalya Pogoninani magʻlub etadi. Ushbu gʻalaba natijasida Muzychuk grossmeyster (GM) unvoniga sazovor boʻladi va FIDE-2015 Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, u 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi FIDE Gran-pri seriyasida 2013-yilgi chempion Xou Yifanga qarshi oʻyinda oʻz unvonini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritadi.
Ishtirokchilar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8e/Natalia_Pogonina.jpg/180px-Natalia_Pogonina.jpg|thumb|180x180px| Natalya Pogonina, chempionat finalchisi Oʻyinchilar shaxmat boʻyicha mamlakat chempionatlari, mintaqaviy turnirlar va shaxmat boʻyicha qitʼa chempionatlari orqali saralab olingan edi. Ayollar oʻrtasidagi qitʼa va mintaqa saralash bosqichidan jami 51 nafarRegulations of the WWCC Cycle (PDF). FIDE.: Yevropadan 28 ta, Osiyodan 12 ta, Amerikadan 8 ta va Afrikadan 3 ta shaxmatchi keladi.
2015-yilning 22-yanvarida shartnoma imzolanishi sharti bilan malakali oʻyinchilar eʼlon qilinadi.
Ushbu chempionatda uch nafar sobiq jahon chempioni maydonga tushadi: Aleksandra Kostenyuk 5-oʻrin, Antoaneta Stefanova 9-oʻrin va Anna Ushenina 15-oʻrin. Shunisi eʼtiborga loyiqki, ayollar oʻrtasidagi jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi va amaldagi chempion xitoylik Xou Yifan Gavayidagi shaxmat turnirini tanlagani uchun, ushbu chempionatda oʻynamaslikni maʼqul koʻrgan. Nana Dzagnidze va Katerina Lagno ham dunyoning top-10 taligiga kira olishmadi.
Ishtirokchi shaxmatchilarning 2015-yil mart oyidagi FIDE reytingiga koʻra ketma-ketligi.
, GM, 2581 ® , GM, 2557 (WC) , GM, 2552 (E12) , GM, 2530 (E12) , GM, 2529 (E12) , GM, 2528 (E12) , GM, 2527 ® , IM, 2526 ® , GM, 2522 ® , GM, 2513 (E12) , GM, 2495 (E13) , GM, 2492 (WC) , GM, 2488 (E12) , WGM, 2487 ® , GM, 2486 (WC) , IM, 2484 (PN) , GM, 2483 (E12) , GM, 2482 (E12) , IM, 2481 (E12) , IM, 2479 ® , GM, 2477 (Z2.1) , GM, 2475 (E12) , WGM, 2473 (AS13) , GM, 2471 (PN) , GM, 2463 (E13) , IM, 2459 (E12) , WGM, 2459 (E13) , IM, 2459 (Z3.5) , IM, 2457 (E12) , WGM, 2456 (J13) , WGM, 2456 (E12) , WGM, 2444 (Z3.5) , WGM, 2444 (Z2.4) , IM, 2443 (J12) , IM, 2443 (E13) , IM, 2438 (E13) , IM, 2436 (E13) , IM, 2419 (E13) , IM, 2415 (AS12) , IM, 2395 (E13) , IM, 2384 (E13) , WGM, 2381 (E12) , GM, 2379 (E13) , IM, 2377 (E13) , IM, 2374 (E13) , IM, 2367 (E13) , WGM, 2365 (Z3.5) , WGM, 2354 (Z3.7) , IM, 2349 (Z2.5) , WGM, 2349 (Z3.5) , WGM, 2337 (Z3.4) , WGM, 2322 (Z2.3) , WGM, 2322 (Z2.1) , WIM, 2302 (Z3.1) , WGM, 2284 (E13) , WIM, 2267 (Z2.2) , WGM, 2261 (Z3.3) , WIM, 2219 (AM) , WGM, 2192 (Z2.1) , IM, 2182 (Z3.6) , WIM, 2130 (Z3.2) , WIM, 2071 (AF) , WGM, 2058 (AF) , WIM, 2022 (AF)
Kvalifikatsion darajalar
WC: Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2012 yarim finalchilari va 2013-yilgi chempionatning ikkinchi oʻrin egalari J12 and J13: Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionlari 2012 va 2013-yillar R: Reyting (2013-yil fevralidan 2014-yil yanvarigacha eʼlon qilingan barcha reytinglarning oʻrtacha qiymatidan foydalangan holda) (5) E12 and E13:Shaxmat boʻyicha yakka tartibdagi Yevropa chempionati 2012 va 2013 (28) AM: Shaxmat boʻyicha Amerika qitʻa chempionati 2014-yil AS12 and AS13: Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionati 2012 va 2013-yillar AF: Afrika shaxmat chempionati 2013 (3) Z2.1 (3), Z2.2, Z2.3, Z2.4, Z2.5, Z3.1, Z3.2, Z3.3, Z3.4, Z3.5 (4), Z3.6, Z3.7: zonali turnirlar PN: FIDE Prezidentlikka nomzodlar (2)
Ishtirokchilarning davlatlar kesimidagi tarkibi Eng koʻp oʻyinchi bilan qatnashgan davlat Rossiya, ikkinchi oʻrinda esa Xitoy edi. Shuningdek, oʻyinchilarning 26 nafari sobiq ittifoq respublikalari boʻlgan mamlakatlardan kelgan. Yevropa (35) Osiyo/Okeaniya (18) Amerika (8) Afrika (3) (2) (1) (2)(1) (1) (1) (1) (2) (2) (9) (1) (6) (3) (1) (1) (1) (3) (1) (1) (2) (1) (1) (1) (10) (1) (1) (2) (5)
Pul mukofoti taqsimoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5c/Chess_Championship_2015_%28Women%29.png/220px-Chess_Championship_2015_%28Women%29.png|right|thumb| FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov (oʻngda), ikkinchi tur oʻyinini boshlanishini kutmoqda. Jami mukofot puli 2010 va 2012-yillardagidek 450 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Bosqich Oʻyinlar sanasi Tay-brek sanasi Mukofot (AQSH dollari) Birinchi tur 17-18-mart 19-mart 3750 Ikkinchi tur 20-21-mart 22-mart 5500 Uchinchi tur 23-24-mart 25-mart 8000 Chorak final 26-27-mart 28-mart 12 000 Yarim final 29-30-mart 31-mart 20 000 Final 2-5-aprel 6-aprel yutqazgan oʻyinchi 30 000 gʻolib 60 000
Natijalar
Final uchrashuvi Final turnirning toʻrtta klassik oʻyin bilan yakunlangan yagona oʻyini boʻldi (2015-yil 2-aprelidan 5-apreligacha). 2015-yil 6-aprel kuni finalda butun turnirdagi kabi yakuniy tay-breyklar, agar kerak boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (25+10), yaʼni butun oʻyin uchun 25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi, ikkita tezkor oʻyin (10+10), ikkita blits oʻyini (5+3) va armageddon oʻynash rejalashtirilgan edi. Ammo chempionni aniqlash uchun toʻrtta klassik oʻyinning oʻzi yetarli boʻldi.
Pogonina birinchi oʻyinda oq donalar bilan boshlaydi. Finalgacha ular faqat bir marta, 2007-yilda shaxmat boʻyicha yakka tartibdagi Yevropa chempionatida toʻqnash kelishgan va bu uchrashuv durang bilan yakunlangan edi. Reyting1234Jami2526½1½½2½2456½0½½1½
Turnir jadvali Oʻyinchilar mart oyidagi reytingiga koʻra saralangan. Standart tanlov usulida juftliklar tanlanadi, yaʼni #1-raqamli oʻyinchi #64-raqamli oʻyinchi bilan, #2-raqamli oʻyinchi #63-raqamli oʻyinchi bilan va hokazo. Juftliklar 3-martda eʼlon qilingan.
Manbalar
Turkum:Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati