Ayollar daftari — o‘gir ahvolga tushib qolgan, maʼnaviy va psixologik ko‘makka muhtoj ayollarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak berish maqsadida bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borishga mo‘ljallangan maʼlumotlar bazasiYoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.07.2021 yildagi PF-6260-sonXotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.03.2022 yildagi 145-son.
Ayollar daftariga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi: ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar; tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar; boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar; ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; uy-joyga muhtoj xotin-qizlar; qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Xotin-qizlarni tadbirkorlik yo‘nalishida shug‘ullanishi uchun 33 milliongacha kreditlar ajtatish ko‘zda tutilganAyollar daftari. Maʼlumotlar bazasiga kiritlgan xotin-qizlar toʻliq tartibda ijtimoiy va moddiy jixatdan qo‘llab-quvvatlangandan so‘ng yoki qarorda belgilangan bandlarga asosan ushu bazadan chiqariladi.
Manbalar
Havolalar «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi O‘zbekistondagi barcha xotin-qizlar “ayollar daftari”ga ro‘yxatga olinadi YOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR ISH BILAN TAʼMINLANMOQDA
Turkum:Jamiyat