Doktor House (shuningdek, House) teleseriali toʻrtinchi mavsumining premyerasi 2007-yilning 25-sentabr sanasida boʻlib oʻtgan va 2008-yilning 19-mayida yakunlangan. Avvalgi mavsumda bosh qahramon House doktor Chaseni ishdan boʻshatib, Foreman va Cameronlar isteʼfoga chiqqanidan soʻng, ularning boʻshab qolgan oʻrinlari uchun qirqqa yaqin daʼvogarlar oʻrtasida tanlov boshlaydi.
Oxir-oqibatda barcha ishtirokchilar orasidan atigi 7 nafar doktorlar qoladi va ularning har biri keyingi epizodlarda jamoadan ketishadi. Doktor House „Games“ epizodida Amber Volakis (Anne Dudek)ni ishdan boʻshatadi. Dr. Chris Taub (Peter Jacobson), Dr. Lawrence Kutner (Kal Penn) hamda Dr. Remy Hadley (Olivia Wilde)lar uning yangi jamoasi sifatida shakllanishadi. Doktor Foreman boshqa shifoxonada ishdan boʻshatilganidan keyin ushbu jamoaga qoʻshiladi. Ayni paytda, ishdan boʻshatilgan Amber Housening yaqin doʻsti doktor Wilson bilan ishqiy munosabatlar oʻrnatadi.
2007–2008-yillardagi Amerika yozuvchilar uyushmasi ish tashlashi tufayli mavsumning suratga olinish jarayoni toʻxtatilganda, epizodlar soni rejalashtirilgan 24 ta oʻrniga 16 tagacha kamaydi. Ijrochi produser Katie Jacobsning taʼkidlashicha, yozuvchilarga mavsum davomida boshlangan hikoyalarni sakkizta epizod bilan yakunlash qiyin boʻlgan.
Toʻrtinchi faslda, shuningdek, yetti nafar aktyorlar tarkibiga kiritiladi. Muntazam ravishda Jacobsan, Penn va Wildedab tashqari, Andy Comeau epidemiolog Travis Brennan obrazuni tasvirlaydi. Edi Gathegi genetik Andy Comeau rolini gavdalantirdi. Carmen Argenziano sobiq tibbiyot maktabiga qabul qilish boʻyicha mutaxassis Henry Dobson sifatida paydo boʻlgan boʻlsa, Anne Dudek interventsion rentgenolog Amber Volakisni tasvirlaydi. Ushbu 4 nafar aktyorlar mavsum tugashiga yaqin teleserialni tark etishdi. Faqatgina Volakis bundan mustasno, u doktor Wilson bilan ishqiy munosabatlarini davom ettiradi.
Aktyorlar tarkibi
Asosiy tarkib Hugh Laurie – Dr. Gregory House Lisa Edelstein – Dr. Lisa Cuddy Omar Epps – Dr. Eric Foreman Robert Sean Leonard – Dr. James Wilson Jennifer Morrison – Dr. Allison Cameron Jesse Spencer – Dr. Robert Chase
Ikkinchi darajali tarkib Peter Jacobson – Dr. Chris Taub Kal Penn – Dr. Lawrence Kutner Olivia Wilde – Dr. Remy 'Thirteenʼ Hadley Anne Dudek – Dr. Amber „Cutthroat Bitch“ Volakis Edi Gathegi – Dr. Jeffrey „Big Love“ Cole Andy Comeau – Dr. Travis „Grumpy“ Brennan Carmen Argenziano – Henry „Scooter“, „Bosley“, Dobson Michael Michele – Dr. Samira Terzi Meera Simhan – Dr. Jody Desai Melinda Dahl – Doktor #15A Caitlin Dahl – Doktor #15B Kathryn Adams – Doktor #23 Jennifer Crystal Foley – Rachel Taub Maurice Godin – Dr. Lawrence Hourani
DVD nashrlari Tafsilotlarni oʻrnatish Maxsus xususiyatlar Mamlakat Shimoliy Amerika Birlashgan Qirollik Avstraliya Bonus xususiyatlari: House seriali – retsept boʻyicha ishtiyoq Yangi boshlanishlar Yozuvchilar bilan tanishing Uyning vizual effektlari Voqea anatomiyasi – Avtobus halokati Hozirgacha eng sevimli qismim… Epizod sharhi Ijodkor/Ijrochi produser David Shore va ijrochi produser Kathy Jacobs bilan „Houseʼs Head“ # qism 16 Tomonlar nisbati 1,78:1 Ishlash vaqti 660 daqiqa 672 daqiqa 674 daqiqa Audio Dolby Digital 5.1 Subtitrlar Ingliz, ispan # disklar 4 Mintaqa 1 (NTSC) 2, 4, 5 (PAL) 2, 4, 5 (PAL) Reyting BAHOLANMAGAN 15 M Ishlab chiqarilish sanasi
Manbalar
Havolalar
House seriali televisionwithoutpity.comda House epizodlari haqida maʼlumotlar film.comda House epizodlari TVGuide.com da Turkum:House (teleserial) Turkum:Teleserial epizodlari