Jose Pedro Cea () – urugvaylik futbolchi (hujumkor yarim himoyachi, hujumchi) va murabbiy. 1900-yil 1-sentyabrda Ispaniyaning Galisiya shahrida tavallud topgan. Cea 5 gol bilan Urugvay terma jamoasining 1930-yilgi jahon chempionatidagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Uning Argentina milliy terma jamoasiga qarshi final bahsida 57-daqiqada urgan goli Urugvay milliy terma jamoasiga hisobni tenglashtirishga imkon berdi.
Ikki karra Yozgi olimpiada oʻyinlari chempioni (1924 va 1928) FIFA jahon chempioni (1930). Uch karra Janubiy Amerika chempioni (1923, 1924, 1926). Urugvay chempionati chempioni (1934).
Faoliyatining koʻp qismini poytaxt Montevideoning „Nasyonal“ jamoasida 1929—1934-yillarda toʻp surdi. „Nasional“ jamoasi tarkibida 325 oʻyinda maydonga tushib 138 ta raqiblar darvozasini nishonga oladi. Bu jamoa safida Cea Urugvay chempionatlarida 103 ta oʻyin oʻtkazib, 31 ta gol urgan. U „Lito“ klubida 1922-yildan 1927-yilgacha oʻynagan. Bu jamoa tarkibida 231 oʻyinda maydonga tushib 111 ta gol urgan. Qisqa muddat yaʼni 1928-yilda 26 oʻyinda 17 ta gol urgan. Klublar miqyosida Jose Pedro Cea umumiy hisobda 582 ta oʻyinda maydonga tushib, 266 ta gol urdi.
Futbolchilik faoliyatining oxirida murabbiy boʻldi. Uning boshchiligida Urugvay milliy terma jamoasi 1942-yilda Janubiy Amerika chempionatida gʻolib chiqdi.
Milliy terma jamoadagi birinchi oʻyinini 1923-yil 4-noyabrda Paragvay milliy terma jamoasi qarshi (2:0) oʻynagan. Milliy terma jamoadagi oxirgi oʻyinni 1932-yil 4-dekabrda Braziliya milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan (1:2).
Yutuqlari Oʻyinchi miqyosida Urugvay chempioni – 1933, 1934 Jahon chempioni – 1930 Olimpiya chempioni – 1924, 1928 Janubiy Amerika chempioni – 1923, 1924, 1926 Jahon chempionati ramziy jamoasiga kiritilgan – 1930
Murabbiy miqyosida Janubiy Amerika chempioni – 1942
Manbalar
Havolalar
1930-yil yulduzlari Footballplayers.ru saytidagi maʼlumotlar https://www.transfermarkt.com/jose-pedro-cea/profil/spieler/229578 https://www.national-football-teams.com/player/33703/Pedro_Cea.html https://www.playmakerstats.com/player.php?id=20865
Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:1970-yilda vafot etganlar Turkum:18-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Urugvaylik futbol murabbiylar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Urugvay milliy futbol terma jamoasi murabbiylari