Li Jianbin () (1989-yil 19-aprelda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Chengdu Rongcheng jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Yoshlik yillari Li Jianbin futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Qingdao Beilaite yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan va 2006-yilda ikkinchi darajali „Shanhai Stars“ jamoasiga oʻtgan.

Chengdu Blades Li 2007-yil may oyida ikkinchi divizion vakili Chengdu Blades jamoasiga qoʻshilgan. Li 2009-yil 5-iyulda „Shandong Luneng“ga qarshi liga oʻyinida klub uchun debyut qilgan. Keyinchalik murabbiy Vang Baoshan unga mavsum oxirida liganing yana toʻqqizta oʻyinida maydonga tushishiga ruxsat bergan.

Guanhzhou Evergrand Li 2011-yilning 26-dekabrida Zhao Xuri, Rong Xao va Peng Xinli bilan birga Guangzhou Evergrandga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 11-mayida Dalyan Shidega qarshi oʻtkazgan. Li asosiy jamoada oʻzini namoyon qila olmagan va asosan klub uchun zaxira jamoalar ligasida oʻynagan. U 2012-yilgi liga mavsumida „Guangzhou“ safida atigi bir marta oʻyin oʻtkazgan.

Shanghai Shenhua 2014-yilning 4-dekabrida Li „Guangzhou Evergrand“da oʻz oʻrnini topa olmaganidan soʻng Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga transfer qilingan. 2015-yilning 8-martida u „Shanhai Shenhin“ga qarshi oʻyinda (6:2) klub uchun debyut qilgan. U 2016-yilning 3-iyulida „Shanhai“ safidagi ilk golini „Changchun Yatai“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan李建滨破门登巴巴推射建功 申花3-0亚泰 at sohu 2016-07-03 Retrieved 2016-11-03.

Dalian Professional 2019-yil 13-fevralda Li Dalian Professional jamoasiga oʻtgan. U 2019-yil 3-mart kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati Li Xitoyning 23-yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashish uchun chaqirilgan, u yerda u uchta oʻyinda qatnashgan. Bir necha oy oʻtgach, Li oʻzini koʻrsatgan va Chengdu Blades bilan yuqori pogʻonani qoʻlga kiritgan ajoyib liga mavsumidan soʻng, u tez orada 2011-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik koʻrish uchun Xitoy terma jamoasining dastlabki tarkibiga chaqirilgan. Oldin yuqori darajadagi xalqaro tajribaga ega boʻlmaganiga va ikkinchi darajali jamoada oʻynaganiga qaramay, Li kutilmaganda jamoadoshi Feng Syaoting jarohat olganidan soʻng tarkibga kiritildi va 2011-yil 2-yanvarda Iroqqa qarshi norasmiy xalqaro debyutini oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolChengdu Blades2008Xitoy Super Ligasi00 - - - - - - - -002009100 - - - - - - - -1002010Xitoy Birinchi Ligasi220 - - - - - - - -2202011Xitoy Super Ligasi17100 - - - - - -171Jami49100000000491Sheffield United HK (Ijara)2008—2009Gon Kong Birinchi Divizioni510000 - -2172Guangzhou Evergrande2012Xitoy Super Ligasi1000 - -00001020140000 - -001010Jami100000001020Shanghai Shenhua (Ijara)2013Xitoy Super Ligasi26010 - - - - - -270Henan Jianye (Ijara)20147010 - - - - - -80Shanghai Shenhua201526070 - - - - - -330201619230 - - - - - -222201710020 - -00 - -12020184000 - -201070Jami592120002010742Dalian Professional2019Xitoy Super Ligasi17120 - - - - - -19120200000 - - - - - -00Jami17120000000191Chengdu Rongcheng2021Xitoy Birinchi Ligasi9010 - - - -00100Karyerada jami17351700020411966

Yutuqlar

Klub Guangzhou Evergrand

Xitoy Superligasi : 2012-yil Xitoy FA Superkubogi : 2012-yil Xitoy FA kubogi : 2012-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar