"Nur-Batken" xalq futbol klubi — Qirgʻizistonning Botken viloyati sharafini himoya qiluvchi xalq futbol jamoasi. 2018-yil tashkil etilgan. 2019-yildan boshlab Qirgʻizistonning Milliy ligasida qatnasha boshlagan. Milliy liganing debyut yili, yaʼni 2019-yilda ular 10 ta jamoa orasida 4-oʻrinni egallashdi. 2021-yilda Milliy liganing „B“ guruhi gʻolibi boʻldi va final oʻyinida maydonga tushdi. 2022-yildan esa Qirgʻiziston Premer-ligasining debyutanti boʻlib sanaladi.
Tarixi 2018-yili asos solingan. (Qirgʻiziston Respublikasining Yustitsiya vazirligi tomonidan 2019-yilning 23-aprel kuni rasman roʻyxatga olingan). 2019-yili Milliy liganing „B“ guruhida 10 ta jamoa orasida 4-oʻrinni egalladi. 2019-yida „Fargʻona viloyat xokimi kubogi“ xalqaro turnirida 2-oʻrin. 2021-yilda Milliy liganing „B“ guruhi gʻolibi (1-oʻrin), Final uchrashuvi ishtirokchisi.
Yutuqlar
Qirgʻiziston futbol ittifoqi tomonidan tashkil etilgan KFU AWARDS 2021 musobaqasida Botken viloyati futbol assotsiatsiyasi eng yaxshi tashkilot nominatsiyasida boʻyicha gʻolib boʻldi.
2019-yil "Fargʻona viloyati hokimi kubogi" xalqaro turniri sovrindori (2-oʻrin).
Joriy tarkib
Manbalar
Havolalar
https://kpfl.kg/ru/clubs/nur-batken https://www.sports.ru/tribuna/blogs/bravenewkf/2997380.html https://www.transfermarkt.world/nur-batken/startseite/verein/84613 Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Qirgʻiziston futbol klublari Turkum:2018-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Botken viloyati