Biografiyasi
Temirova Shahlo Zayniddinovna 1989-yil 12-aprelda Samarqand viloyatining Oqtosh tumanida dunyoga kelgan. Oilada oʻrtancha farzand boʻlib, bir akasi va bir singlisi bor. Oʻquvchilik yillarida Toshkent shahrining Sirgʻali tumaniga koʻchib keladi. Maktabda oʻqib yurgan paytlarida raqs, fortopiyanina chalish toʻgaraklariga qatnay boshlaydi. Shahlo Temirova 2007-2011-yillar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. Oʻqish jarayonida „Mariya“ spektaklida Mariya, „Kuzning birinchi kuni“da Qiz rollarni ijro etgan.
Shaxsiy hayoti
Shahlo Temirova oilali. Aktrisaning bugungi kunga kelib ikki nafar qizi bor. 2016-yilda aktrisa oʻzining Ilhom ismli kursdoshi bilan oila quradi. Shahlo Temirova teatr aktrisasi faoliyatidan tashqari turli film va seriallarda rollarni ijro etish, reklama, bayram va oqshomlarda boshlovchilik qilish bilan ham shugʻullanadi. Kino sanoatidagi faoliyati
Shahlo Temirova oʻzbek milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilgan „Yollangan sovchi“, „Oʻjar kelin“, „Janob qorovul“, „Qoʻchqor akamning koptogi“, „Yoningdaman ota“, „Baxt uyi“, „Yor tafti“, „Yuragim seniki“, „Shukrona“ kabi filmlarda obrazlar ijro etdi. Shaxlo Temirova shuningdek, „Yuragim seniki“, „Shukrona“, „Yollangan sovchi“, „Oʻjar kelin“, kabi filmlarda obrazlar ijro etgan. Ular orasida eng salmoqli va mashhur filmlarga „Said bilan Saida“, „Baron“, Shuxrat Abbasovning „Dilor Dilor dil va or“, „Oppoq orzular“ kabi filmlarni keltirish mumkin.
Filmlari
+YilNomiRol2011Er bermoq jon bermoq 2Nodira2012Yollangan sovchiAsal2012Parizodepizod2012Onaginam orzusiepizod2012Dilor, Dilor, Dil va OrDilor2012Oʻjar kelinLaylo2012Janob qorovulShahlo2012Baxt uyiXoshimova2013Qoʻchqor akamning koptogiSarvinoz2014Yoningdaman otaNodira2014Yor taftiepizod2015Yuragim senikiepizod2019Said va SaidaSaida2019Parallel kesishmaydiMunisa2016BaronNigora2013Bekatdagi odamepizod2013TasodifNazokat2014Gumrohlariepizod2015OtaNodira2016YolgʻizlarNigora2017Er bermoq jon bermoq 2Nodira2018Oppoq orzularNigora2018Tanxoyimsanepizod
Seriallari
+YilNomiRol2011Jiyda guliAsal2013Uy bekasiUy bekasi2019Shukronaepizod2020Sabru sadoqatepizod2021Najotkorlarepizod Teatrdagi faoliyati
Shaxlo Temirova jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifani halol bajaradi. Jamoa uni isteʼdodli aktrisa sifatida hurmat qiladi. 2015-yil „Eʼtirof“ mukofoti sovrindori yilning eng yaxshi teatr aktrisasi nominatsiyasi gʻolibi. Shahlo Temirova Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan „Kunduzsiz kechalar“da Qiz kabi koʻplab rang-barang rollar ijro etib tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻlib kelmoqda. 2014-yildan Milliy teatrda faoliyat olib boradi. Shahlo Temirova Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan „Koʻngil“ spektaklida kelin, „Andishali kelinchak“da kelin, „Tong otgan taraflar“da Oyyorugʻ, „Omon boʻlgin, azizim!“da yoshligi, „Yigʻloma qiz“da Gulnafis, „Oʻtkan kunlar“da Kumush, „Oʻzbekcha raqs“da kichkina kelin, „Ogoh boʻling, odamlar“da Nafisa, „Yangi yil sarguzati“da qorqiz, „Rustam“da joriya, „Kunduzsiz kechalar“da qiz, „Quyoshni sen uygʻotasan“da qiz, „Qumda sevgi jilolari“da qiz kabi rollarni ijro etdi.
Teatrda ijro etgan roʻllari +YilNomiRol2010MariyaMariya2010Omon boʻlgin yoshligimYoshlik2011Kuzning birinchi kuniQiz2013KoʻngilKelin2014Andishali kelinchakKelin2012Oʻzbekcha raqsKichkina kelin2014RustamJoriya2014Kunduzsiz kechalarMariya2015Quyoshni sen uygʻotasandaQiz2010Unda sevgi jilovlariQiz2013Yangi yil sarguzashtiQor qiz2014Oʻtkan kunlarKumush2012Tong otgan taraflarOyyorugʻ2012Yigʻlama qizGulnafis2012Ogoh boʻling odamlarNafisa2013Kunduzsiz kechalarQiz
Manbalar
Havolalar Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri
Turkum:Ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:E'tirof mukofoti sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri Turkum:Teatr aktrisalari Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari